O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-mavzu: Tilshunoslik va psixologiya. Psixolingvistika



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар

 
7-mavzu: Tilshunoslik va psixologiya. Psixolingvistika
Reja: 
1.Til 
va 
psixologiya. 
Tilshunoslikning 
psixologiya 
bilan 
munosabati.
2.Psixolingvistika. Psixolingvistikaning o‗rganish obyekti, maqsad 
va vazifalari.
Tayanch so‘z va iboralar: 
psixologiya, hissiyot, kayfiyat, stress, 
psixolingvistika, N.Pronko, ruhiyat, nutqiy faoliyat, ichki va tashqi nutq
 
Insonlarning ruhiy kechinmalari, hissiyotlar, insonda ro‗y 
beradigan kuchli ruhiy zarbalar uning nutqiga ham ta‘sir qiladi. 
Insonning ruhiy holati uning nutqiga ta‘sir etgani kabi (o‗z fikridan 
chalg‗ish, adashish, gapirganda ovozning ko‗tarilishi yoki, aksincha, 
duduqlanib, tutilib qolish, o‗z fikrini erkin bayon etolmaslik, tortinish, 
qo‗rquv va hk), ma‘lum bir matn, gap inson ruhiyati (ruhiyatini 
ko‗tarishi, tushirib yuborishi) o‗zgarishiga sabab bo‗ladi. Shuning uchun 


45 
xalqimizda bu xususda ―O‗ynab gapirsang ham, o‗ylab gapir‖,
―Sevdirgan ham til, Bezdirgan ham til‖, ―Til bor – bol keltiradi, til bor – 
balo keltiradi‖, ―Tildan bol ham tomadi, og‗u ham‖, ―Shakar ham tilda, 
zahar ham tilda‖, ―Dunyoda eng chuchuk narsa ham til, eng achchiq 
narsa ham til‖, ―Til erni go‗rga solar, norni qozonga‖, ―Bir so‗z to‗rga 
eltar, bir so‗z go‗rga‖, ―Bir so‗z kuldiradi, bir so‗z o‗ldiradi‖, ―O‗q 
birni o‗ldiradi, so‗z – mingni‖, ―Suv toshni yoradi, so‗z – boshni‖,
―Tayoq etdan o‗tadi, so‗z – suyakdan‖, ―Oyoq yugurigi – oshga, Til 
yugurigi – boshga‖, ―Ochiq til osh yedirar, achchiq til tosh yedirar‖, 
―Qo‗tir qo‗ldan yuqar, balo –tildan‖, ―Uzun til boshga to‗qmoq, 
bo‗yinga sirtmoq‖, ―Tili uzunning umri qisqa‖, ―Oyog‗idan qulagan 
turadi, og‗zidan qulagan turmaydi‖, ―Toqqa nima deb qichqirsang
shuni eshitasan‖, ―Achchiq savol berib, shirin javob kutma‖, ―G‗arazli 
savol bersang, g‗azabli javob olasan‖, ―Yaxshi so‗z bilan ilon inidan 
chiqar, yomon so‗z bilan pichoq qinidan‖, ―Yaxshi so‗z qaymoq, 
yomon so‗z to‗qmoq‖ kabi ko‗plab maqollar mavjud. Bundan tashqari 
inson ruhiyatini ifodalashda, tasvirlashda ham til birliklari: so‗zlar, 
parameologik birliklar, o‗xshatish, metaforalar faol ishtirok etadi. 
Masalan, 
bahor havosiday o„zgaruvchan, bezgak tutganday qaltiramoq, 
yosh boladay sevinmoq, bo„zday oqarmoq, bo„taday bo„zlamoq, 
vulqonday otilib chiqmoq, tilla topgan gadoyday xursand, to„rvasini 
yo„qotgan gadoyday kalovlamoq, gulday so„lmoq, rangi dokaday 
oqarmoq, yetim qo„ziday mo„ltiramoq, igna ustida o„tirganday bezovta 
bo„lmoq, ilon chaqqandek to„lganmoq, lavlagiday qizarmoq, loyday 
bo„shashmoq, mixlangandek qotib qolmoq, suvga tushgan mushukdek 
shalviramoq, olovday yonmoq, sehrlangandek qotib qolmoq, ustidan 
sovuq suv quygandek seskanmoq, o„tday kuymoq
42
 
kabi o‗xshatishlarda 
insonlarning ruhiy holati ifodalangan. 
 
Mana shu jihatdan nutqiy 
faoliyat, nafaqat tilshunoslikning, balki psixologiyaning ham tekshirish 
obyekti hisoblanadi. Shunday ekan, psixologiya va tilshunoslikning 
kesishish nuqtasi mavjud. Ikki fan oralig‗idagi kesishish nuqtasi 
psixolingvistikaning o‗rganish obyekti sanaladi.
42
Маҳмудов Н., Худайберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Маънавият, 
2013. - 320 б. 


46 
―Psixolingvistika‖ termini birinchi marta amerikalik psixolog 
N.Pronko 
tomonidan 
1946-yilda 
ilmiy 
muomalaga 
kiritilgan. 

Psixolingvistika‖ 
psixologiya
(yunon.
psyche
―ruh‖) 
va 
lingvistika
(lotin. 
lingua
―til‖) so‗zlaridan hosil qilingan. 
1953-yilda AQShning 
Blumington shahridagi Indiana universiteti huzuridagi Lingvistika va 
psixologiya qo‗mitasi tomonidan tashkil etilgan universitetlararo 
seminarda psixolingvistika mustaqil fan sifatida e‘lon qilingan. Mazkur 
seminar mashhur amerikalik psixologlar Charlz Osgud, Djon Kerroll 
hamda tilshunos, etnograf va adabiyotshunos olim Tomas Sibeoklarning 
tashabbusi bilan tashkil qilingan edi. 1954-yilda nashr qilingan 
―Psixolingvistika. Nazariya va tadqiqot muammolari ocherki‖ kitobida 
seminar jarayonida qabul qilingan psixolingvistikaning asosiy nazariy 
masalalari, eksperimental tadqiqotlarning asosiy yo‗nalishlari belgilandi 
va u qator fanlararo psixolingvistik tadqiqotlarni amalga oshirishda 
muhim rol o‗ynadi. Asrimizning 50-yillarida maydonga kelgan 
psixolingvistika psixologik yo‗nalishning eng yaxshi jihatlarini davom 
ettirdi va uni yangi bosqichga olib chiqdi. 
Hozirda bu fan mustaqil soha sifatida o‗z xususiyatlariga, maqsad 
va vazifa, predmet va obyektiga ega. Psixolingvistikaning predmeti 
lingvistikanikidan farq qiladi. Psixolingvistikani lisoniy belgilar 
tizimining ishlash jarayoni, xususan, belgilarning yaratilish va qabul 
qilinish jarayonlari qiziqtiradi. Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi 
fan bo‗lib, uning obyektini u o‗rganadigan induvidual obyektlar 
majmuyi tashkil qiladi. Lingvistika nutq tuzilishini til qonunlariga ko‗ra 
o‗rganadi. Psixolingvistika esa nutq hosil qilish, nutqni qabul qilish, 
shuningdek, ona tili va chet tilini o‗zlashtirish jarayonlariga murojaat 
qiladi. Hozirgi kunda ko‗p tilshunoslar til faktlarini to‗liq tushunish 
uchun lingvistika ramkasidan chiqib, individning psixik jarayonlari 
doirasiga kirish lozimligini tan olishadi. Binobarin, til materiali kishi 
miyasida tashkil topadi va kerak paytda chiqariladi. Bunday psixik 
jarayonlar psixolingvistikaning predmeti hisoblanadi. Psixolingvistika 
tilni psixikaning fenomeni sifatida o‗rganadi. Soha mutaxassislari 
fikricha, so‗zlovchi va tinglovchi, yozuvchi va o‗quvchining ichki 
dunyosi qanday bo‗lsa, til ham shu darajada mavjud. Shu bois, 


47 
psixolingvistika faqat matnlardagina saqlanib qolgan, bu matn 
yaratuvchilarining psixik olamlari bo‗lmagan o‗lik tillar (masalan, eski 
slavyan yoki yunon tillari)ni o‗rganish bilan shug‗ullanmaydi.
Inson tilni to‗liq egallash imkoniyatiga ega bo‗lib tug‗iladi. Biroq 
bu imkoniyatni amalga oshirish kerak bo‗ladi. Buni qanday yuz berishini 
tushunish uchun psixolingvistika bolalar nutqining rivojlanishini 
o‗rganadi. Psixolingvistika, shuningdek, nutqiy faoliyat va uning 
harakatga kelish jarayonining me‘yordan chiqib ketish sabablarini tadqiq 
qiladi. Kattalar 
va 
bolalar nutqidagi buzilishlarni 
o‗rganadi. 
Psixolingvistika ba‘zan til va tafakkurni o‗rganadigan fan sifatida 
belgilanadi. Psixolingvistikaning asosiy maqsadi insonning so‗zlash va 
tilni tushunish qobiliyati zamirida yotgan struktura va jarayonlarni 
aniqlashdir. 
Psixolingvistlarning 
kishilar 
orasidagi 
o‗zaro 
til 
munosabatlari bilan qiziqishlari shart emas. Ular individning ichida 
kechayotgan hodisalarni tadqiq qilishga harakat qiladi.
Xullas, psixolingvistika tilni o‗rgangani uchun tilshunoslik 
fanlariga, tilni alohida aspektda, xususan, psixikaning fenomeni sifatida 
o‗rgangani uchun esa psixologiya fanlariga aloqador bo‗lgan kompleks 
fan hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Psixolingvistika sohasining shakllanishi qaysi davrga borib 
taqaladi va qaysi olimlar faoliyati bilan bog‗liq? 
2. Psixolingvistika sohasining o‗rganish obyektiga nimalar kiradi? 
3. Inson ruhiyatiga ta‘sir qiladigan ijobiy va salbiy buyoqdor 
so‗zlarga misollar keltiring. 
4. Inson ruhiyatini ifodalaydigan so‗z, ibora va o‗xshatish, 
metaforalarga misollar keltiring. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə