O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   377
Moliyaviy tahlil

Tahlil fanining predmeti
– turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini 
ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishda turli 
axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganishga aytiladi. 
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati: 
- ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar) hajmining, quvvatlardan 
foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishni, 
xodimlarning tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi va 
rentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir; 
- tashkil topishdan likvidlik jarayonigacha bo‘lgan davrda korxonani iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlantirishning resurslar bazasini shakllantirish va ulardan foydalanishning 
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning 
moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga 
munosabat bildira olishidagi keng qamrovli faoliyatdir. 
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tahlili
– xo‘jalik yurituvchi subyektning 
kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini, 
moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lay olishi, kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni, 
daromadlar bilan pul oqimlarini oqilona taqsimlashni, iqtisodiy resurslardagi potensial 
o‘zgarishlarni baholashni, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt keyinchalik o‘zining 
moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini baholashning 
muhim usulidir. 
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tuzilmaviy ko‘rinishi quyidagi bog‘lanishlarda 
ifoda etiladi. 
1.3-jadval 
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning siklik jarayoni 

Resurs-
lar 
tahlili 
Ishlab chiqarish 
xarajatlari va 
mahsulot 
tannarxi tahlili 
Ishlab 
chiqarish 
va sotishni 
tahlili 
Moli-
yaviy 
natija 
tahlili 
Likvid-
lik 
tahlili 
To‘lov 
layoqati 
tahlili 
Moli-
yaviy 
holat 
tahlili 

... 
... 
... 
... 
... 
... 
... 

... 
... 
... 
... 
... 
... 
... 
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning asosiy maqsadi –xo‘jalik 
subyektining muhim (axborot beruvchi) ko‘rsatkichlari orqali faoliyat natijaviyligiga, 
foyda va zararlarga, pul mablag‘lari oqimiga va moliyaviy holatiga obyektiv baho 
berish, yo‘l qo‘yilgan xato, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali uni 
kelgusida yanada yaxshilash choralarini ko‘rishdan iborat. 
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil etishda faoliyat samaradorligi va 
natijaviyligiga ta’sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv va 
subyektiv omillarga tarkiblash mumkin. 


13 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə