O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Tsukatlar -
butun holida va qirqib, sharbatda pishirilgan mevalar (olcha, 
gilos, olxo„ri, o„rik, nok, olma, apelsin, limon), shuningdek, qovun hamda tarvuz 
po„stidir. Tsukatlar olish uchun mevalar olti-etti marta qand sharbatida 
qaynatiladi, 
har 
qaynatishda 
uning 
kontsentratsiyasi 
oshirib 
boriladi. 
Qaynatilgandan keyin tsukatlar siropda uch-to„rt kun saqlanadi. Tayyor bo„lgan 
mevalar sharbat qoldig„idan ajratib olinadi, yog„och savatlarga taxlanadi va 45-
55°C haroratda 4-8 soat quritiladi.
Meva va rezavor-mevali mahsulotlar ularning turi hamda xususiyatlariga 
qarab, 
har 
xil 
idishlarga 
joylanadi. 
Marmelad 
qutichalar, 
kombinatsiyalashtirilgan idishlar, tsellofan yoki polimer plyonkalardan yasalgan 
xaltachalar yashiklarga joylanadi. Donalab sotiladigan marmelad karton 
qutichalarga ko„pi bilan ikki qator qilib taxlanadi. Qutichalar toza, chiroyli 
bezakli, qog„oz
yoki ipak tasma bilan bog„langan, klapanlar bilan elimlangan 
bo„lishi kerak. Uning sof og„irligi 500
 g gacha
bo„ladi. 


71 
Tortib sotiladigan marmelad sig„imi
ko„pi bilan 5 
kg
(meva va rezavor-
mevali marmelad uchun) va 4,5 
kg
(jeleli marmelad uchun) faner yashiklarga 
yoki sig„imi ko„pi bilan 7 
kg
bo„lgan burma kartondan yasalgan yashiklarga 
joylanadi. Qatlamli marmelad sig„imi

kg
bo„lgan faner yashiklarga va sig„imi

kg
bo„lgan burma karton, yashiklarga solinadi.
Pastila donalab va tortib sotiladi. Donalab sotiladigan pastila karton 
qutichalarga sof og„irligi 100 
g dan
1000 
g gacha
ko„pi bilan ikki qator qilib 
taxlanadi, shuningdek, pachkalar hamda polimer plyonkalaridan yasalgan xal-
tachalarga joylanadi. Tortib sotiladigan pastila 5 
kg
sig„imli yog„och savat yoki 
karton yashiklarga joylanadi, kesma pastila ko„pi bilan olti qator, quyma pastila 
uch qator qilib taxlanadi. Pastila solingan xaltacha va pachkalar ochiq idishlar - 
sig„imi 20 
kg
bo„lgan yog„och yoki faner yashiklarga joylanadi.
Murabbo va jem shisha hamda tunuka bankalarga solinadi. Povidlo 
shisha bankalarga (sig„imi ko„pi bilan 1,5 
kg),
tunuka bankalarga (12 
kg
gacha), 
yog„och yoki faner yashiklarga (ko„pi bilan 17 
kg)
va 50 
l
sig„imli
yog„och 
bochkalarga joylanadi. Jele shisha banka va stakanlarga solinib, yashiklarga 
joylanadi.
Marmelad va pastila quruq, salqin, toza, yaxshi shamollatib turiladigan
nisbiy namligi 75-80% va harorati ko„pi bilan 20°C bo„lgan xonalarda 
saqlanadi. 
Garantiyali 
saqlanish 
muddati
5
meva 
va 
rezavor-mevadan 
tayyorlangan shakldor, kesma va pat marmeladlari uchun - ikki oy, qatlamli va 
jeleli marmelad uchun - uch oy, agaroid qo„shilgan shakldor jelesimon 
marmelad uchun - 1,5 oy (ishlab chiqarilgan kundan boshlab). yopishqoq
moddali pastilaning saqlanish muddati (ishlab chiqarilgan kundan boshlab) 1,5 
oy, qaynatma pastilaniqi - uch oydir.
Murabbo va jemni toza, quruq, yaxshi shamollatib turiladigan, 
havosining nisbiy namligi oshig„i
bilan 75% va harorati: pasterizatsiyalangan 
murabbo uchun 2 dan 20°C gacha, pasterizatsiyalanmagani uchun 10 dan 20°C 
5
Garantiyali saqlanish muddati minimal muddat bo‟lib, shu muddat ichida saqlash qoidasiga amal qilingan 


72 
gacha, pasterizatsiyalangan jem uchun 0 dan 20°C va pasterizatsiyalanmagan 
jem uchun 10 dan 15°C gacha bo„lgan xonalarda saqlash tavsiya etiladi. Povidlo
0 dan 20°C gacha bo„lgan haroratda saqlanadi, havoning nisbiy namligi 75-80% 
bo„lishi kerak. Banka va bochkalarga solingan povidloning garantiyali saqlanish 
muddati to„qqiz oy, yashiklarga solinganiniki- uch oydir.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə