O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   377
Moliyaviy tahlil

1.3. Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga 
xos xususiyatlari 
Metod juda keng ma’no va tushunchaga ega. Fanning metodi obyektni o‘rganish 
usullari, vositalari, yo‘llarini ifodalaydi. Metod grekcha “metodos” so‘zidan olingan 
va “o‘rganish yo‘li, usuli” degan ma’noni anglatadi. 
Metod
deganda voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga 
yondashish usuli tushuniladi. Tahlil va sintez umum dialektik o‘rganishning, ilmiy 
usuli sifatida qaraladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shuki, ushbu usul o‘zaro bog‘liqlik, 
aloqadorlikda o‘rganishni ifodalaydi. 
Tahlil fanining (uning mikro ko‘lamdagi barcha turlariga nisbatan) metodini 
aniqlash ham uning predmetini belgilashdagi kabi juda tortishuvli masalaga aylangan 
va bu borada hozirgacha yagona fikrga kelingani yo‘q. 
Juda ko‘p olimlar N.R.Veytsman, M.Rubinov, P.I.Savichev, V.V.Osmolovskiy, 
V.A.Beloborodov, 
S.B.Borngolts, 
M.I.Bakanov, 
A.D.Sheremet, 
N.A.Xan, 
A.V.Vaxobov, A.T.Ibragimov, N.P.Ishonqulov, M.Q.Pardayev va M.Yu.Raximovlar 
tomonidan tahlil fanining metodlariga turlicha ta’riflar berilgan
6
. Lekin ularning 
barchasi bir-biriga yaqin va qarama-qarshiliklardan holi bo‘lgan ta’riflardir. 
6
Вейцман Н.Р.Очерки по бухгалтерскому учету и анализу М.Госфиниздат,1958,с.112-113, Рубинов 
М. Основы экономического анализа работы предприятий М.Госфиниздат, 1962,с.13, Хан Н.А. Қишлоқ 
хўжалик корхоналари хўжалик фаолиятининг анализи, Тошкент, Ўкитувчи,1978 12 б., Савичев 


17 
Moliyaviy tahlil fanining metodi 

 
xo‘jalik subyektlarining xo‘jalik 
jarayonlarini o‘rganishga dialektik yondashgan holda, turli axborot manbalarida aks 
ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimini maxsus usullar yordamida qayta ishlash yo‘li bilan 
ularning o‘zgarish tendensiyalarini, sabablarini aniqlash, ular orasidagi o‘zaro 
bog‘liqliklarni tizimli, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishdir. 
Shuni ta’kidlash lozimki, tahlilning har bir turiga o‘zining uslubi to‘g‘ri keladi. 
Uslub deganda u yoki bu ishni bajarishning usullari, maqsadga muvofiq qoidalari 
majmui tushuniladi.
Moliyaviy tahlil uslubi deganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni analitik tadqiq 
qilishning usullari va tartiblari tushuniladi. 
Tahlil uslubini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va xususiy 
uslublarga. 
Umumiy uslub
– barcha tahlil turlari va turli fanlar doirasida qo‘llaniladigan, fan 
obyektlarini o‘rganishda bir xilda foydalanadigan usullar va tartiblar tizimidir. 
Xususiy uslub
– faqat shu fanning o‘ziga tegishli bo‘lgan, tadqiqot obyektiga 
qarab tanlanadigan usullar va tartiblar tizimidir. 
Moliyaviy tahlilni o‘tkazish, albatta uning tartibini aniqlab olishni taqozo qiladi. 
Mazkur tartiblarni quyidagi bosqichlarda tasniflash mumkin. 
1.6-jadval 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə