O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   377
Moliyaviy tahlil

asosiy vazifalar

- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz 
ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash; 
- reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan 
ularning ta’sirchanligiga baho berish; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning 
samaradorligiga baho berish;
- faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning 
ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini 
baholash; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit 
o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash. 
- iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni 
orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va 
ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash; 
- belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda fanning muhim prinsiplari sifatida 
quyidagilar tarkiblanadi. Mazkur tamoyillar mikro ko‘lamdagi tahlilning barcha 
turlariga xosdir.


15 
1.5-jadval 
Tahlil tamoyillari 
Tamoyillar
Tasnifi
Davlat manfaati 
nuqtayi nazaridan 
yondashish tamoyili 
Iqtisodiy hodisalarni, xo‘jalik jarayonlari natijalarini 
baholashda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va 
xalqaro siyosatlarini va qonunchiliklarini inobatga olish 
lozimligini tasniflaydi 
Ilmiylik 
Dialektik bilish nazariyasiga asoslanishi, ishlab chiqarishni 
rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari talablarini hisobga 
olishi, 
fan-texnika 
taraqqiyoti 
yutuqlarini, 
ilg‘or 
tajribalarni va iqtisodiy tadqiqotning eng yangi usullarini 
hisobga olishi lozim 
Tizimlilik 
O‘rganilayotgan obyekt murakkab dinamik tizim va u bir 
qator mayda unsurlardan va ularning o‘zaro bog‘lanishidan 
tashkil topgan deb qaralishi lozim 
Kopmlekslik 
Tahlil 
qilinayotgan 
obyektning 
barcha 
birliklari, 
bo‘g‘inlari va tomonlarini hisobga olish hamda ularning 
o‘zaro bog‘liqliklarini atroflicha o‘rganishni taqozo qiladi 
Obyektivlik, aniqlik 
va ishonchlilik 
Haqiqatni aks ettiradigan ishonchli va tasdiqlangan tahlil 
ishonchli, tekshirilgan va real voqelikni aks ettiruvchi 
ma’lumotlarga asoslanishi zarur. Faqat shundagina tahlil 
natijalari talabga javob beradi. Shu sababli ham korxonada 
doimo hisob, nazorat (audit) takomillashtirib borilishi talab 
etiladi 
Ta’sirchanlik 
Tahlil ishlab chiqarish jarayonlarining borishiga uning 
natijalariga bevosita aralashishi, rezervlarni, yo‘l qo‘yilgan 
xato va kamchiliklarni qidirib topishga bevosita ta’sir 
ko‘rsatishi lozimligini ifoda etadi 
Rejalilik 
Bu tamoyilga muvofiq korxonalarda amalga oshiriladigan 
analitik ishlar rejalashtirilishi, uni bajaruvchilar o‘rtasida 
taqsimlanishi va nazorat qilib borilishi lozimligini ifoda 
etadi 
Samaradorlik 
Tahlilni o‘tkazish uchun ketgan sarf-xarajatlar bir necha 
barobar qoplanishi kerakligini ifoda etadi 
Operativlik 
Bu tamoyil iqtisodiy tahlilni o‘tkazish, qarorlar qabul qilish 
va ularni amaliyotga joriy qilishda aniq va tezkorlikni 
taqozo qiladi 
Demokratik 
Tahlilni o‘tkazishga korxonaning keng jamoatchiligini jalb 
qilish va tahlil natijalarini muhokama qilishda keng 
jamoatchilik ishtirokini taqozo qiladi 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə