O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-jadval  Moliyaviy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377
Moliyaviy tahlil

1.2-jadval 
Moliyaviy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy
taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari
5
 
Nomlanishi 
Izoh 
Balansshunoslik 
Balans ma’lumotlarini o‘rganganligi sababli 
Balans talqini 
Ko‘rsatkichlarning davriy o‘zgarishlariga baho 
berish zaruriyati tufayli 
Balansni tahlil qilish 
Davriy o‘zgarishlarda erishilgan natijalar yoki boy 
berilgan imkoniyatlarga qarab kelajakni baholash 
zaruriyatining paydo bo‘lishi bilan 
Hisobot tahlili 
Moliyaviy hisobot shakllarining sonini ko‘payishi 
va ularda aks etuvchi elementlarni baholash 
zaruriyati tufayli
Iqtisodiy tahlil 
Barcha iqtisodiy o‘zgarishlarga bo‘lgan talabning 
kuchayishi bilan 
Sotsial-iqtisodiy tahlil 
O‘rganiladigan masalalar ko‘lamining faqat 
iqtisodiy jihatlarini emas, balki ijtimoiy jihatlarini 
ham o‘rganishga zaruriyatning paydo bo‘lishi bilan 
Xo‘jalik faoliyati tahlili 
Xo‘jalik faoliyatining barcha qirralarini qamrab 
olinishiga bo‘lgan talab tufayli 
Moliyaviy va boshqaruv 
tahlili 
Buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv 
hisobi tarkiblanishiga uyg‘unlikda 
Moliyaviy tahlil, 
Moliyaviy hisobot tahlili 
Rivojlangan 
davlatlarning 
umumkasbiy 
va 
ixtisoslik fanlar tizimiga uyg‘unlikda 
Buxgalteriya hisobi, auditning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi ham 
iqtisodiy, moliyaviy tahlil fanining paydo bo‘lishiga muhim turtki bo‘ldi deyish 
mumkin.
Uning shakllanishi va rivojlanishiga oid manbalarda italyan matematigi Luka 
Pochiolining “Schyotlar va yozuvlar haqidagi traktati” alohida o‘rin tutadi. 
Tahlil fanining fan sifatida shakllanganligiga uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Unga 
doir chop etilgan fundamental manbalar XX asrning 20–30-yillariga kelibgina chop 
etila boshlandi.
Fanlarning yuzaga kelishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Dunyoni bilish nazariyasini 
iqtisodiyotga bog‘langan so‘rovlarini hal etishda muhim vosita hisoblangan tahlil 
nafaqat aniq fan sifatida balki barcha fanlarga metodologik asos sifatida ham qaraladi. 
Tahlil fanining predmetiga keng ma’noda e’tibor beradigan bo‘lsak, u tahlil 
qilinayotgan obyekt (firma, kompaniya, konsernlar)ning butun xo‘jalik faoliyatidir. 
Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida nafaqat sodir bo‘lgan, balki bo‘layotgan va kelgusida 
bo‘ladigan jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ushbu fan boshqa fanlardan 
tubdan farq qiladi.
Tahlil fanining predmetiga manbalarda berilgan ta’riflar shu darajada ko‘p 
bo‘lishiga qaramasdan ularning barchasini bir mazmunda tushunish mumkin. Bu 
5
Муаллифлар томонидан мустақил тузилган 


12 
mazmun, jarayonlarning doiraviyligi, faoliyat natijalarining manbalarda ifoda 
etilganligi, ko‘rsatkichlar tizimida baholanishi, sabab-oqibat bog‘lanishlari, ichki va 
tashqi omillar ta’sirida o‘rganishning yagonaligi bilan izohlanadi.

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə