O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Raqobat strategiyasini ishlab chiqish qoidalari



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

3.2.1.-rasm. Raqobat strategiyasini ishlab chiqish qoidalari 
 
 
 
O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Raqobat kuchlari nazariyasi 
2.
M.Porterning raqobatchi kuchlar nazariyasi 
3.
M.Porter tomonidan ishlab chiqilgan besh raqobatchi kuch qaysilar 
4.
Tarmoqqa kirishdagi eng muhim to‘siqlar 
5.
Raqobat strategiyasini ishlab chiqish qoidalari
Birinchi bo‘lishga intilmaslik, mukammal bo‘lishga harakat qilish kerak 
Bosh maqsad investitsiyalardan yuqori darajada foydalanish
Strategiyaning har bir bo‘limi muvaffaqiyat keltirishi kerak 
Maqsad, oldindan ko‘ra bilish, al‘yans va hamkorlikka kirish, innovatsiya
restrukturizatsiya, o‘qitish, qo‘shilish va yutib yuborish strategiya hisoblanmaydi 
Industriya 

startegik tahlilning asosini tashkil qilishi lozim 
Murosaga borishdan qo‘rqmaslik
Bir qarashda jozibador ko‘rinmasada, bozorda o‘z segmentingiz bo‘lishiga harakat qiling
Strategiya nafaqat rahbariyatni, balki barcha xodimlarni ham qamrab olmog‘i lozim 
Strategiya – alohida qiymat yaratishda raqiblardan farqlovchi asosiy vositadir
Strategiya doimiy bo‘lishi kerak 


62 
4-BOB: RAQOBATBARDOSHLIK VA UNING NAMOYON BO’LISH 
SHAKLLARI 
 
4.1. Raqobatbardoshlik tushunchasi va uning namoyon bo’lish shakllari 
4.2. Tovar raqobatbardoshligi va uni baholash 
4.3. Tarmoq raqobatbardoshligi va uni baholash 
4.1. Raqobatbardoshlik tushunchasi va uning namoyon bo’lish shakllari 
Raqobatning mohiyati mahsulot va xizmatlarning bozordagi xususiyati-
mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligida namoyon bo‘ladi. 
Raqobatbardoshlik tushunchasini quyidagi tarzda ifodalashimiz mumkin: 
raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiy faoliyatning loyihalash, 
ishlab chiqariy, taqsimot va iste‘mol jihatlarini vaziyatli yondashuvini ifodalaydi. 
Raqobatbardoshlik iqtisodiy tizimning barcha elementlari uchun xos bo‘lsada, 
bozorni taqsimlash jarayonida paydo bo‘ladi. 
Raqobatbardoshlikning 
ma‘lum 
tariflarini 
tahlil 
qilar 
ekanmiz, 
raqobatbardoshlikning mohiyatini ochib beruvchi quyidagi xususiyatlarni ochishga 
olib keldi: 
- xizmatlar raqobatbardoshligi – uning iste‘molchi uchun jalb eta olish 
qobiliyatining o‘lchovidir; 
- xizmatlarning jozibadorligi turli darajadagi talablarning qondirilish darajasi 
bilan ifodalanadi; 
- taklif etilayotgan talablarning tarkibi, ularning ustunligi xizmatlarning 
turiga, tipiga va iste‘molchilariga bog‘liq; 
- raqobatbardoshlik iqtisodiy kategoriya sifatida aynan bir bozorni va aynan 
analog xizmatni ko‘rib chiqishni talab etadi; 
- raqobatbardoshlik dinamik xususiyatga ega, ya‘ni raqobatbardoshlik 
muayyan vaqt oralig‘ida, bozor konyunkturasining o‘zgarishini e‘tiborga olgan 
holda ko‘rib chiqishni talab etadi; 
- raqobatbardoshlik tahlil qilinayotgan xizmatlarning hayotiylik davrining 
qaysi bosqichida ekanligiga bog‘liq; 
Strategik marketing nuqtai-nazaridan – xizmatlarning raqobatbardoshligini 
bozordagi mavjud analog xizmatning aynan bir talabini qondirish darajasi bilan 
taqqoslanishidir. 
A.S.Zavyalov fikricha raqobatbardoshlik – bozorga va xizmatlarni sotish 
davriga chambarchas bog‘liq tushunchadir. Chunki mahsulot va xizmatlarning har 
bir iste‘molchisi o‘z iste‘molining qondirilishi darajasiga o‘z bahosini belgilaydi 
va bu bilan mahsulot va xizmatlarning yanada individual xususiyat kasb etishini 
ta‘minlaydi
31
.
N.A.Kolesnikovning fikricha, mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi – 
raqobatchi xizmat turiga nisbatan aynan bir iste‘molchilar jamiyatining ushbu 
31
Завьялов П.С., Демидов В.Е. Формула успеха: маркетинг.-М.: "Международные отношения",1991. – с. 250 


63 
xizmatlarni sotib olishga sarflagan xarajatlarini e‘tiborga olgan holda berilgan 
iste‘mol xususiyatidir
32
.
Ye.V. Popovaning fikricha xizmatlar raqobatbardoshligi – bu xizmatlar 
bozorida ma‘lum bir davr mobaynida xizmatlarining sotilish imkoniyatidir. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy maqsadi moliyaviy farovonligini 
oshirish uchun o‘z xizmatlarining raqobatbardoshligini ta‘minlashdir
33
.
N.D. Eriashvili ta‘rificha raqobatbardoshlik – xizmatning bozordagi mavjud 
analog xizmatlardan ustunlik jihatlaridir. Mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi 
– iste‘molchining real harid qilishga jalb etuvchanlik darajasidir. Shu bilan 
birgalikda N.D. Eriashvili N.D. raqobatbardoshlik raqobat sharoitida vujudga 
keladi, ya‘ni bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil iste‘molchilar uchun 
o‘z xizmatlarini mustaqil ravishda taklif etishadi deb tushuntiradi
34.
Korxona raqobatbardoshligi bilan mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligi 
tushunchalarini 
bir-birdan 
farqlash 
lozim. 
Mahsulot 
va 
xizmatlar 
raqobatbardoshligi xayotiylik ko‘rsatkichlarining umumlashgan ko‘rsatkichi 
bo‘lib, moliyaviy, ishlab chiqarish va mehnat zaxiralaridan yuqori samarada 
foydalana olish darajasi bilan ifodalanadi. 
Bugungi kunga kelib, mahsulot va xizmatlarning kompaniyalar, banklar va 
boshqa xizmatlar bozori ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlik loyixalariga 
ixtisoslashayotganligini kuzatishimiz mumkin. Agarda ilgari kompaniyalari 
o‘rtasida ko‘proq bu jarayonlari kuzatilgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘zaro 
hamkorlar tarmog‘i orqali mahsulotlarning boshqa muassasalariga distribusiyasi, 
hamkorligi kuchayib bormoqda. Barcha faol korxonalar tarmoqda hamkorlarining 
mahsulot va xizmatlarini realizasiya qilish bilan qatnashsalarda, o‘zi bilan birga 
asosiy faoliyat turi bo‘yicha xizmatlarni ham taklif qilishmoqda. Bundan kelib 
chiqadiki, raqobat tushunchasi mahsulot va xizmatlar bozorida boshqa bozor 
qatnashchilarini sig‘dirmaslikka harakat qilishini anglatadi. Bundan shuni 
anglashimiz mumkinki, ilgari korxonalar o‘rtasida raqobat sohasiga taalluqli 
bo‘lmagan muassasalar (sug‘urta kompaniyalari, moliyaviy brokerlar, pensiya, 
investisiya fondlari va kompaniyalari) va tashkilotlar (pochta, savdo uylari, 
avtomobil sanoati va boshq.) bilan chegaralangan bo‘lsa, bugungi kunda esa bu 
tushuncha o‘zaro hamkorliklar bilan tushuntiriladi. Korxonalar o‘zaro hamkorlikni 
kengaytirishmoqchi bo‘lsalar o‘zlarining raqobatbardoshliklarini ta‘minlashlari 
kifoya bo‘ladi. Quyidagi jadvalda raqobatbardoshlikning ayrim tariflari keltirilgan. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə