O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə25/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar 

Bunda 
ko‘paytma belgisi. 
1)
3)

2) Bir va ikki xonali sonlar ichida o‘z kvadratining oxirgi raqamlariga teng 
bo‘lgan sonlarni aniqlang. Masaslan, 52=25; 252=625. 
3) Berilgan sonning tub bo‘luvchilarini aniqlang. 
4) Dastlabki ikkita raqamlari yig‘indisi uchinchi raqamiga qoldiqsiz 
bo‘linadigan uch xonali sonlarni toping. 
5) Nuqta koordinatalari x=(-1)i(2i-j), 1<=x<=8, ∆x=0.8; y=(i-(-1)jj), -
2<=y<=4, ∆y=0.6; qonuniyat bilan o‘zgaradi. Qaysi koordinata choraklariga 
nechtadan nuqta tushishini aniqlang. 




37


II-BOB. C++ DASTURLASH TILI, C++ DASTURLASH TILIDA TURLAR 
VA OPERATORLAR 
2.1 C++ DASTURLASH TILI TARIXI VA UNING TARKIBI 
Reja: 

1.C++ tili tarixi; 
2. C++ tilining leksemmasi; 
3. C++ dasturlash tilidagi dasturning umumiy ko‗rinishi. 
4.C++ dasturlash tilida izohlardan foydalanish 

Butun dunyoda informatika va axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan


bir qatorda dasturlash asoslari ham keng rivojlanib bormoqda. Dasturlash asoslari
fanining asosi bo‗lmish dasturlash tillari ham keng ommalashib bormoqda.
Birinchi EHM yaratilgan davrdan boshlab dasturlash ham rivojlanib bormoqda,
dastlabki kompyuterlar AQSH da harbiy maqsadlar yo‗lida yaratilgan. Dastlab
dasturchilar eng sodda mashina tilini o‗zida ifodalovchi kompyuter komandalari
bilan ishlaganlar. Bu komandalar uzun qatorli nol va birlardan iborat bo‗lgan.
Keyinchalik foydalanuvchi uchun tushunarli bo‗lgan assembler tili yaratiladi.
Keyinchalik sekin asta yuqori bosqichli tillar yaratila boshlandi, yuqori bosqichli
algoritmik tillarda dasturni foydalanuvchi tushunadigan ma‘lum bir standartlar
yordamida yaratiladi. Yuqori bosqichli algoritmik tillarda tuzilgan dasturni
kompyuter tiliga maxsus interpretator va komplyatorlar yordamida o‗tkazilardi.
Elektron xisoblash mashinalari avlodlari rivojlanib borishi bilan bir vaqtda
dasturlash va dasturlash tillari ham keskin rivojlandi. Dasturlash tillarida tuzilgan
dastur tarkibidagi bo‗yruqlarning soddaligi va kompyuter xotirasidan kam joy
egallashi bilan katta farq qiladi. Yuqoridagi jarayonlarni hisobga olib dasturlashga
ham talablar o‗zgarib bordi, nafaqat dasturlashni balki dastur yozish
texnologiyasini ham o‗zgarishiga olib keldi. Dasturlash asoslari fani bu elektron
hisoblash mashinalarining boshqaruvchi fan deb ham yuritish mumkin. Chunki
elektron hisoblash mashinalarining asosi bo‗lmish dasturiy ta‘minotlar ham
insoniyat tomonidan ma‘lum bir qoida va buyruqlar asosida yaratiladi Ayni vaqtda
bir nechta dasturlash tillari mavjud ulardan keng qo‗llaniladigan va barcha
imkoniyatlari keng bo‗ganlari C++, Java, PHP va hakozalar sanaladi.

So‗ngi
yillarda Java va C++ dasturlash tillari juda takomillashib, tobora ommalashib


bormoqda. Mazkur tillardagi vositalar zamonaviy axborot texnologiyasining
hamma talablarini o‗z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun ko‗pgina
qulayliklar yaratilgan.
Mavjud tillar katta 2 ta guruhga bo`linadi:



38


1) Tabiiy tillar. Bu odamlar o`zaro muloqotda bo`ladigan tillar (o`zbek,
qozoq, ingliz va hokazo).
2) Sun‘iy tillar. Sun‘iy tillar yaxshigina kodlangan bo`ladi. Shuning uchun
masala dasturini masala kodi ham deyishadi.
Kodlash 2 xil maqsadda amalga oshiriladi:
a) katta hajmdagi ma‘lumotlarni qisqacha ifodalash maqsadida.
Masalan, Samarqand davlat universitetining kodi - SamDU, Davlat test
markazning kodi - DTM, oziq-ovqat mahsulotlari, yengil sanoat, og`ir sanoat,
ta‘lim dargohlarining nomlari ham ularning kodlardir. Odamlarning ismlari, hatto
laqablari, masalan, xo`jayin, sarimsoq piyoz, baqaloq, lampa shisha, novcha va
hokazolarning barchasi kodlangan ma‘lumotlardir.
b) maxfiylikni saqlash maqsadida. Bunday usulda kodlangan ma‘lumotlarni
hamma ham tushunavermaydi. Faqat tor doiradagi odamlargina tushunadi. Maxfiy
holda kodlashning ham har xil usullaridan foydalaniladi. Masalan, raqamlar orqali,
hayvonlar nomlari orqali, qisqacha so`zlar orqali kodlanadi va hakoza. Bunday
usulda kodlashdan josuslar, maxfiy xizmat vakillari ko`p foydalanishadi. Masalan,
16-obyekt yo`qoldi, chiroq yonmadi, mashina portladi, 2 ni olib tashlang va
hokazo.
Demak, kodlash biror hajmga ega bo`lgan axborotning boshqa tarzda
qisqacha ifodalanishidir.
Barcha dasturlash tillari ham sun‘iy tillar jumlasiga kiradi va ularning
ijrochisi kompyuterlardir. Ularda ham har bir buyruq qandaydir fikrning kodi
hisoblanadi. Masalan, a%2=0 yozuvini kompyuter ―a juft son‖ deb, abs(x)
yozuvini esa |x| deb tushunadi va hokazo. Shuning uchun dasturlash tillarini
yaratish uchun qilingan dastlabki harakatlardayoq keng omma bu tillarni tezroq
o‗zlashtirib olishi uchun biror tabiiy tilning so‗zlaridan mumkin qadar kam
foydalanishga harakat qilingan.
Biz yuqori darajali dasturlash tillaridan biri bo‗lgan C++ dasturlash tili bilan
tanishamiz. C++ dasturlash tili 1980 yillar boshida Byarne Straustrup tomonidan C
tiliga asoslangan tarzda tuzildi. C dasturlash tili 1972-yil Denis Pitch va Brayan
Kornegilar tomonidan yaratilgandi. C++ juda ko‗p qo‗shimchalarni o‗z ichiga
olgan, lekin eng asosiysi u obyektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni
tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyatga ega. Grafik interfeysga ega
dasturlarni yaratish uchun ob‘yektga mo‗ljallangan dasturlash tayanch baza
hisoblanadi. Ob‘yektga mo‗ljallangan dasturlashning asosiy maqsadi berilganlar va
ular ustida amal bajaruvchi proseduralarni yagona ob‘yekt sifatida qarashidir.


39



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə