O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Uchinchi davr – maktabgacha bo„lgan davr



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар

Uchinchi davr – maktabgacha bo„lgan davr 
(3 yoshdan 6 
yoshgacha). 
Maktabgacha bo‗lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion 
jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - 
p, b, m, f, v 
va boshqalarni o‗rganadilar. Artikulyatsion jihatdan talaffuz etish qiyin 
bo‗lgan: shivirlovchi, sirg‗aluvchi 
(s, 
z, 
sh, j, ch) 
va sonor 
(r, l), 
til orqa 
(k, g) 
tovushlarini talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun 
bolalar bu tovushlarni nutqda noto‗g‗ri qo‗llaydilar yoki talaffuz 
etmaydilar. 3-7 yoshgacha bo‗lgan davrda bolalarda eshitish malakalari 
rivojlanib boradi, bu esa bolaning o‗z talaffuzini nazorat qilishga 
imkoniyat yaratadi. Ba‘zi hollarda bola o‗z kamchiligini to‗g‗rilaydi. 
Unda fonematik idrok shakllanib boradi. Bu davrda lug‗at boyligining 
o‗sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‗ati 3000-4000 
ta so‗zgacha yetadi. Lug‗at boyligi o‗sib borishi bilan birgalikda 
nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola hayotining 4-
yiliga kelib, ular o‗z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo‗llay 
boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo‗shma gaplardan erkin foydalana 
oladilar. 5 yoshli bolalar qo‗shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni 
aytib berish qobiliyatiga ega bo‗ladilar. Bu davrda fonematik idrok 


78 
sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, so‗ng 
sonor, shovqinli va sirg‗aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 
4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok 
shakllangan bo‗lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to‗g‗ri 
talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to‗g‗ri, 
aniq gapiradi. 
To„rtinchi davr - maktab davri 
(7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu 
davrning o‗ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi 
oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro‗y beradi. Bu davrda 
bolalar 
tovushlar 
analizi, 
nutqning 
grammatik 
qonuniyatlarini 
egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol 
o‗ynaydi. Grammatik konstruksiyalar ham murakkablashib boradi, 
chunki, agar, qachonki 
kabi bog‗lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu 
bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu 
nutqda o‗z ifodasini topayotganligini ko‗rsatadi. 
Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‗z vaqtida to‗g‗ri kechishi 
uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: 
- bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog‗ bo‗lishi; 
- normal aqliy qobiliyatga ega bo‗lishi; 
- normal eshitishi va ko‗rishi; 
- yetarli darajada ruhiy faollikka ega bo‗lishi; 
- gaplashish ehtiyojiga ega bo‗lishi; 
- to‗g‗ri nutq muhitiga ega bo‗lishi lozim. 
Bolada nutqning normal rivojlanishi unga doimo yangi tushunchalarni 
o‗zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini 
kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning 
rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‗liqdir.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə