O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   377
Moliyaviy tahlil

 
Tahlil
so‘zi 
grekcha
“analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u 
“bo‘laman”
yoki 
“ajrataman”
degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor 


16 
ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning 
tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi. 
“Tahlil” deganda o‘zi nimani tushunamiz? Tahlil o‘zi nimani o‘rganadi yoki 
o‘rgatadi? Tahlil bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko‘p uchratamiz.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, real voqelikda yuz berayotgan hodisa va 
jarayonlarni o‘rganishda faqat tahlilni o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos 
keluvchi boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Shu jihatda tahlilga 
muqobillikda “sintez” usuli ham tarkiblanib, uning yordamida o‘rganilayotgan 
to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklari aniqlanadi. 
“Sintez” atamasi ham grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, 
“birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi.
Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma’noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish 
va ularni barcha o‘zaro aloqalari hamda bog‘liqliklarini o‘rganishga asoslangan atrof-
muhitdagi hodisa va predmetlarni bilish usuli tushiniladi. 
Ma’lumki, tahlil tushunchasi juda keng ma’noga ega bo‘lib, u turli soha va 
yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‘p turlarini uchratish 
mumkin: iqtisodiy, moliyaviy, ximiyaviy, fizik, matematik, statistik va h.k. Ular albatta 
bir-biridan o‘rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‘rganish uslublari bilan farq 
qiladi. 
Iqtisodiy jarayonlarni, ularning o‘zgarish tendensiyalarini, rivojlanishi va 
taraqqiyotini mavhum-mantiqiy tekshirish usullari orqaligina anglash mumkin. Bu 
borada mikroskoplardan, ximiyaviy reaktivlardan, o‘lchov vositalaridan foydalanib 
bo‘lmaydi. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə