O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə26/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

C++ tilining leksemmasi 
C++ tiliga boshqa dasturlash tillariga nisbatan ko‗pgina yangiliklar kiritilgan
bo‗lib, tilning imkoniyati yanada kengaytirilgan. C++ dasturlash tili ham boshqa
dasturlash tillari kabi o‗z alfavitiga va belgilariga ega.
Tilning mavjud alfavit va belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Katta va kichik lotin alfaviti harflari;
2. Raqamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9;
3. Maxsus belgilar: " {} | [] () + - / % \ ; ' : ? <=>_ ! & ~ # ^ . *
Tilning alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi:
1.Identifikatorlar;
2.Kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) so‗zlar;
3.O‗zgarmaslar;
4.Amallar;
5.Ajratuvchilar.
C++ dasturlash tilida tuzilgan dasturlarda izohlar istalgan joyda berilishi
mumkin. Izohlar ikki turda bo‗ladi ular satriy va blokli ko‗rinishlarda bo‗ladi.
Satriy izohlar uchun ―//‖ belgi ishlatiladi, blokli izohlar uchun ―/*‖, ―*/‖ belgilari
ishlatiladi.
Dastur- dasturlash tilida ma‘lum bir masala yoki muommoni hal etish uchun
yozilgan chekli sondagi bo‗yruqlar ketma- ketligi.
Identifikator- dastur tarkibidagi o‗zgaruvchi, o‗zgarmas, funksiya,
prosedura va ob‘yektlarni belgilashda ishlatiladigan nomlardir.
Kalit so„zlar- dastur tarkibidagi malum bir vazifani bajaruvchi so‗zlarga
aytiladi.
O„zgarmas- dastur bajarilish vaqtida o‘z qiymatini o‗zgartirmaydigan
identifikatorlarga aytiladi.
Amal- dastur tarkibida yoziladigan matematik yoki mantiqiy amallarga
aytiladi.
Ajratuvchi- dastur tarkibidagi buyruq va ifodalarni bir biridan ajratilishiga
aytiladi.
C++dasturlash tilida ishlatiladigan belgili o‗zgarmaslar jadvali quyidagicha.
Belgining yozilishi
Belgining nomlanishi va unga mos amal
\\
Teskari yon chiziqni chop etish
\‘
Apostrofni chop etish
\‖
Qo‗shtirnoqni chop etish
\?
So‗roq belgisi
\a
Tovush signalini berish
\b
Kursorni 1 belgi o‗rniga orqaga qaytarish



40


\f
Sahifani o‗tkazish
\n
Qatorni o‗tkazish
\r
Kursorni ayni qatorning boshiga qaytarish
\t
Kursorni navbatdagi tabulyatsiya joyiga o‗tkazish
\v
Vertikal tabulyatsiya (pastga)
C++ tilida yaratilgan dasturni komplyatsiya qilgandan so‗ng .cpp kengaytmali
bajaruvchi fayl yaratiladi, agar ob‘yektli fayl qo‗shilsa, u holda .obj kengaymali
fayl yaratiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə