O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар


1
 
tovushlari nazokatning sirli ramzlari 
ekanligi haqidagi mulohazalarini bayon qilishgan.
50
 
Leksik sathda leksemalarning ko‗chma ma‘nolarda qo‗llanilishi 
(metafora, metonimiya va boshq.), mubolag‗a, meyozis kabi hodisalar 
ham ta‘sirchanlikni oshiradi va leksik poetikaning tekshirish obyekti 
sanaladi. Bundan tashqari badiiy matnning leksik tahlilida badiiy asar 
tilidagi ma‘nodosh, shakldosh, zid ma‘noli, ko‗p ma‘noli, tarixiy va 
arxaik so‗zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so‗zlar, chet va vulgar 
so‗zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi 
izohlanadi. 
Badiiy matnning lisoniy xususiyatlari tahlil qilinganda morfologik 
birliklarning ishlatilishi bilan bog‗liq holatlar haqida fikr yuritish talab 
qilinadi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deganda maxsus so‗z 
formalari vositasida, shuningdek ma‘lum bir grammatik ma‘no va 
funksiyaga ega bo‗lgan so‗z formasini maxsus qo‗llash orqali 
ekspressivlik-emotsionallik ifodalanishi tushuniladi. Ekspressivlik ijobiy 
va salbiy ma‘no qirrasiga ega bo‗lgan so‗zlarda aniq ko‗rinib turadi. 
Badiiy matn lisoniy jihatdan tekshirilganda dastavval ana shunday 
ma‘no qirralariga ega bo‗lgan birliklarni ajratish va qaysi turkumga 
xosligi, kimning nutqida, nima maqsad bilan qo‗llanilganligi, kimga 
nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligiga e‘tiborni qaratish lozim 
bo‗ladi. Odatda erkalash-suyish, hurmat-e‘zozlash, ko‗tarinkilik, 
ulugvorlik, tantanavorlik kabi ma‘nolarni bildiruvchi so‗zlar ijobiy 
ma‘no qirrasiga ega bo‗lgan so‗zlar hisoblanadi. Masalan, qizaloq, 
toychoq, o‗rgilay, girgitton bo‗lay, bolaginam, oppogim, do‗mbog‗im, 
arslonim, pahlavonim, shakarim, shirinim kabi. Salbiy ma‘no qirrasiga 
ega bo‗lgan so‗zlar sirasiga jirkanish, manmanlik, mensimaslik, 
kibrlilik, masxara, nafrat, gazab, kinoya, kesatiq kabi subyektiv 
50
Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши. – Т: Фан, 1983. 


53 
munosabatni ifodalovchi so‗zlar kiradi. Bunday ma‘nolarni yuzaga 
keltiruvchi omillarni aniqlash va baholash lisoniy tahlilning asosini 
tashkil qiladi. O‗zbek tilida kichraytirish shakli 
-cha, -choq, -chak
qo‗shimchalari bilan; erkalash shakli 
-jon, -xon, -oy, - (a)loq 
affikslari 
yordamida hosil qilinadi. Hurmat, mensimaslik, istehzo, umumlashtirish, 
tur-jinsga ajratish kabi ma‘nolar 
-lar
affiksi bilan hosil qilinadi. -gina 
qo‗shimchasi chegara, erkalash, yaqinlik ma‘nolarini yuzaga chiqaradi. 
Tahlil jarayonida matnda qo‗llanilgan barcha morfologik birliklar emas, 
estetik maqsad aniq ko‗rinib turadigan, yozuvchining badiiy niyati 
ifodalangan morfologik o‗zgachaliklar haqida so‗z yuritiladi. Masalan, 
eng ko‗p ishlatiladigan badiiy tasvir vositalaridan biri takrordir. 
Morfologik birliklarning takrorlanishidan yuzaga keladigan uslubiy 
vosita - morfologik parallelizmning qo‗llanilish maqsadi lisoniy jihatdan 
tadqiq etilishi mumkin. Shuningdek, atoqli otlar sirasiga kiruvchi - 
antroponimlarning muayyan maqsad bilan qo‗llanishiga aloqador 
kuzatishlar olib borish mumkin. Chunki badiiy asarda qo‗llanilgan 
ismlar ichida alohida uslubiy maqsad yuklanganlari ham bo‗ladiki, ular 
yozuvchining goyaviy-badiiy niyatini aniqlashga yordam beradi.
Badiiy nutqning ta‘sirchanligini ta‘minlashda sintaktik usuldan 
keng foydalaniladi. Sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, 
boglovchilarning maxsus qo‗llanishi, antiteza, monolog, sukut, 
inversiya, takroriy gaplar, ritorik so‗roq, anafora, epifora, ellipsis
alliteratsiya, ritorik murojaat, sintaktik parallelizm, emotsional gaplar 
kabilar sintaktik poetikaning o‗rganish obyekti sanaladi. Shuningdek, 
gap bo‗laklarining o‗rinlashishi, gap tarkibida bir xil bo‗laklarning 
takrorlanishi kabi hodisalar ham badiiy nutqni shakllantirishda xizmat 
qiladi. 
Shunday qilib, lingvopoetika tilning qaysi sath birligining badiiy-
estetik funksiyasini o‗rganishiga qarab fonetik poetika (FP), leksik 
poetika (LekP), sintaktik poetika (SP) kabi qismlarga bo‗linadi. 
Lingvopoetikaning har qaysi turini alohida-alohida o‗rganish va 
ularning o‗zaro munosabatini ochish hozirgi tilshunoslik oldida turgan 
muhim vazifalardan biridir. 


54 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Badiiy asar tili deganda nimani tushunasiz? 
2.Estetik ta‘sirchanchanlik va emotsional-ekspressivlik faqat 
badiiy asarlarda xosmi? 
3.Sharqda badiiy asar tiliga e‘tibor qachondan boshlangan.
4. 
Yevropada 
nechanchi 
asrdan 
lingvopoetika 
shakllana 
boshlagan? 
5.Alletratsiya, gradatsiya nima? Ularni fonopoetik vositalar deyish 
mumkinmi? So‗zning o‗z va ko‗chma ma‘nolari deganda nimani 
tushunasiz? So‗zning ko‗chish turlari leksik poetikaga misol bo‗ladimi? 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə