O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар

2.Nutq 
tovushining 
biologik 
aspekti. 
Nutq 
organlari 
fiziologiyasi. 
Nutq tovushining biologik aspekti nutq organlari 
anatomiyasi, fiziologiyasi va vazifaviy kechimi kabilardan iboratdir. 
(Ushbu mavzuni yoritishda quyidagi adabiyotdan foydalanildi.
52

Nutq organlari anatomiyasi nutq organlari shakli va tuzilishi 
haqidagi tasvir bilim. Nutq organlari asosan to‗rtga bo‗lib o‗rganiladi: 
nafas yetkazuvchi organlar, tovush hosil qiluvchi, tovushni 
shakllantiruvchi, qo‗shma ton beruvchi organ. 
Nafas yetkazuvchi organlar asosan troxeya, bronxlar, o‗pka va 
qo‗shimcha holda ko‗krak qafasi, plevra, diafragmalardan iborat. 
Troxeya 16-20 tog‗ay miqdordagi olveollardan iborat. Har bir olveolga 
bir bronxiol, bittadan arterial va vena tomiri kapilyar tolasi kiradi. O‗pka 
qovurg‗alar o‗rab turgan ko‗krak qafasi ichiga joylashgan. Qovurg‗alar 
muskullar vositasida o‗zaro tutashgan, elastik xarakterda. Ko‗krak 
qafasidagi o‗pka plevra bilan o‗ralgan bo‗ladi. Diafragma ko‗krak 
qafasi bilan qorin boshlig‗ini ikkiga ajratib turadi. Tovush hosil 
qiluvchi organlar hiqildoq deb atalib, u ustma-ust joylashgan uzuksimon, 
qalqonsimon, cho‗michsimon va shuningdek ponasimon, shoxsimon 
51
Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Тошкент: Ўзбекистон, 2002. –Б.20-25.
52
Миртожиев М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент, 2004. –Б.30-38. 


57 
tog‗aylardan iborat trubasimon ko‗rinishga ega. Ular o‗zaro pay va 
muskullar bilan birikkan bo‗ladi. Uning eng yuqorisi – tilning orqasida 
yaproqsimon tog‗ay joylashgan. Hiqildoq uzuksimon tog‗ay orqali 
troxeyaga tutashgan. Qalqonsimon tog‗ayning orqa tomonidagi 
tutashmagan ikki yoni oralig‗ida bir juft cho‗michsimon tog‗ay 
joylashgan. Hiqildoqning ichki o‗rta qismida ustma-ust burma bo‗lib, 
ular oralig‗i hiqildoq qorinchasidan iborat. Burmalarning pastkisi tovush 
burmasi, ustkisi soxta burma deyiladi. Hiqildoq trubkasi shu 
burmalardan yuqori va pastga konussimon holda kengayib boradi. 
Tovush burmasi ikki bo‗lakdan iborat, hiqildoq ikki yon devoridan 
bo‗rtgan bo‗ladi. Uning qirralari bo‗ylab pay qatlamlari tortilib, u
tovush paylari deyiladi. Tovush paylarining bir uchi uzuksimon tog‗ay 
uchiga, ikkinchi uchi cho‗michsimon tog‗ay uchiga birikkan. 
Hiqildoqdagi ikki yon paylarning oralig‗i esa tovush yorig‗idir.
Bularning hammasi bo‗yin olmasi orqali joylashgan. Tovush paylari 
nafas yo‗lining eng tor joyi hisoblanadi. Hiqildoqning ichki yuzasi 
troxeyadagiga o‗xshash epiteliy qatlami bilan qoplangan. Bu qatlam 
yuzasi mayda tuklardan iborat bo‗lib, ular yuqoriga yotqizilgandir. 
Tovushni 
shakllantiruvchi 
organlar 
asosan 
halqum 
va 
og‗iz 
boshlig‗idagi organlardan iborat. Halqum devori yuzasi epiteliy 
qatlamidan iborat bo‗shliq bo‗lib, 3 qismga bo‗linadi. Pastki qismi 
halqumning hiqildoq qismi deyilib, unga hiqildoq va qizilo‗ngach 
tutashadi. O‗rtasi halqumning og‗iz qismi bo‗lib, og‗iz bo‗shlig‗iga 
ochilgan. Yuqorisi hiqildoqning burun qismi hisoblanib, unda xoana bor. 
Ular burun boshlig‗i va eshituv naylariga birikadi. Og‗iz boshlig‗i old 
tomonda lablar, yoni lunjlar, tepasi qattiq va yumshoq tanglay osti til 
osti muskuli bilan chegaralanadi. U orqa tomonida tomoq orqali 
halqumga tutashadi. Og‗izning old va yon tomonini duga shaklida tishlar 
qoplab, ular tepa va pastda o‗zaro qarama-qarshi o‗rnashgan. Tishlarni 
milk tutib turadi. Tish va lab oralig‗i og‗iz dahlizi deyiladi. Og‗iz 
bo‗shlig‗i tomoq orqali halqumga ochilar ekan, uning tepasida yumshoq 
tanglayning o‗simtasiga o‗xshash kichik til osilib turadi. Og‗iz bo‗shlig‗i 
ostini til qoplagan. Til ikki qismdan iborat: til ildizi va til tanasi. Til 
ildizi: til uchli muskuli, til osti muskuli, bag‗baqa – til muskuli, til-


58 
tog‗ay muskuli kabilardan tarkib topgan. Til tanasi esa bo‗ylama ustki 
muskul, bo‗ylama ostki muskul, enlama muskul, tiklama muskullardan 
iborat. Til o‗tmas uchli bo‗lib, shu uchidan til ildizining oxirigacha til 
o‗rtasidan tepasi bo‗ylab til egati o‗tadi. Til o‗z egatiga muvofiq holda 
til devori bilan bo‗yiga ikkiga bo‗lingan bo‗ladi. Shuning uchun uning 
sakkiz muskuli sakkiz juft tutam holida shakllangan. Til ildizining
tutash joyi bilan halqumning orqa devori oralig‗i bo‗g‗iz hisoblanadi.
Qo‗shimcha ton beruvchi organ burun boshlig‗i hisoblanadi. Burun 
boshlig‗i burun katagi orqali tashqariga ochiladi va orqada xoanalar 
orqali halqumga qo‗shiladi. U burun katagidan boshlanuvchi burun 
devori bilan halqumgacha ikkiga bo‗lingan. Har bir qismi chig‗anoqlar 
vositasida uch kanalga ajraladi. Ya‘ni burun boshlig‗i olti kanalchadan 
iborat. Burun devori asosan burun kataklarida tog‗ay bilan boshlangan 
bo‗lsa ham, asosan, suyakdan tarkib topib, u xoanalargacha davom 
etadi.
Nutq organlari fiziologiyasi nutq organlarining hayotiy jarayonlari 
muhit bilan bo‗ladigan munosabatlaridir. Uning kishi organlari ichida 
o‗ziga xos fiziologiyasi bo‗lib, buni asosan bosh miya po‗stlog‗i 
boshqaradi. Ammo ularni boshqaruvchi nervlar yadrosi cho‗zinchoq 
miyada joylashgan. Cho‗zinchoq miyada ikki yonma yon nerv yadrosi 
bo‗lib, biri ikki yoqlama yadro, ikkinchisi til osti nervi yadrosi 
hisoblanadi. Bu yadrolarning yonma-yon joylashuvi nutq organlari 
fiziologiyasidagi uyg‗unlikni ta‘minlaydi. Chunki ikki yoqlama 
yadrodan til halqum nevri chiqib, til, halqum va umuman nafas yo‗llarini 
nervlaydi. Undan yana adashgan nevr chiqib, nafas organi 
qovurg‗alararo 
muskullar 
va 
diafragmaning 
harakatlantiruvchi 
nervlariga impuls yuboradi. Qovurg‗alararo muskullar nervi orqa 
miyaning shu qismidan, diafragma nervi orqa miyaning bo‗yin qismidan 
chiqqan bo‗ladi. Til osti nervi yadrosidan chiqqan nervi til osti va 
tagidagi muskullarni nervlaydi. Adashgan nerv impuls yuborishi uchun 
uning yadrosi o‗z refleksiga ega. Bu qondagi karbonat angidrid 
miqdoridir. Qonda u ko‗paysa, ikki yoqlama yadroda qo‗zg‗alish bo‗ladi 
va 
adashgan 
nervni 
impuls 
yuborish 
uchun 
qo‗zg‗aydi. 


59 
Harakatlantiruvchi nervlar ko‗krak qafasini kengaytiradi, nafas olish-
inspiratsiya kechadi. Keyin qon kislorodga to‗yinadi va ekspiratsiya 
boshlanadi. 
Kislorod 
ayriboshlash 
bilan 
o‗tadigan 
refleksga 
asoslanuvchi bu kechim bir ritmda o‗zgarishsiz davom etadi. Nutq 
kechimida bosh miya po‗stlog‗ining ta‘siri kuchayib, inspiratsiya faqat 
og‗iz orqali bo‗ladi, odatdagidan 3-4 marta ortiq, tez o‗tadi. Ekspiratsiya 
sekin-asta, ba‘zan bo‗linib -bo‗linib kechadi. Bu, albatta, imkoniyat 
darajasida, kislorodga bo‗lgan tashnalikni qondirib turish holatida ro‗y 
beradi. Eng sog‗lom odamda ekspiratsiya ko‗pi bilan 30-40 sekund 
davom etishi mumkin. Nutq kechimidagi inspiratsiyaning katta hajmda 
bo‗lishi ekspiratsiyada hiqildoq va troxeyada havo bosimining yuqori 
daraja to‗plash imkonini beradi. U yumilgan tovush paylarida tutilib 
turadi. Ortgan havo bosimi tovush paylari tutashgan oraliqni ochib, uni 
tebratib, halqum tomonga o‗tadi. Tovush paylarining tebranishi havo 
oqimiga o‗tar ekan, u unning yuzaga kelishi bo‗ladi. Nutq kechimida 
hiqildoq va troxeyada havo bosimining ortishi uchun diafragmaning va 
qovurg‗a oralig‗i muskullarining qisqarishi ahamiyat kasb etadi. U 
havoni tovush paylari yuzasiga bosib to‗plab turadi. Tovush paylari esa 
goh ochilib, goh yumilib, ochiqlik darajasi goh kengayib, goh torayib, 
havoning turli bosim bilan halqum tomonga sizib o‗tishini ta‘minlaydi. 
Bu tovush paylarining turlicha kuch bilan tebranishiga sabab bo‗ladi.
Ammo tovushning turli balandlikda hosil bo‗lishi havo bosimining bu 
kechimlari bilan uncha bog‗li emas. U tovush paylari holatiga tobedir.
Agar tovush paylari salqiroq holatni olsa, tovush nihoyatda past chiqadi. 
Chunki salqiroq tovush paylari bir-biriga kirishib yo‗g‗on tortadi. 
Yo‗g‗onlashgan tovush paylarining tebranish imkoniyati kam bo‗ladi. 
Bunda qalqonsimon tog‗ay bilan uzuksimon tog‗ay orasi katta ochilib, 
qalqonsimon tog‗ay bilan ko‗tarilgan cho‗michsimon tog‗ayning 
ikkinchi shoxchasi pasayadi va tovush paylarini bo‗shroq qo‗yadi. Agar 
qalqonsimon tog‗ay bilan uzuksimon tog‗aylar orasi yaqinlashsa, tovush 
paylari taranglashib, unga zarb urilganda tebranish imkoniyati ortadi va 
tovush balandroq hosil bo‗ladi. Bunday tovush obertonga ham boy, 
o‗ziga xos chiqadi. Shu tog‗aylar orasi nihoyatda yaqinlashib, ular 
o‗zaro yopishib tursa, tovush paylari rezinka kabi cho‗ziladi va yupqa 


60 
tortadi. Tebranish imkoniyati nihoyatda ortadi. Ba‘zan cho‗michsimon 
tog‗ay tovush burmalari muskulini ishga solib, tovush paylari 
tebranuvchi qismi qirralarini qisqartiradi. Bunda hosil bo‗lgan tovush 
falset tovush bo‗lib, u nihoyatda baland, chinqiroq va obertonga 
nihoyatda qashshoq holda chiqadi. Odatda, past tovushlarda tovush 
paylari kam vazifa bajaradi. Uning vazifasini ko‗proq tovush burmasi 
muskullari oladi. Shuning uchun bunday tovush vishillaganroq, ilon 
tovushiga o‗xshashroq holda eshitiladi. Ilonning ham tovush paylari 
bo‗lmagani uchun, u nafas bosimini kuchaytirib, nafas yo‗li muskullarini 
zo‗riqtirish bilan vishillaydi. Tovush baland hosil qilinganda tovush 
paylarini faqat tarang holdagi qirralari ishlaydi. Uning vazifa bajaruvchi 
qismi bolalarning tovush paylari hajmi darajasiga yaqinlashgan bo‗ladi.
Bunday holda oberton hosil qilish imkoniyati nihoyatda kamayadi. 
Baland tovush hosil qilinganda hiqildoq halqumda keng ochilib, yuqori 
ko‗tariladi va til ildiziga nihoyatda yaqin keladi. Bunday holda halqum, 
og‗iz va ba‘zan burun bo‗shlig‗ida rezonator ton hosil bo‗lishi 
kuchayadi. Shuning uchun kishining boshi zirillab turadi. Tovush bosh 
qismda hosil bo‗layotgandek tuyuladi. O‗rtacha tovush hosil bo‗lishda 
hiqildoq pastda bo‗lib, tovush paylari to‗laligi bilan, barcha qismlarida 
tebranish bo‗ladi va hiqildoqning o‗zidan boshlab rezonator ton yuzaga 
keladi. Shuning uchun bunday tovush ichdan guldirib chiqayotganday 
tuyuladi. Odamlar uni, dildan chiqarilgan tovush, deb obrazli 
ifodalaydilar. Tovush paylari ishtirokisiz ham tovush hosil bo‗ladi. Ular 
xarakter e‘tibori bilan shivir, soxta burma uni, ming‗ir nomlari bilan 
ataladi. Shivir faqat tovush burmasida hosil bo‗ladigan nihoyatda past 
tovushdir. Soxta burma uni esa soxta burma muskullari zo‗riqishidan 
hosil etiladigan o‗rdak g‗ag‗illashiga o‗xshash tovush bo‗ladi. Ming‗ir 
yaproqsimon tog‗ay baland hiqildoq og‗zi deyarli yopiq holida tovush 
hosil qilinishiga aytiladi. Halqum tovush hosil qilmasligi bilan birga uni 
shakllantirmaydi ham. U faqat tovush hosil bo‗lishida karnay trubasiga 
o‗xshash vazifa bajaradi.
Og‗iz bo‗shlig‗idagi til, yumshoq tanglayning kichik til va lablar 
fiziologiyasi bilan bog‗li holda nutq tovushlari shakllanadi. Bu o‗rinda, 
ayniqsa, til fiziologiyasi muhim o‗rin tutadi. Til odam organizmidagi 


61 
eng qayishqoq, eng harakatchan va murakkab vazifalarni bexato 
bajaruvchi mexanizm hisoblanadi. Uning hazm qilish organizmi 
sifatidagi vazifalari bir qator, shuningdek nutq organi sifatidagi 
vazifalari ham juda katta. Bunda uning sakkiz juft muskul tutamining 
o‗ziga xos ish vazifasi tilning murakkab xarakterlarini keltirib chiqaradi. 
Til ildizi, ya‘ni suyak muskullari asosan tilning orqa qismi harakatlarini 
belgilaydi. Uning uchli muskuli tilning ildiz qismini yuqori va orqa 
tomonga tortish ishini bajaradi. Ostki muskuli til ildizini orqa va ostga 
tortadi. Buning natijasida og‗iz bo‗shlig‗i kengayadi. Bag‗baqa-til 
muskuli tilning old va pastga tortilishi uchun xizmat qiladi. Bu bilan 
og‗iz boshlig‗i yana ham kengayadi. Til tog‗ay muskuli til osti muskuli 
bilan mutanosib vazifa bajaradi. Umuman bu muskullar tilning orqa va 
past tomonga tortilib, kurak tishlaridan nari tutilishiga xizmat qiladi. 
Tilning o‗z, ya‘ni tana muskullari uning turli shakllarga kirishi va turli 
shakllarda harakat qilishi uchun xizmat qiladi. Bo‗ylama ustki muskuli 
til bo‗yining qisqarishini ta‘minlaydi. Bo‗ylama ostki muskuli tilni 
qisqartirib, ustini yuqori ko‗taradi va belini bukish vazifasini o‗taydi. 
Enlama muskul til enini toraytirib, tepaga tomon yo‗g‗onlashtiradi. 
Tiklama muskul til qalinligini zichlashtiradi va og‗iz boshlig‗ining eni 
bo‗yicha yoyadi. Enlama muskul yana tilning tepaga yoy shaklida 
egilishi uchun ham xizmat qiladi. Til devori tilning har bir tomoni, ya‘ni 
o‗ng yoki chap qismi o‗zicha mustaqil harakatlanishi, til harakati 
yondoshligining ixtiyoriy buzilishi uchun sharoit yaratadi. Chunki til 
muskullarining juft tutamlari til devorining ikki tomonida bittadan 
mustaqil joylashib, mustaqil harakat qilish imkoniga ega. Til yuganchasi 
ham o‗ziga xos vazifa bajarib, til uchini pastga va orqaga tortishda 
yordamlashadi.
Yumshoq tanglay bilan kichik til ham nutq tovushi hosil qilishda 
faol organ hisoblanadi. U artikulyatsiya kechimida ko‗tarilib halqumga 
qarab cho‗ziladi va havoning burun boshlig‗iga ketadigan yo‗li - xoana 
ustini yopadi. Natijada tovush artikulyatsiyasida burun rezanator toni 
aralashmaydi. Og‗iz boshlig‗i hajmi ortib, bu bo‗shliqda rezanotor ton 
hosil bo‗lishi uchun imkoniyat yaxshilanadi. Agar burun sonantlariga 
artikulyatsiya ekskursiyasi bo‗lsa, yumshoq tanglay bilan kichik til 


62 
halqumning orqa devorlaridan narilashib, pastga tomon kengayadi va 
burun yo‗lini ochadi. Ba‘zi tovushlarda u og‗iz yo‗lini butunlay yopadi. 
Natijada tovush burun boshlig‗idan aylanib, burun boshlig‗i rezonator 
toniga to‗yinadi. Yumshoq tanglay yana til bilan tutashib, til orqa va 
chuqur til orqa artikulyatsiya o‗rinlarini shakllantiradi. Kichik til 
pastlashib, tomoqni toraytiradi va artikulyatsiya bajaradi. Biroq bu
fransuz tiliga xos bo‗lib, o‗zbek tilida nutq tovushi hosil qilmaydi.
Lab fiziologiyaning nutq tovushi hosil bo‗lishda o‗z vazifasi bor. U 
o‗zaro tutashuvi yoki nihoyatda yaqin kelib, havo sirg‗alib chiquvchi 
uchun oraliq qoldirishi mumkin. U cho‗chchayib havo sizuvchi oraliq 
bo‗yini cho‗zadi va ayrim hollarda kengayadi, katta hajmda ochiladi. 
Lunj ham artikulyatsiya kechimida o‗z o‗rni bilan jag‗ tishlariga 
yopishib, oraliq hosil qilib turishi mumkin. Bu ham o‗ziga xos 
ahamiyatga ega. Halqum, qattiq tanglay, tish va burun boshlig‗i nofaol 
organlar bo‗lib, nutq tovushi hosil qilishda harakat qilmaydi. Lekin nutq 
tovushi hosil qilishda so‗zsiz o‗z o‗rniga ega. Til oldi va lab-tish 
tovushlari kurak tishi ishtirokisiz artikulyatsiya qilinmaydi. Qattiq 
tanglay til orqa tovushlarida rezonator ton bazasi bo‗lib xizmat qiladi. 
Tovush hiqildoqdan chiqar ekan, tog‗ri halqum devorlari va yumshoq 
tanglay devorlariga uriladi, og‗iz boshlig‗i rezonator tonlari asosan shu 
o‗rinda hosil bo‗ladi. Burun boshlig‗ining asosan orqa qismigina 
rezonator ton manbai bo‗lib, old devorlar bu vazifani bajarmaydi. Burun 
boshlig‗ining old qismida rezonator ton hosil bo‗lishi faqat 
manqalargagina xosdir.
Nutq organlarining ijro kechimi nutq organlarining nutq tovushi 
hosil qilishdagi ishtiroki, holati va ish kechimi kabilardan iborat. Bu 
barcha nutq organlarining fiziologik imkoniyati bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Nafas yetkazuvchi va tovush hosil qiluvchi organlar barcha xalqlarda va 
odamda bir xil fiziologik imkoniyat doirasida vazifa bajaradi va tovush 
hosil qiladi. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi organlar hammada bir xil 
bo‗lishiga qaramay, har bir xalq, millat va hatto sheva vakilida alohida, 
o‗ziga xos vazifa bajaradi. Chunki artikulyatsiya o‗rni bo‗la oluvchi 
barcha nutq organi ham hamma xalqda bir xil shakllanavermaydi. 


63 
Artikulyatsiya o‗rni tovush hosil qilishda bevosita ishtirok etuvchi bir 
yoki undan ortiq nutq organining uyg‗unligidir. Kishida lab, til, kichik 
til kabi nutq organlari vazifa o‗tashda faol harakat qiladi. Ulardan lablar 
ikki, til to‗rt, kichik til bir, bo‗g‗iz bir artikulyatsiya o‗rniga ega bo‗lishi 
mumkin. Lekin barcha til vakillarida ham ular bir xil to‗laligi bilan 
shakllanmaydi va ishga kirishmaydi. Masalan, o‗zbeklarning bo‗g‗iz 
artikulyatsiya o‗rni bilan kichik til artikulyatsiya o‗rni shakllanmagan 
bo‗ladi. Lab-tish artikulyatsiya o‗rni ham faqat o‗zlashgan leksikada 
chegaralangan holda foydalaniladi. Til o‗rta va til orqa artikulyatsiya 
o‗rni ham to‗la ishlatilmaydi. Chuqur til orqa bilan til oldi artikulyatsiya 
o‗rni o‗zbek tili uchun eng faoldir. Rus tili uchun bo‗g‗iz, kichik til, 
chuqur til orqa umuman artikulyatsiya o‗rni sifatida sanalmaydi. Nemis, 
fransuz, ingliz, arab tillarida bo‗g‗iz artikulyatsiya o‗rinlari ham 
shakllangan bo‗lib, fransuz tilida kichik til artikulyatsiya o‗rni ham bor. 
Lekin ularda ham chuqur til orqa artikulyatsiya o‗rni yo‗q. Buning 
ustiga turli til vakili turli artikulyatsiya o‗rnidan turli artikulyatsiya 
usulida foydalanadi. Artikulyatsiya usuli artikulyatsiya o‗rnining 
artikulyatsiya kechimida tutgan holati bo‗ladi. O‗zbek tilida til o‗rta 
artikulyatsiya o'rnidan faqat sirg‗aluvchi tovushlar, til orqa artikulyatsiya 
o‗rnidan faqat portlovchi tovushlar, lab-tish artikulyatsiya o‗rnidan faqat 
sirg‗aluvchi tovushlar hosil qilish uchun foydalaniladi. Qolgan 
artikulyatsiya o‗rinlari maksimum ishlatiladi. Rus tilida til o‗rta va til 
orqa artikulyatsiya o‗rinlari ham maksimum vazifa bajaradi. Ularda lab-
lab artikulyatsiya o‗rnida sirg‗aluvchi tovush hosil bo‗lmaydi. Ayrim 
hollarda ayrim tovushlar artikulyatsiya usuli darajasi yoki gs miqdoriga 
ko‗ra ham farqlanishi kuzatiladi. Masalan, 
i
tovushi o‗zbek tilida ayni 
rus va tojik tillaridagining o‗zi emas. U o‗zbek tilida nisbatan kengroq 
artikulyatsiya usulida talaffuz etiladi. r sonanti o‗zbek tilida rus 
tilidagidan kam gsga ega va hatto tilning titrash miqdori o‗zbek tilida 
bittadan ortishi kam kuzatiladi, rus tilida 2-3 titrash miqdoriga ega 
bo‗lishi oddiy bir holdir. Bularning barchasi og‗iz boshlig‗idagi nutq 
organlarining qanday shakllanganligi va qanday harakatlanishga 
ko‗nikma hosil qilganligi bilan bog‗li holatda kechadi. Qaysi nutq 
organining 
qanday 
harakatlanish 
uchun 
shakllanishi 
kishida 


64 
go‗daklikdan, onaning nutq kechimiga taqlid qilishdan boshlab yuzaga 
keladi. U qayta-qayta mashq qilishlarning natijasi bo‗ladi. Bir tilda 
so‗zlashuvchi har bir kishi o‗zaro bir xil artikulyatsiya o‗rinlarini bir xil 
harakatlanadigan holda shakllantiradi. Hatto qo‗shimcha ton beruvchi 
organ bo‗lgan burunning ham ton hosil qilish kechimigacha milliy 
xarakterga ega. Uning ham bir til vakilida o‗ziga xos foydalanishi 
kuzatiladi. O‗zbeklar faqat to‗rtta sonant artikulyatsiyasidagina 
foydalansa, fransuzlar unlilar artikulyatsiyasida ham foydalanadi. 
Buning ustiga undagi rezonator ton manbai o‗zbek tilidagi o‗xshash 
burun bo‗shlig‗ining orqa tomoni devorlari emas, nisbatan birmuncha 
beriroq o‗rnidagi devorlari hisoblanadi. Ko‗rdikki, har bir til vakilining 
o‗z tilida so‗zlashishi uchun o‗ziga xos artikulyatsiya o‗rinlari 
shakllangan bo‗ladi. Mana shu artikulyatsiya o‗rinlarining bir butun 
holati artikulyatsiya bazasi deb ataladi. Ular artikulyatsiya bazasida 
talaffuz etadi va so‗zlashadi. Har bir tilda so‗zlashuvchi vakilning o‗z 
tiliga oid tovushlarni talaffuz etish uchun shakllantirilgan artikulyatsiya 
bazasida talaffuz etishi, so‗zlashishi o‗z tiliga xos aksenti deb qaraladi. 
Ma‘lum tilda so‗zlashuvchilarga xos aksent ularning faqat mavjud 
artikulyatsiya o‗rinlari bilan bog‗liq emas. U artikulyatsiya o‗rinlarining
harakat usuli, yani artikulyatsiya usuli, artikulyatsiya usulining me‘yori, 
tempi, tembri, kuchi; leksik urg‗ulari tizimi, intonatsiyasi kabilar bilan 
ham o‗lchanadi. Biroq aksentning asosida hamma vaqt ham 
artikulyatsiya bazasi turadi. Aksent chet tilda so‗zlashganda yaqqol 
namoyon bo‗ladi. Odam o‗z tili artikulyatsiyasi bazasida chet tiliga oid 
qurilmalarni talaffuz etar ekan, u o‗sha chet tiliga xos aksentni emas,
o‗z tiliga xos aksentni yuzaga chiqargan bo‗ladi. Ma‘lum tilni aksentsiz 
gapirish deyilganda, boshqa til vakiliga nisbatan olinib, so‗zlanayotgan 
tilga xos artikulyatsiya bazasida artikulyatsiya usullari va uning 
me‘yorini o‗rniga qo‗yib, urg‗u va intonatsiyani buzmagan holda 
gapirish nazarda tutiladi. Artikulyatsiyaning o‗zi ham bir necha fazadan 
tarkib topadi. Ular: 1)artikulyatsion ekskursiya 2)artikulyatsion kechim 
3)artikulyatsion 
rekursiyadan 
iborat. 
Artikulyatsion 
ekskursiya 
artikulyatsiya o‗rnining ma‘lum tovush talaffuzi uchun uning 
artikulyatsion 
usuliga 
safarbar 
etilishi, 
tayyorlanishi 
bo‗ladi. 


65 
Artikulyatsion kechim o‗sha tovushni unga xos artikulyatsiya usulida 
qayd etishdir. Artikulyatsion rekursiya esa artikulyatsiya o‗rnining 
artikulyatsion kechimdan keyin o‗z o‗rniga, ya‘ni holatiga qaytishidan 
iborat. Mana shu uch fazaning qayd etilishi artikulyatsiya deb qaraladi. 
Nutq tovushlarining har biri qanday hosil qilinishi ham nutq 
organlarining ijro kechimi hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Nutq tovushlariga xos bo‗lgan 3 belgini ayting. 
2. Nutq tovushining biologik aspekti nimalarni o‗z ichiga oladi? 
3. Nafas yetkazuvchi organlarga nimalar kiradi? 
4. Tovushni shakllantiruvchi organlarga qaysilari kiradi? 
5. Nutq organlarining ijro kechimi deganda nimani tushunasiz? 
6. Artikulyatsiyaning o‗zi necha fazadan tarkib topadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə