O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Moliyaviy tahlil fanining predmeti, obyekti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377
Moliyaviy tahlil

1.2. Moliyaviy tahlil fanining predmeti, obyekti, 
maqsadi, vazifalari, prinsiplari 
Raqobatdosh iqtisodiyot xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvini tubdan 
takomillashtirish, uning sifat jihatidan yangi tuzilmasini shakllantirish va 
samaradorlikni o‘z-o‘zidan ta’minlaydigan mexanizm emas. Birinchi navbatda, ishlab 
chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, innovatsion mahsulotlarni 
yaratish orqali raqobatdoshlikni ta’minlash, tarkibiy o‘zgarishlarni talab etadi. Bu 
jarayonlar albatta ishdagi unum va samarani, natijaviylikdagi ijobiylikni 
4
Д. Рахимова. Корпоратив бошқарув: Замонавий усул ва ёндашувлар. Халқ сўзи газетаси. 20 
Февраль 2016. 


10 
ta’minlashning muhim garovi hisoblanadi. Ishdagi unum va samara, natijaviylikda 
ijobiy o‘zgarishlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini keng qamrovli va 
tizimli shaklda doimiy o‘rganishni, baholash va tahlil qilishni talab etadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati, uni yo‘lga qo‘yishdagi kafolatlangan 
erkinliklari hamda ma’lum bir dastaklar asosida tartiblanuvchi birliklari doimo tahliliy 
yechimlar asosida boshqarib boriladi. Xuddi shu boshqaruv oddiydan murakkabga, 
maydadan yirikka, sabab-oqibat bog‘lanishlaridagi iqtisodiy, moliyaviy tahlilni yo‘lga 
qo‘yishni talab etadi.
Har bitta fan obyektiv zaruriyat tufayli paydo bo‘lishi va oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni hal etishi, moddiy va nomoddiy olamdagi savollarning aniq yechimini 
berishi, hayot va uni go‘zalligini ta’minlashning muhim vositasiga aylanishida tobora 
rivojlanib borishini hisobga oladigan bo‘lsak, iqtisodiy, moliyaviy tahlil fanining ham 
tashkil topganiga bir necha asrdan oshganligini qayd etish lozim.
Fan shakllanishining ilk ko‘rinishlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Jumladan 
uning ilk manbalari Konfutsiylik ta’limotiga, Qadimgi Gretsiyadagi Ksenofot
Aristotel, Qadimgi Rimdagi Varroon, Sanekalar tomonidan yozib qoldirilgan 
manbalarga borib taqaladi. 
O‘rta asrlarda tahlilga oid manbalarni iqtisodiy nazariya fanining tarkibida makro 
va mikro iqtisodiy tahlil yechimlaridan foydalanilganligini ko‘rish mumkin (Antuan 
Monkret, U.Petti, D.Rikardo, A.Smit, S.Sismondi va boshqalar). 
Zamonaviy iqtisodiy tahlil fanining vujudga kelishini va rivojlanishini olimlar 
ko‘pincha buxgalteriya hisobi, nazorat, audit fanlarining vujudga kelishi va rivojlanishi 
bilan bog‘lashadi. 
Fanning rivojlanishida xorijlik olimlardan: I.Arinushkin, M.I.Bakanov, 
L.E.Basovskiy, D.Bliss, B.Barngolts, M.A.Baxrushina, V.V.Bocharov, S.Yu.Buevich, 
O.N.Volkov, R.Ya.Veytsman, N.V.Voytolovskiy, N.R.Veytsman, L.T.Gilyarovskaya, 
A.I.Gingzburg, 
P.Gerstnera, 
L.V.Dontsova, 
D.A.Endovitskiy, 
O.V.Efimova, 
B.T.Jarilgasov, 
I.I.Karakoz, 
V.E.Kerimov, 
V.V.Kovalev, 
L.I.Kravchenko, 
V.G.Kogdenko, A.Ya.Lokshin, N.P.Lyubushin, E.I.Maydanchik, A.Sh.Margulis, 
M.V.Melnik, A.I.Muravev, E.V.Negashev, N.A.Nikiforova, A.Yu.Petrov, V.I.Petrova, 
G.V.Savitskaya, S.K.Tatur, V.I.Sambrovskiy, A.I.Sumtsova, A.Ya.Usachev, I.Sher, 
A.E.Xorin, 
P.N.Xudyakov, 
A.D.Sheremet, 
I.A.Sholomovich, 
O‘zbekistonlik 
olimlardan 
N.A.Xan, 
S.X.Abdulyatipov, 
I.T.Abdukarimov, 
Yo.Abdullayev, 
A.T.Ibragimov, 
A.V.Vaxobov, 
M.Q.Pardayev, 
M.Yu.Raximov, 
A.Usanov, 
N.F.Ishonqulov, B.J.Xakimov, A.A.Abdug‘aniyev, U.A.Nurmanov, G.A.Ibragimov, 
U.Q.Yaqubov, Z.A.Sagdillayeva, T.Sh.Shog‘iyasov, S.Shoalimov, B.Isroilov, 
Yu.S.Sattarov, 
R.Ko‘chqorov, 
D.Q.Qudbiyev, 
I.O.Voljin, 
V.V.Ergashbayev, 
Z.N.Qurbonov va Sh.U.Xaydarovlarning hissalari kattadir. Tahlil fanining 
rivojlanishida ayniqsa Toshkent va Samarqand maktabi vakillarining hissasi alohida 
e’tirof etiladi. 


11 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə