O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Lingvokulturologiya insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар

3.Lingvokulturologiya insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi 
fan sifatida. 
So‗nggi yillarda til va madaniyat masalalarini o‗rganuvchi 
fan 
sifatida 
lingvokulturologiya
 
fani 
shakllandi.
Lingvokulturologiyaning obyekti – madaniyat va tilning o‗zaro aloqasi, 
o‗zaro 
ta‘sirini 
bir 
butunlikda 
tadqiq 
qilishdir.
40
Lingvokulturologiyaning predmeti madaniyatda ramziy, obrazli, 
metaforik ma‘no kasb etgan va natijalari inson ongida umumlashtirilib 
mif, afsona, folklor va diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy 
matnlarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan 
til birliklari sanaladi. Bunda muayyan lingvokulturologik birlik bir 
paytning o‗zida bir qancha semiotik tizimlarga tegishli bo‗lishi mumkin, 
ma‘lum bir odat frazeologizmga, maqolga, matalga aylanishi mumkin.
Demak, muqobilsiz leksika va lakunalar (
palov, patir, sumalak, 
39
Антипов Г. А., Донских O. А., Марковина И. Ю., Сорокин Ю. А.
 
Текст как явление культуры. –
Новосибирск, 1989. –C.75. 
40
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. - М.: Издательский 
центр ―Академия‖, 2001. –С.35-36.


43 
ko„rpacha, belbog„)
, mifologiyalashtirilgan til birliklari, tilning 
paremiologik (maqol va matallar) fondi, frazeologik birliklar, 
o‗xshatishlar, ramzlar, stereotiplar, metafora va obrazlar, nutqiy 
muomala madaniyati lingvokulturologiyaning predmeti sanaladi. 
 
Har qanday til yoki dialektda boshqa tilga bir so‗z bilan tarjima 
qilib bo‗lmaydigan so‗zlar mavjud bo‗ladi. Bunday so‗zlarga muqobilsiz 
leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos 
hodisalarni aks ettiradi. U ko‗pincha mahalliy xalqqa xos lingvistik 
birliklar: masofa-uzunlik birliklari, ro‗zg‗or ashyolari, kiyim-kechak, 
yegulik-ichkilik kabi tushunchalarni anglatadigan so‗zlardan tarkib 
topadi. Muqobilsiz leksika boshqa tilga o‗zlashtirilganda ularga ekzotik 
leksika (ekzotizmlar) deyiladi. Ekzotizmlar va etnografizmlar o‗zga 
madaniyatning ramzi sanaladi. Jumladan,
spiker, kriket, shilling 

 
Angliya;
yaylov, qishloq, ariq, dehqon, cho„l 
– O‗rta Osiyo; 
sakura, 
geysha, 
ikebana, 
sake
– yapon madaniyatining belgilarini 
assotsiatsiyalaydi. O‗zbek madaniyatining belgilarini 
palov, patir, 
sumalak, ko„rpacha, belbog„ (belida belbog„i bor), do„ppi (do„ppisi 
osmonda, do„ppi tor) 
va h.k. so‗zlarda ko‗rish mumkin.
Bir tildagi so‗z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o‗rinlarda har 
doim lakuna hodisasi voqelanadi. Lakunalar (lot. 
lacuna 
– bo‗shliq,
chuqurlik, cho‗nqir joy) – matnda bo‗sh qolgan, tushib qolgan joy, 
―tilning semantik xaritasidagi oq dog‗lar‖dir.
41
Muqobilsiz leksika 
singari lakunalar ham tillarning qiyosida seziladi. Masalan, ingliz tilida 
―yurist, advokat‖ ma‘nosini anglatgan 
lawyer
so‗zidan boshqa 
advokatlik kasbining turli-tumanligini ifodalaydigan 
attorney
―vakil‖, 
barrister
―oliy sudlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‗lgan advokat‖, 
solicitor
―mijozlarga va tashkilotlarga maslahat beruvchi; quyi sudlarda 
ishtirok etish huquqiga ega‖, 
counsel
―yuriskonsult‖, 
counsellor 
―maslahatchi‖, 
advocate
―oliy darajadagi advokat‖ kabi. O‗zbek va rus 
tillarida qayd qilingan ifodalarga faqat bir 
advokat
so‗zigina muqobil 
bo‗ladi. Bulardan ba‘zilari maqol, matal, frazeologik birliklar, 
o‗xshatishlar, ramzlar, metafora bizga tushunarli bo‗lgani bois, ularning 
41
Степанов Ю.С. Французская стилистика. –М., 1965. –C. 120.


44 
izohiga to‗xtalmaymiz. Xullas, lingvokulturologiya jonli kommunikativ 
jarayonlarni – xalqning madaniyati va mentaliteti, ya‘ni uning ongi
shuuri, ommaviy an‘analari, urf-odatlari va h.k.bilan bog‗liq til 
ifodalarining qo‗llanilishini tadqiq etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Til va milliy madaniyat mushtarakligiga misollar keltiring. 
2. Lingvokulturologiya insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi 
fan sifatida deganda nimani tushunasiz?
3. Muqobilsiz leksika va lakunalarga misol keltiring. 
4. Tilning paremiologik (maqol va matallar) fondi, frazeologik 
birliklar lingvokulturalogik birlik bo‗la oladimi?
5.Milliy o‗xshatishlar, ramzlar, stereotiplar, metaforalarga misollar 
ayting. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə