O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


C++ dasturlash tilidagi dasturning umumiy ko„rinishi quyidagicha



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə27/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

C++ dasturlash tilidagi dasturning umumiy ko„rinishi quyidagicha: 
#include // sarlavha faylni qo‗shish
int main () // bosh funksiya tavsifi
{ // blok boshlanishi
return 0; // funksiya qaytaradigan qiymat
} // blok tugashi
C++ dasturlash tilida dasturning umumiy tuzilishini quyidagi oddiy
dastur yordamida tushuntiramiz:
1.
#include
2.
using namespace std;
3.
int main( );
4.
{int a, b, c, s;
5.
a=5; b=12; s=a+b;
6.
cout << ―a=‖ <7.
system (―pause‖);
8.
return 0;
9.
}
C++ dasturlash tilida har qanday dastur 1-satr bilan boshlanadi. Bunda
#include (o‗z ichiga olmoq) so‗zi ma‘lumotlarni kiritish va chiqarish (o‗qish va
yozish) funksiyalari va ularning o`zatuvchilari e‘loni joylashgan
sarlavha faylini dasturga qo‗shadi. yozuvi quyidagicha ma‘noni
bildiradi: i (input – kirishi (o‗qish)), o (output – chiqarish (yozish)), stream – oqim
(ya‘ni ma‘lumotlar oqimi), h (head – sarlavha).
Juda ko‗pchilik yangi komplyatorlar #include o‗rniga #include
sarlavha faylidan foydalanish imkonini beradi. Faqat undan keyin
using namespace std; satrini qo‗shish kerak.
2-satrda main( ) funksiyasi berilgan bo‗lib, bu funksiya ham (main – bosh,
asosiy demakdir), albatta, bo‗lishi shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan o‗z
ishini boshlaydi. Uning oldidagi int so‗zi dastur ijro etilgach, natija butun son
sifatida qaytarilishini bildiradi.



41


C++ dasturlash tilining ba‘zi komplyatorlari int main( ) funksiya prototipi
e‘lon qilingan bo‗lsa ham bu funksiya prototipi e‘lon qilinmaganligi haqida xabar
beradi. Bunday holda int main( ) dan oldin int main( ); funksiya e‘lonini ham
qo‗shish kerak:
#include ;
int main( );
int main
{ . . . }
Dasturdagi boshqa funksiyalarga dasturning qayeridadir murojaat buyrug`i
bo`lsagina ular ishga tushadi. Lekin main( ) asosiy funksiyasiga esa dastur ishga
tushgan zahoti murojaat bo`ladi.
4 va 9 - satrlarda { va } qavslari keltirilgan bo‗lib, ular blok belgisidir. C++
dasturlash tilida, tarmoqlanish, takrorlanish kabi murakkab buyruqlarga taalluqli
buyruqlar ham shunday blok belgilari ichiga olib yoziladi. Bu yerda esa bu belgilar
dastur boshlanishi va tugashini bildiradi desak ham bo‗ladi yoki dastur tanasining
chegaralari yoki main( ) funksiyasi bloke (tanasi) deyish ham mumkin. Ammo bu
belgilarsiz dastur ishlamaydi.
4-satrdagi int a, b, c, s; yozuvi a, b, c, s o‗zgaruvchilar e‘loni deyiladi.
Bunda, albatta, ularning turi ko‗rsatilgan bo‗lishi shart va ular, albatta, bir-
birlaridan (,) belgisi bilan ajratib yoziladi.
5-satrda qiymat berish buyrug‗i (=) yordamida a, b, s o‗zgaruvchilarga
dastlabki qiymatlar berilgan.
a,b,s larga ularni e`lon qilishda ham int a=5; b=12; s=a+b; kabi dastlabki
qiymatlarini berish (initsializatsiya qilish) mumkin edi.
Ko`rinib turibdiki, C++ dasturlash tilidagi buyruqlar bir-birlaridan (;) belgisi
bilan ajratib yoziladi. Faqat sarlavha faylini e`lon qilingandan keyin va bosh
funksiyamain( ) dan keyin (;) qo`yilmaydi.
6-satrga sarlavha faylida aniqlangan cout operatoridan
foydalanilgan bo‗lib, undan dasturning xotiradagi natijasini ekranga chiqarish
maqsadida foydalaniladi. Bu operatordan keyin qiymati ekranga chiqarilayotgan
barcha o‗zgaruvchilar hech qanday tinish belgilarisiz ―<<‖ belgilari bilan ajratib
yoziladi. Agar matn(satr) ekranga chiqarilishi kerak bo‗lsa, u qo‗shtirnoq ichiga
olib yoziladi va C++ tomonidan qayta ishlanmasdan, qanday yozilgan bo‗lsa,
shundayligicha chop etiladi. Bizning misolimizda ―a=‖, ―b=‖, ―s=‖ yozuvlari
matnlardir.



42


8-satrdagi return 0;yozuvi main( ) funksiyasi o‗z ishini tugatganligini
bildiruvchi (return – qaytish) operatordir. Odatda dastur o‗z ishini muvaffaqiyatli
yakunlasa, funksiyaga nol qiymati qaytariladi.
Dev C++ variantida esa return 0; buyrug‗idan oldin System (―pause‖);
buyrug‗i qo‗shilmasa, dastur natijasini ko‗rib ulgurmasdan o‗chib ketadi. Ushbu
kutish buyrug‗i Esc tugmasi bosilguncha natijani ekranda ushlab turadi. C++
dasturlash tilida tuzilgan dastur yangi fayl sifatida saqlab qo‗yiladi va bu faylning
kengaytmasi .cpp bo‗ladi.
Shuni qayd etish kerakki, C++ dasturida albatta main() funksiyasi bo‗lishi
shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan o‗z ishini boshlaydi. Dastur tanasidagi
barcha amal va bo‗yruqlar { } bloklar orasiga olinib yoziladi. Dastur ―}‖ belgisi
bilan yakunlanishi shart. Agar dasturda qism dasturlardan foydalanilayotgan
bo‗lsa, ularning nomlari va haqiqiqiy parametrlari keltiriladi. So‗ngra dasturning
asosiy buyruqlari yoziladi. Agar buyruqlar murakkab bo‗lsa, ular alohida ―{ }‖
belgilari orasiga olingan bo‗lishi kerak. С++ tilida dasturning asosi bo‗lmish
buyruqlar kichik harflar bilan yoziladi.
Buyruqlar nuqta-vergul bilan (;) yakunlanadi. Buyruqlar bir qator qilib
yozilishi ham mumkin. C++ dasturlash tilida dastur funksiya va funksiyalardan
tashkil topadi. Agar dastur bir nechta funksiyalardan tashkil topgan bo‗lsa, bir
funksiyaning nomi main deb nomlanishi shart. Dastur aynan main funksiyasining
birinchi operatoridan boshlab bajariladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə