O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар



nutq talaffuzi 
tomonining nutq apparati innervatsiyasidagi yetishmovchilik bilan 
bog‗liq holdagi buzilishidir
.
Ma‘nodoshi: 
tili chuchuklik (eskirgan). 
Bunda fonatsion turlanishdagi bayonning murakkab mexanizmlari 
barcha bo‗g‗inlarning shakllanmagani kuzatiladi. Buning natijasida 
tovush nuqsonlari, prosodik va artikulyatsion-fonetik nuqsonlari paydo 
bo‗ladi. Tovushli nutqni ishlab chiqishning imkoni bo‗lmagan paytda 
paydo bo‗ladigan anartriya dizartriyaning og‗ir darajasi hisoblanadi. 
Yengil dizartriya paytida, qachonki nuqson ko‗proq artikulyar, fonetik 
buzilishlarda namoyon bo‗lganida, uning uncha bilinmaydigan shakli 
haqida so‗z yuritiladi. Bunday holatlarni dislaliyadan ajratish lozimdir. 
Dizartriya markaziy xarakterdagi organik buzilishlarning oqibati 
hisoblanadi. Markaziy asab tizimi buzilishini lokalizatsiyalashda 
dizartriyaning turli shakllari ajratib ko‗rsatiladi. Buzilishning og‗irligiga 
qarab esa, dizartriyaning paydo bo‗lish darajalari farq qilinadi.
Dizartriya ko‗pincha bosh miyaning erta falajlanishi natijasida paydo 
bo‗ladi, lekin u bola rivojlanishning har qanday bosqichda 
neyroinfeksiya va miyaning boshqa kasalliklari oqibatida paydo bo‗lishi 
ham 
mumkin. 
Bayon 
qilishning 
strukturali-simantik 
(ichki) 
turlanishidagi buzilishi ikki tur: alaliya va afaziya bilan ko‗rsatiladi. 
Alaliya – bosh miya qobig‗idagi nutq zonalarining bolaning ona 
qornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organ shikastlanishi natijasida 


82 
nutqning yo‗q bo‗lishi yoki rivojlanmay qolishi. Ma‘nodoshlari: 
disfaziya, erta yoshda paydo bo‗ladigan bolalar afaziyasi, rivojlanish 
afaziyasi, gunglik (eskirgan). 
2. Afaziya


bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan 
bog‗liq holda nutqning to‗liq yoki qisman yo‗qolishi. Ma‘nodoshlari: 
nutqning buzilishi, yo‗qolishi. 
Yozma nutqning buzilishi. Uning qaysi turi buzilganiga qarab ikki 
guruhga ajratiladi. Mahsuldor tur buzilganida yozuvning zaiflashuvi, 
retseptli yozma faoliyat buzilganida o‗qishning zaiflashuvi qayd 
qilinadi. 1.Disleksiya – o‗qish jarayonining qisman o‗ziga xos 
buzilishi. Harflarni idrok etish va tanishdagi qiyinchiliklarda; harflarni 
bo‗g‗inlarga qo‗shish va bo‗g‗inlardan so‗z tuzish borasidagi 
tutilishlarda (bu so‗z shakllarini noto‗g‗ri talqin qilishga olib keladi); 
agrammatizmda va o‗qiganlarini buzib tushunishda namoyon bo‗ladi. 2. 
Disgrafiya – yozish jarayonining qisman o‗ziga xos ravishda buzilishi. 
Harfning optik-fazoviy obrazining turg‗un emasligida, harflarning 
aralashib ketishi yoki tushib qolishida, so‗zning so‗z-bo‗g‗in tarkibini 
bayon qilish va gap qurilishida namoyon bo‗ladi. Shunday qilib
logopediyada nutq buzilishlarining 11 ta shakli ajratiladi, ulardan 9 tasi 
og‗zaki nutq natijasi va ishlab chiqarishning turli jarayonlardagi
buzilishlarini tashkil etadi. Qolgan 2 ta shakl esa yozma nutqning 
buzilish jarayoni bilan bog‗liq holda ajratiladigan buzilishlarni o‗z 
ichiga oladi. Og‗zaki nutqning buzilishlari orasida disfoniya (afoniya), 
taxilaliya, bradilaliya, duduqlanish, dislaliya, rinolaliya, dizartriya 
(anartriya), alaliya, afaziya ajratiladi; yozma nutqning buzilishlari 
orasida disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) ajratiladi.
Nutq buzilishlarini tasniflashda psixologik-pedagogik tasnif ham 
alohida o‗rin tutadi. Psixologik-pedagogik tasnif tibbiy tasniflarni 
pedagogik jarayonda qo‗llanish nuqtayi nazaridan tanqidiy tahlil qilish 
natijasida vujudga keldi (bu uslub logopedik ta‘sir etish deyiladi). 
Bunday tahlil logopediyani nutqiy rivojlanishi buzilgan bolalarni 
o‗qitish va tarbiyalashga jalb etish bilan bog‗liq holda juda muhim 
bo‗ldi. Tadqiqotchilarning e‘tibori bolalar jamoasi (o‗quv guruhi, sinf) 


83 
bilan ishlash uchun zarur bo‗lgan logopedik ta‘sir etish metodlarini 
ishlab chiqishga yo‗naltirilgan edi. Buning uchun bolalardagi nutqning 
nome‘yoriy rivojlanishining turli shakllari nuqsonlardagi umumiy 
ko‗rinishi, ayniqsa, o‗qish jarayonida tuzatish uchun dolzarb 
hisoblanganlarini topish zarur edi. Bunday yondashuv buzilishlarni 
guruhlashda boshqacha tamoyilni talab qildi. Bu shunday tamoyilki, 
tibbiy tasniflash (umumiy xususiyga emas, xususiydan umumiyga 
bo‗lgan) uning asosiga quriladi. Bu uni lingvistik va ruhiy mezonlar 
asosida qurishga imkoniyat yaratadi. Ular orasida nutq tizimining 
tuzilish komponenti (tovush tomoni, grammatik tuzilishi, lug‗at zonasi), 
nutqning funksional jihatlari, nutqiy faoliyat turlarining (og‗zaki va 
yozma) o‗zaro aloqadorligi hisobga olinadi. Keltirilgan tasnifda nutq 
buzilishlari ikki guruhga bo‗linadi. Birinchi guruh – muomala 
vositalarining (nutqning fonetik va fonematik va umumiy rivojlanmay 
qolishi) buzilishi. 
1. Nutqning fonetik va fonematik rivojlanmay qolishi
– bolalarda 
ona tilini talaffuz qilish tizimi shakllanish jarayonlarining fonemalarini 
idrok etish va talaffuzdagi nuqsonlar oqibatida turlicha nutq 
zaiflashuvlari bilan bog‗liq ravishda buzilishlaridir. 
2. Nutqning to‗liq rivojlanmay qolishi – turli xil murakkab nutqiy 
kamchilikdir, bunda nutq tizimining tovush chiqarish va ma‘noli 
tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni 
buzilgan bo‗ladi.
Umumiy 
alomatlari 
sifatida 
quyidagilar 
qayd 
qilinadi: 
nutq 
rivojlanishining kech boshlanishi, lug‗at boyligining kamligi, 
agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, fonemalar tuzilishdagi nuqsonlar.
 
Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turli darajalarda aks etishi 
mumkin: nutqning yo‗qolishi yoki uning noaniq bog‗lanishsiz holatidan 
mukammal holatigacha, lekin fonetik va leksik-grammatik rivojlanmay 
qolish elementlari bo‗ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik 
darajasiga qarab to‗liq rivojlanmay qolish uch darajaga bo‗linadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə