O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   377
Moliyaviy tahlil

Subyektiv (ichki) omillar
 
deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bevosita 
bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar 
kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy 
resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, 
to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi. 
Obyektiv (tashqi) omillar
 
deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq 
bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi 
talab-taklifning o‘zgarishi, inflyatsiya va hokazo jihatlar. 
Axborot manbalardan foydalangan holda o‘rganish
deganda moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining aniq o‘lchangan, jamlangan, umumlashtirilgan hisobot holiga keltirilgan 
axborotlardan, shuningdek hisobdan tashqari (rejalar, normalar va h.k.) turli 
manbalardan foydalangan holda o‘rganish tushuniladi. 
Davriy o‘rganish
deganda uni axborot manbalarining tahliliyligida operativ, joriy 
va istiqbolli o‘rganishning zaruriyati nazarda tutiladi.
Fanning predmeti bilan bir qatorda uning obyektiga ham alohida ahamiyat 
qaratiladi. 
Tahlil fanining obyekti
turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar va ularning tarkibiy bo‘g‘inlari (bo‘lim, sex, brigadalar) faoliyati, iqtisodiy 
natijalari, mulkiy-moliyaviy holati, ishlab chiqarish, ta’minot, sotish, moliyaviy 
faoliyati hisoblanadi. 
1.4-jadval 
Moliyaviy tahlil fanining predmeti va obyekti 
Ko‘rsatkichlar 
Ta’rifi 
Tasnifi 
Tahlil predmeti
 
Turli 
mulkchilik 
shaklidagi 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatini, 
uning 
samaradorligi 
va 
natijaviyligini 
ko‘rsatkichlar 
tizimida, 
uzviylik 
va 
aloqadorlikda, omillarga bog‘liq 
ravishda 
turli 
axborot 
manbalaridan foydalangan holda 
davriy o‘rganish

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə