O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


ko‘rsatkichli kabi) va iqtisodiy matematik (integral, chiziqli va



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   377
Moliyaviy tahlil

ko‘rsatkichli kabi) va iqtisodiy matematik (integral, chiziqli va 
chiziqsiz dasturlash, nazariy o‘yin, korrelyatsiya va regretsiya, 
determinant, logarifm kabi) usullar. 
Tahlilning asosiy (umumiy) usullari sifatida quyidagilarni tarkiblash lozim. 
Taqqoslash usuli. 
Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning 
gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi. 
Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga 
o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, 


19 
ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning 
metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin. 
Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida 
o‘rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va 
qonuniyatlari o‘rganiladi. 
Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‘rganiladi: gorizontal, vertikal, trend va 
shuningdek bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tahlillar. 
Gorizontal tahlil 
tayanch (bazaviy) ko‘rsatkichi (reja, o‘tgan yil, o‘rtacha, ilg‘or 
xo‘jaliklar ko‘rsatkichi)dan haqiqiy ko‘rsatkichning mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarini 
aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi. 
Vertikal tahlil
iqtisodiy hodisalar tuzilmasini o‘rganish maqsadida uning alohida 
qismlarini jamidagi salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Trend tahlili 
ko‘rsatkichlarni bir qator yillar mobaynida nisbiy miqdorlarda 
o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini o‘rganishda qo‘llanadi. 
Bir o‘lchamli tahlil
da taqqoslash bir obyektning bitta yoki bir nechta 
ko‘rsatkichlarini, yoki bir nechta obyektni bitta ko‘rsatkichini taqqoslash yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə