O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Tikuvchilik va trikotaj sanoati
korxonalarida ishlab chiqariladigan, 
savdo tarmoqlarida aholiga sotiladigan kiyimlar (paltolar, yarim paltolar, 
ko„ylaklar, kostyumlar, plashlar, ichki kiyimlar va boshq.), bu guruhga 
kirmaydigan buyumlar (ko„rpa-to„shak matolari, sochiq-dasturxon va boshq.) 
hamda bosh kiyimlar kiradi. Tikuvchilik tovarlarining aksariyat qismini 
kiyimlar tashkil etadi. 
To‗qimachilik iplari 
deb, tabiiy va kimyoviy tolalardan olingan noaniq 


392 
katta uzunlikdagi, kichik enli, to„qimachilik buyumlari tayyorlash uchun 
ishlatiladigan egiluvchan va mustahkam jismga aytiladi. 
To‗qimachilik tolalari
deb, chegaralangan uzunlikdagi, ingichka 
to„qimachilik buyumlari ishlab chiqarish uchun yaroqli bo„lgan egiluvchan 
jismga aytiladi. 
Tovar-
murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Tovarning 
iste‟mol qiymati- tovarshunoslik fanining predmeti hisoblanadi. Iste‟mol 
qiymati- bu tovarning foydaliligi, insonning aniq bir ehtiyojlarini qondira olish 
qobiliyatidir. Iste‟mol qiymati barcha mehnat mahsullari uchun xos bo„lgan 
narsadir. U iste‟mol xarakteriga ko„ra individual va ijtimoiy turlarga bo„linadi. 
Tovarlar assortimenti
deb, biror belgi bo„yicha bir-biriga o„xshash 
tovarlar turlarining yig„indisiga aytiladi. Odatda turli o„lchov va ko„rinishdagi 
bir xil funktsional xususiyatlarga ega tovarlar assortimentni tashkil qiladi. 
Tovarshunoslik fani tovarlar ijtimoiy iste‟mol qiymatining shakllanishi, 
sotilishi va ishlatilishi yoki iste‟mol qilinishi davridagi o„zgarish 
qonuniyatlarini o„rganuvchi iqtisodiy fandir.
Tovarlar sifatini aniqlashning tajriba usuli 
ularning kimyoviy 
tarkiblarini, fizikaviy, mikrobiologik, texnologik xususiyatlarini aniqlashda 
keng qo„llaniladi. Tajriba usuli, o„z navbatida, fizikaviy va fizik-kimyoviy, 
kimyoviy, mikrobiologik, tovarshunoslik-texnologik usullarga bo„linadi. Bu 
usulning qulayligi shundan iboratki, unda natija raqamlar bilan va bu natija 
katta aniqlikda ifodalanadi. Uning kamchiliklari shundaki, mahsulotning 
sifatini aniqlash uchun ko„p vaqt talab etiladi, aniqlash uchun reaktivlar va 
maxsus jihozlangan tajribaxonalar talab qilinadi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə