O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-jadval  Boshqaruv, uning muhim elementlari



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377
Moliyaviy tahlil

1.1-jadval 
Boshqaruv, uning muhim elementlari 
Ko‘rsatkichlar 
Tizimga kiruvchi birliklar 
Tasnifi 
Boshqaruv 
(Menejment)
 
Korxona 
faoliyat 
samaradorligini 
oshirishga 
yo‘naltirilgan 
zamonaviy 
tamoyillari, 
usullari, 
vositalari 
va 
shakllari 
majmui
 
Turli xil usullar, ishlarni tashkil etish 
va faoliyatni nazorat qilish bilan 
amalga oshiriladigan muayyan turdagi 
boshqaruv faoliyati
 
Boshqaruv obyekti
 
Iqtisodiy resurslar
 
Subyekt nazorat qiladigan, kelgusida 
ulardan daromad olish maqsadidagi, 
shuningdek avvalgi faoliyat natijasida 
erishilgan barcha aktivlar
 
Boshqaruv 
subyektlari 
Rahbar xodimlar, menejerlar 
Resurslar, xarajatlar va daromadlar 
nazoratini amalga oshiruvchilar 
Boshqaruvning 
muhim elementi 
Rejalashtirish 
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
faoliyati, 
moliyaviy 
ahvoli, 
pul 
mablag‘larining harakati yuzasidan 
asoslangan, 
operativ, 
joriy 
va 
istiqboldagi 
ko‘rsatkichlarini 
belgilaydi 
Boshqaruvning 
muhim elementi 
Buxgalteriya hisobi 
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
faoliyat 
ko‘rsatkichlari, 
moliyaviy 
ahvoli, pul mablag‘larining harakati 
haqida samarali iqtisodiy qarorlar 
qabul 
qilish 
yuzasidan 
foydalanuvchilarning keng doirasini 
zarur 
bo‘lgan 
axborotlar 
bilan 
ta’minlaydi 
Boshqaruvning 
muhim elementi 
Nazorat (audit) 
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
faoliyat 
ko‘rsatkichlari, 
moliyaviy 
ahvoli, pul mablag‘larining harakati 
haqidagi axborotlarning mulk egalari, 
davlat va boshqa subyektlarning 
manfaatlariga 
zid 
bo‘lmagan 
talablarga mosligini nazorat qiladi 
Boshqaruvning 
muhim elementi 
Tahlil 
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
faoliyat 
ko‘rsatkichlari, 
moliyaviy 
ahvoli, pul mablag‘larining harakati 
haqida axborotlar yuzasidan analitik 
xulosalarni 
chiqaradi, 
joriy 
va 
istiqboldagi 
rivojlanish 
ko‘rsatkichlariga baho beradi va ularni 
yaxshilash yuzasidan muhim chora-
tadbirlarni belgilaydi. 
Globallashuv sharoitida zamonaviy rahbar samarali boshqaruv qarorlarini qabul 
qilish mezonlarini bilishi, o‘z faoliyat sohasidagi muammoni hal etishga tizimli 
yondashishi, tanqidiy tahlil qilishi, ishlab chiqarishni sifat jihatdan yangi bosqichga 
ko‘tarish masalalariga e’tibor qaratishi talab etiladi.



Subyektlar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlarda pul mablag‘larini ko‘paytirish, 
ularning ko‘payish vaqtini aniq hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid 
qilishdagi qobiliyatini baholash muhim masala hisoblanadi. 
Bu borada tahlil: 
- xo‘jalik yurituvchi subyektlariga ichki va tashqi ta’sir birliklarini hisobga olgan 
holda faoliyatning tizimli tahlilini amalga oshirishga; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarining joriy va istiqboldagi ko‘zlangan 
maqsadlariga erishish yuzasidan mavjud imkoniyatlarni aniqlashga; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektining rivojlanish tendensiyalari dinamikasiga baho 
berishga; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektni kelgusida yanada rivojlantirish, mavjud 
imkoniyatlarini ishga solishning iqtisodiy, moliyaviy manbalarini izlab topish va 
amalga oshirishga yordam beradi.
Tahlil – boshqaruv faoliyatining sifatini oshirish va samaradorligini 
ta’minlashning muhim dastagi sifatida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha 
bosqichlarida ishtirok etadi. 
Tahlilning zamonaviy shaklida aniq vazifalarni hal etishda yuksak 
professionallik, iqtisodiy-matematik modellar, axborot texnologiyalari, murakkab 
analitik yechimlarga tayanishi lozim. 
Tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida obyektiv reallikni, jarayonlar, 
erishilgan natijalar yuzasidan real analitik xulosalarni tayyorlash, aniq chora-
tadbirlarni belgilash va amalga oshirishda inson omilining ham muhim ekanligini qayd 
etadi.
O‘z navbatida tahlil: 
- boshqaruv jarayonini takomillashtirishga; 
- boshqaruv samaradorligini oshirishga; 
- boshqaruv sifatini ta’minlashga; 
- raqobatbardoshlikni oshirishga imkon beradi. 
Zamonaviy boshqaruvda tahlil – ilmlar va bilimlar tarmog‘ining ham muhim 
bo‘g‘ini sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 
yo‘qotishlarning oldini olish va zararsiz ishlash, iqtisodiy va moliyaviy holatni 
yaxshilash, tahlikalarga bardoshlikni oshirishni ham muhim dastagi sifatida qaraladi.
Hozirgi vaqtda tahlil rivojlanishining yangi bir bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Bu 
borada tahlilning tubdan yangi nazariyasi, uslubiyoti, amaliyoti shakllanish jarayoni 
kechmoqda. O‘zbekiston va xorijlik olimlar tomonidan tahlilning boshqaruvda 
operativlikni ta’minlashga imkon beruvchi, joriy va istiqboldagi rivojlanishini belgilab 
beruvchi, iqtisodiy va moliyaviy axborotlar oqimining shakliga (moliyaviy, 
boshqaruv) mos tushuvchi, kommunikatsiya texnologiyalar, matematik modellar, 
statistik metodlarga asoslangan shaklini yo‘lga qo‘yishga harakatlar qilinmoqda.
3
Tahlilning raqobatdosh iqtisodiyotda, doiraviy kengligi yanada kuchayadi. 
Ayniqsa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozlari sharoitida ularning yuzaga kelishini 
makro va mikroko‘lamdagi sabablarini tahlil qilish zaruriyati yanada ortadi. Negaki, 
3
Пронина В. С. Экономический анализ: перспективы развития // Молодой ученый.-2016. №27. С. 
485-487. URL https://moluch.ru/archive/131/36374/ (дата обращения: 05.02.2018). 



har bitta (iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy va h.k.) jarayondagi o‘zgarishlar sabab va 
oqibat, ichki va tashqi omillar ta’sirida tashxislanishi va yakuniy xulosalar bilan 
izohlanishi lozim. 
Bugungi kun iqtisodiyoti xo‘jalik subyektlari oldiga texnik-texnologik 
taraqqiyotga, ilm fanga asoslangan iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yishga undamoqda. Bu esa 
o‘z navbatida boshqaruvchilardan samarali faoliyat shakllarini yo‘lga qo‘yishni, 
tadbirkorlikni faollashtirishni, individuallik va namunaviylikni kuchaytirishni talab 
etadi. Bu vazifalarning birontasini iqtisodiy, moliyaviy tahlilsiz amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Bu borada avvalo, boshqaruvning o‘zini ham takomillashtirish masalasiga 
alohida ahamiyat qaratish lozim. Boshqaruv tizimi takomillashtirilmas ekan, uning 
muhim 
dastaklari 
takomillashtirilmaydi. 
Bugungi 
kunda 
boshqaruvning 
takomillashgan shakli sifatida uning korporativ shakliga o‘tish yuzasidan dunyo 
amaliyotida yangi bir davr boshlanganligini qayd etish lozim.
4
An’anaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish nazariyalarida boshqaruvning 
kompleks tahlil konsepsiyasiga alohida urg‘u beriladi. Boshqaruvning kompleks tahlil 
konsepsiyasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha jihatlarni hisobga olishni, 
ko‘plab soha mutaxassislarining hamkorlikda ishlashini talab etadi. Mazkur 
konsepsiyada qaror qabul qilishda samaradorligini belgilovchi mezonlar faqat miqdor 
ko‘rsatkichlar (quantitative indicators) bilan emas, balki sifat ko‘rsatkichlari 
(qualitative indicators) bilan ham baholanadi. 
Tahlilning boshqaruvdagi roli – boshqaruv subyektlariga boshqaruv obyektini 
(xo‘jalik jarayonlari va hodisalari, ularning samarasi va natijalari yuzasidan 
boshqaruvning) maqbul yechimlarini berish yuzasidan zaruriy axborotlar bilan 
ta’minlashdan iborat. 
Tahlilning boshqaruvdagi o‘rni – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik-
tijorat-moliya faoliyatining joriy holatiga baho berish va uni kelgusida yanada 
rivojlantirish yuzasidan tizimli yechimlarni boshqaruv subyektlariga yetkazib 
berishdan iborat. 
Tahlilning boshqaruvdagi ahamiyatini – xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy, 
moliyaviy ahvoli, uning kelgusidagi kutilishlari, pul mablag‘lari kirimi va chiqimidagi 
ijobiy farqlanishlar, kapital hajmini oshirishdagi kompleks o‘rganishlarning 
zaruriyligini ifodalaydi. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə