O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Qandolat mahsulotlari
ishlab chiqarishda shakar, yog„, sut, tuxum, asal, 
meva va sabzavotlar hamda xushbo„ylashtiruvchi va bo„yoq moddalar kabi turli 
xom ashyo ishlatiladi. Qandolat mahsulotlari tarkibida qand ko„p, suv kam, shu 
sababli u xushxo„r va yuqori kaloriyali bo„ladi, yoqimli ta‟m va xushbo„y hidi 
bilan organizmda yaxshi hazm bo„ladi. qandolat mahsulotlari quyidagi 
guruhlarga bo„linadi: meva va rezavor-meva mahsulotlari, shokolad va kakao 
kukuni, karamel mahsulotlari, konfetlar, draje, iris, undan tayyorlangan 
qandolat mahsulotlari, xolva, sharq shirinliklari, parhez va vitaminlashtirilgan 
qandolat mahsulotlari.
Qand-shakar 
bevosita qand lavlagidan olinadi. Zavodga keltirilgan qand 
lavlagi yuviladi, maydalab qirqiladi, maxsus kattakon yog„och bochka 
(diffuzor) larga solinadi va qandni mayda lavlagi qirindilaridan ajratib olish 
uchun issiq suv quyiladi. Hosil bo„lgan diffo„zion sharbat tarkibida turli 


387 
qo„shilmalar bo„ladi, shuning uchun ham u tozalanadi. Tozalangan sharbat 
vakuum – apparatlarda kristallar hosil bo„lgunga qadar quyuqlashtiriladi. 
Kristallar sharbatning kristallashmagan qismidan tsentrifugalarda ajratiladi. 
Hosil bo„lgan kristallar yuviladi (oqartiriladi), quritiladi, elakdan utkaziladi 
(kattaligiga qarab saralanadi) va idishlarga joylanadi. Olingan qand xom 
ashyoning 14-15% ini tashqil etadi.
Qimmatbaho toshlar.
Qimmatbaho yarqirab turadigan toshlar kelib 
chiqishi bo„yicha tabiiy hamda sun‟iy bo„ladi. Tabiiy yarqirama toshlarga 
ma‟danlar, ma‟danli agregatlar (ma‟danlar majmui) va tog„ jinslari, inson 
ishtirokisiz paydo bo„lgan organik materiallar (yantar. korall, marvarid va 
boshq.) kiradi.
Qo‗lqoplar 
assortmentiga qo„lqoplar va boshmaldoqli (varejki) 
qo„lqoplar kiradi. Ustki kiyimga fasoni, o„lcham, xomashyo sifati, to„qilishi va 
pardozi bo„yicha tasdiqlangan namuna-etalonlar va me‟yoriy-texnik hujjatlarda 
belgilangan talablarga mos kelishi kerak. 
Qora metallar.
Temir hamda karbon qotishmasidan hosil bo„lgan 
mahsulotga qora metall deyiladi. Qotishmalar tarkibidagi karbonning 
miqdoriga qarab po„lat (C 2% gacha) va cho„yan (C 2,0-6,67%) turlariga 
bo„linadi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə