O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377
Moliyaviy tahlil

1-BOB. MOLIYAVIY TAHLIL FANINING 
NAZARIY ASOSLARI 
1.1 Tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o‘rni va ahamiyati 
Iqtisodiyotni globallashuvi, integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va kuchli 
raqobat muhitidagi talablar hisob-kitoblarga oid fanlar tizimini ham zamonaviy biznes 
qoidalariga mos tarzda takomillashtirishni talab etmoqda. Negaki, manfaatlar ustuni 
sifatida tan olingan bozor modeli avvalo, aniq hisob-kitoblar algoritmini, ularni 
baholashni va chuqur tahliliy yechimlarni talab etadi
1
.
XXI asr – dunyo iqtisodiyotining yangicha shakllanish asridir. Bu dunyo 
insoniyatni, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotning o‘zgarishini, iqtisodiy modellar 
transformatsiyasini, xalqaro munosabatlarni, globallashuv va yangi geoiqtisodiy 
qurilishini shakllanishini anglatadi. Bugungi iqtisodiyot aybni o‘zgalardan 
axtaradigan, muammolar yechimiga osongina kelinadigan, hammaning boshini bir 
xilda silaydigan, istagancha mol-mulkka ega bo‘lishda ilmni, bilimni talab 
qilmaydigan, o‘zgarish va rivojlanishda cheksiz imkoniyatlarni ochib beruvchi, 
tahlikalardan holi bo‘lgan iqtisodiyot emasligini tan olish kerak. Zamonaviy 
iqtisodiyot avvalo chuqur tahliliy yechimlar asosida doimo o‘zini yangilab boruvchi, 
tartibga soluvchi va turli tahlikalarga ta’sirchan murakkab tizimga aylanib bormoqda. 
Xo‘sh iqtisodiyotda, uning makro va mikro ko‘lamdagi boshqaruvida tahlilning roli, 
o‘rni va ahamiyati nimada? 
Makroko‘lamda tahlil fan sifatida shakllanmagan. Lekin bu bilan makroko‘lamda 
tahlil amalga oshirilmaydi degani emas. Uning muhim jihatlari boshqa fanlar 
(iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, marketing, statistika va h.k.) doirasida amalga 
oshiriladi. Mikroko‘lamda esa tahlil oldiga bir qator murakkab vazifalar qo‘yiladi va 
ularni hal etish orqali quyi bo‘g‘in hisoblangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
moliya-xo‘jalik faoliyatining tashxisi qo‘yiladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o‘rganish va tahlil etish orqali ularning 
samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni o‘stirish imkoniyatlarini baholashda, 
korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurslarning 
kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‘stirishda foydalanish darajalariga, 
raqobatdoshlik, moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni 
xo‘jalik faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo‘llarini 
belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora-
tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi. 
1
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. T.: “Iqtisod-Moliya”, 2015.-316 б. 



Moliyaviy raqobatdoshlikka va to‘g‘ri moliyaviy siyosatni yuritishga korxona 
foydasini maksimallashtirish, kapital tarkibini optimallashtirish va uning moliyaviy 
barqarorligini ta’minlash, mulkdorlar (qatnashchilar, ta’sischilar), investorlar va 
kreditorlar uchun moliyaviy holatning jozibadorligini oshirish, korxona boshqaruvi 
yuzasidan samarali mexanizmni shakllantirish, shuningdek, moliyaviy resurslarni jalb 
etishda bozor mexanizmining barcha imkoniyatlaridan foydalanish orqaligina erishish 
mumkin. 
O‘z navbatida, iqtisodiyot subyektlari faoliyatidagi erkinlik, natijaga egalik, 
rivojlanish va taraqqiyotning yangicha mazmuni boshqaruvning butun bir tizimini ham 
takomillashtirishni talab etmoqda.
Bugungi kunda korxonalar oldida juda keng imkoniyatlar ochilmoqda. Nafaqat 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar jamoasi, mulk egalari, investorlar balki butun bir 
davlatlar va jamoatchilik tizimi ham boshqaruvdagi o‘zgarish va rivojlanishdan 
manfaatdordirlar.
Zamonaviy boshqaruvni: 
2
- yaqin va uzoq davriylikni qamrab olgan – rejalashtirish; 
- mulk egalari va maqsadli foydalanuvchilarni moliyaviy va boshqa axborotlar 
bilan ta’minlovchi – buxgalteriya hisobi; 
- axborotlarni chuqur qayta ishlash, faoliyatga obyektiv baho berish, iqtisodiy va 
moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash orqali tezkor, joriy va istiqboldagi boshqaruv 
strategiyasini belgilab beruvchi – iqtisodiy tahlil; 
- faoliyatni yo‘lga qo‘yish va maqsadli boshqarishning aniq yechimlari va 
natijaviyligini ta’minlovchi, innovatsion va aqlli iqtisodni ta’minlashga imkon 
beruvchi – ilmiy faoliyat;
- faoliyat samaradorligi va natijaviyligidan kelib chiqqan holda munosabatlarni 
muvofiqlashtirishning muhim mezoni bo‘lgan – mehnatni munosib rag‘batlantirish; 
- va boshqa (ijtimoiy, ekologik, texnikaviy, tashkiliy) jihatlarni qamrab olgan – 
murakkab tizim deb qarash lozim. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlari oldida turgan muhim vazifalarni hal etilishiga 
albatta axborotlar oqimi va ularni tahliliy xulosalariga tayangan zamonaviy 
boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish orqaligina erishiladi.
Boshqaruv obyekti va subyektlari, uning muhim birliklari va tasnifiy jihatlarini 
quyidagicha ifoda etish mumkin. 
2
K. R. Subramanyam Financial statement analysis, Eleventh edition.Published by McGraw-Hill Education, 
2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by, 2-бет 




Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə