389
qarab, quyidagi guruhlarga bo„linadi: tuganaklilar,
karamsimon sabzavotlar,
ildizmevalar, qovoq, tomat, piyoz, bargi eyiladigan ziravor, desert, dukkakli va
donli ekinlar.
Sariyog‗
juda xushta‟m bo„lib, past haroratda (26-31°C) eriydi,
uning
tarkibida ko„p miqdorda A, D va E vitaminlari bo„ladi, u kishi organizmida
yaxshi (97-98%) hazm bo„ladi. Sariyog„ yuqori kaloriyali mahsulotdir.
Sariyog„ning eritilgani ham bo„ladi. Sariyog„ qaymoqni maxsus yog„
tayyorlash mashinalarida haydash yo„li bilan, eritilgan sariyog„ esa sariyog„ni
eritish yo„li bilan olinadi. Sariyog„da 81-83%, eritilgan sariyog„da - 98% yog„
bo„ladi.
SFD plastmassasi.
Bu plastmassa poliformaldegid (CH
2
O)n va
dioksolan bilan qo„shma polimerizatsiyasi
natijasida olinib, yonmasligi hamda
200°C haroratga bardosh bera olganligi uchun zanjirsimon molniya yopqichlari
va elektr ustara qobig„i ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Shisha
ning asosiy xomashyosi tarkibida temir oksidi 0,02% dan
oshmagan kvars qumi hisoblanadi. Tarkibi kremnezyomdan iborat bo„lmish
toza qumdan elektr
pechlarda tajribaxonalar, laboratoriyalar uchun kolba va
probirkalar tayyorlanadi.
Sifat-
Mahsulotning vazifasiga muvofiq milliy iqtisodiyot muayyan
ehtiyojlarini qondira oluvchi xossalari majmuiga
sifat
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: