O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

3 . 3 . Kra xma l va pa to k a
 
Kartoshka va makkajo„xori kraxmali savdoga chiqariladi. 
Kartoshka 
kraxmali
kartoshkadan olinadi. Kartoshka oldin yuviladi va qirg„ich 
mashinalarda qirib undan bo„tka tayyorlanadi. Ezilgan bo„tka elakda chayqaladi. 
Kraxmalning mayda donachalari suv bilan elakdan o„tadi va idishning tagiga 
cho„kadi; keyin kraxmal suvdan ajratib olinadi, tsentrifugalarda qayta ishlanadi 
va quritiladi. Sifatiga qarab, kartoshka kraxmali to„rt navga bo„linadi: ekstra, 
oliy, 1 va 2- navlar (keyingisi faqat texnik maqsadlar uchun). Kraxmalni 
navlarga ajratishda rangi, yaltiroqligi, sirtidagi qora nuqtalar (1 
sm
2
dagi) va 
tarkibidagi kul miqdori hamda nordonligi asos qilib olinadi.
Makkajo‗xori kraxmali
makkajo„xoridan olinadi, buning uchun 
makkajo„xori doni qo„shilmalardan tozalanadi va 36-42 soat mobaynida 
nordonlashtirilgan iliq suvda saqlanadi; keyin uqalanib, murtagi ajratib olinadi, 
hosil bo„lgan bo„tqa ikkinchi marta yaxshilab maydalanadi, yuviladi, tinitiladi, 
tsentrifugalanadi va quritiladi. Murtagidan esa makkajo„xori moyi olinadi. 
Sifatiga ko„ra makkajo„xori kraxmali ikki navga - oliy va 1-navga bo„linadi. 
Navlarga ajratish belgilari kartoshka kraxmaliniki bilan bir xildir.
Patoka
kartoshka yoki makkajo„xori, ba‟zan bug„doy yoki javdar 
kraxmallaridan olinadi. Aralashmalardan tozalangan kraxmal suvda eritiladi
nordonlashtiriladi va kraxmal suti tarzida kattakon bochkalarga yoki 
avtoklavalarga solib qo„yiladi. shuning o„ziga bir oz sulfat kislotasi (quruq 
kraxmal vazniga nisbatan 0,55-0,8%) yoki xlorat kislotasi (0,19- 0,25%) 
qo„shiladi va eritma qaynatiladi. Bo„tqa quyuqlashguncha qaynatiladi, keyin 
sovutiladi va idishlarga quyiladi.
Kraxmal patokasi ishlatilishiga ko„ra uch turga: karamel ishlab chiqarish 
sanoatida foydalaniladi, murabbo tayyorlashda hamda boshqa maqsadlar uchun 
ishlatiladigan glyukozaga bo„linadi. Karamel patokasi oliy nav va 1-navga 
bo„linadi. Murabbo glyukozasi navlarga bo„linmaydi.


66 
Patoka qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish va novvoylikda keng 
qo„llaniladi. Yaxshi patoka cho„ziluvchan, rangsiz yoki nimrang, begona ta‟m 
sezilmaydigan shirin va quyuq sharbat bo„ladi. Patokaga har xil 
qo„shilmalarning qo„shilib ketishiga yo„l qo„yilmaydi.
Kraxmal 25, 50 va 60 
kg
dan toza va quruq zig„ir, kanop yoki jut 
qoplarga joylanadi

shuningdek u sig„imi
100 
g
dan 1 
kg 
gacha qog„oz
pachka, 
polietilen va tsellofan xaltachalarga ham joylanishi mumkin. So„ngra bu 
pachkalar sig„imi
30 
kg
gacha bo„lgan quruq, toza yog„och qutilarga joylanadi. 
Kraxmal quruq, yaxshi shamollatib turiladigan, harorati ko„pi bilan 15°C 
bo„lgan va havosining nisbiy namligi 75% dan oshmagan xonalarda saqlanadi

Qoplar maxsus o„rinlarga taxlab qo„yilishi kerak. Kraxmalni o„tkir hidli va 
kuchli bug„lanuvchi mollar bilan bir joyda saqlash mumkin emas.
Patoka sig„imi
50 dan 300 
kg
gacha bo„lgan bochkalarga joylanadi. 
Patokani quruq, salqin, havo harorati 8-12°C bo„lgan xonalarda saqlash tavsiya 
etiladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə