O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Xarajatlar
– tovar yoki xizmatni yaratish yoxud ishlab chiqarish 
uchun talab qilinadigan resurslar miqdorining puldagi ifodasi. Xaridor 
tomonidan tovar yoki xizmatga to‗langan narx, u uchun ularni sotib 
olish xarajatlariga aylanadi. 
Mol-mulk obyekti uchun xarajatlarning hisob-kitobi takror ishlab 
chiqarish xarajatlari yoki o‗rnini bosish xarajatlarining hisob-kitob 
miqdoriga asoslanishi mumkin. Takror ishlab chiqarish xarajatlari – bu 
o‗xshash texnologiya va materiallardan foydalangan holda mavjud 
obyektning kutilayotgan nusxasini yaratish xarajatlaridir. O‗rnini bosish 
xarajatlarining 
hisob-kitob 
miqdori 
ayni 
vaqtda 
bozorda 
foydalanilayotgan texnologiyalar va materiallarni qo‗llash bilan 
solishtirma foydalilikka ega obyektlarning yaratilishini ko‗zda tutadi. 
Tannarx
– tovar yoki xizmatlarni sotib olish (qoplanayotgan 
soliqlardan tashqari), yaratish yoki ishlab chiqarish xarajatlarining 
summasini aks ettiradi. 
Mulkning ―
Bozor qiymati
ˮ tushunchasi ko‗chmas mulk sohasida 
tez-tez ishlatiladi. Mazkur tushuncha bozorning jamoaviy idroki va 
xatti-harakatlarini aks ettiradi hamda bozor iqtisodiyotining ko‗pgina 
resurslarini baholash uchun asos bo‗lib hisoblanadi. Biroq shuni nazarda 
tutish lozimki, ko‗chmas mulkning bozor qiymati muayyan holatda 
foydalaniladigan ta‘rifga qarab turli ma‘noga ega bo‗lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ashyoviy va boshqa huquqlarning 
bozor qiymatini aniqlash mulkiy va nomulkiy munosabatlarni tartibga 
solish mexanizmining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi.
Mulkni baholash milliy standartlarida bozor qiymati o‗xshash 
marketingdan so‗ng ixtiyoriy xaridor va ixtiyoriy sotuvchi o‗rtasidagi
tijoriy bitim natijasida baholash sanasida mulkning bir qo‗ldan 
boshqasiga o‗tishi ko‗zda tutiladigan pul summasiga teng bo‗lgan 


12 
hisob-kitob miqdori sifatida aniqlanadi; bunda har bir tomonning
e‘tiborli, hisob-kitobli va majburiyatsiz harakat qilishi talab etiladi. 
―Bozor qiymati‖ tushunchasiga O‗zbekiston Respublikasining 
―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunida quyidagicha ta‘rif berilgan
1

―Baholash obyektining bozor qiymati deganda, eng ehtimoliy narx 
tushunilib, unga ko‗ra mazkur baholash obyekti ochiq bozor sharoitida 
bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‗lgan o‗z manfaatlari 
yo‗lida oqilona ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland 
pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan, taraflardan 
birining ushbu bitimga qo‗shilish majburiyati aks etmaydi‖. Bozor 
qiymatini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
Agar biror baholash obyektining majburiy baholanishini
amalga oshirish talablarini o‗z ichiga olgan me‘yoriy hujjat yoki
baholash obyektini baholash to‗g‗risidagi shartnomada muayyan 
baholash turi belgilanmagan bo‗lsa, u holda mazkur obyektning
bozor qiymati belgilanadi. Shuningdek, mazkur qoida O‗zbekiston 
Respublikasining ―Baholash faoliyati to‗g‗risidaˮgi qonuni yoki
baholash obyektining qiymat turini aniqlaydigan atamalarni baholash 
standartlarida ko‗zda tutilmagan me‘yoriy hujjatda foydalanish 
hollarida ham qo‗llanilishi mumkin. 
―Baholash‖ (appraise) fe‘li, bir necha xil ma‘noga ega. U narxni 
aniqlash, qiymatni belgilash, miqdorni baholash, nimanidir sifati qadr-
qimmati haqida xulosa chiqarish kabi ma‘nolarni anglatadi.
Baholovchilar amal qiladigan baholash jarayoni barcha ma‘nolarni 
qamrab olishi tufayli baholovchi nafaqat baholanayotgan obyektning 
qiymatini aniqlaydi, balki qiymatni aniqlash uchun miqdoriy va sifat 
ko‗rsatkichlarini belgilaydi.
―Baho‖ (appraisal) atamasi ham qo‗yilgan shart va maqsad 
mazmuniga qarab bir necha ma‘noga ega bo‗lishi mumkin. U baholash 
bo‗yicha harakatni, yoki qiymat haqidagi xulosani, yoxud tadqiqotlar 
natijalari taqdim etilgan hisobotni anglatishi mumkin.
1
O‗zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni. O‗zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‗plami. 2009 y. 15-son, 178-modda. 


13 
Baholash faoliyatida ishlatiladigan baho va baholash so‗zlariga 
quyidagicha ta‘rif qabul qilindi:


Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə