O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Trikotaj matosi.
Halqalash yo„li bilan olingan to„qimachilik matosi yoki 
buyumidir. Shuning uchun har qanday trikotaj materiali ko„ndalang va 
uzunasiga birlashgan halqalar tizimidan iborat bo„ladi. 
Turkumlash, turlarga ajratish
deganda tovarlarning umumiy xarakterli 
belgilari, xususiyatlariga qarab ma‟lum turlarga ajratish tushuniladi. 
Tovarshunoslikda tovarlarni turkumlash juda katta amaliy ahamiyatga ega, 
chunki katta nomenklaturadagi oziq-ovqat tovarlarini ma‟lum bir tartibga 
solmasdan turib ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirishda, hisob-kitob ishlarini 
olib borishda, tovarlarning assortimenti, sifati va iste‟mol qiymatini mukammal 
o„rganishda katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Oziq-ovqat tovarlarini 
turkumlashda ularning har xil xususiyatlari hisobga olinadi: paydo bo„lishi, 
kimyoviy tarkibi, xom ashyoning qayta ishlanganlik darajasi, foydalanilishiga 
qarab va boshqalar.
Tuxum
parrandachilikdan olinadigan asosiy mahsulotlardan biridir. 
Uning tarkibida o„rtacha 73,6% suv, 12,8% oqsil, 11,8% yog„
,
1% azotsiz 
ekstroktiv moddalar va 0,8% mineral moddalar bor. Tuxum yumaloq va 
elipssimon shaklda bo„lib, asosan 7 qismdan iborat bo„ladi: po„sti; po„st osti 
pardasi; oqsil moddasi; sarig„i; bog„ichi; pugasi; murtagi. 
Tuxumlarning sifati
ularning og„irligi, tozaligi, nur o„tkazish hidiga 
qarab belgilanadi. Sifat ko„rsatkichlariga qarab tovuq tuxumi ikki kategoriyaga 
bo„linadi.
Un
asosan, bug„doy va javdardan, ba‟zan arpa, makkajo„xori, suli, 
no„xat, soya va ba‟zi boshqa ekinlardan tortiladi. Oldin turli aralashmalardan 
tozalangan don tortiladi. Un asosan, ikki usul bilan: dag„al yoki oddiy va mayin 
yoki navlab tortish usuli bilan olinadi. 
Uzum vinolari 
tarkibida spirtdan tashqari qand, organiq kislotalar
oshlovchi, rang beruvchi, xushbo„y, mineral moddalar va B
1
, B
2
hamda S 
vitaminlari bor. Uzum vinolari g„oyat
lazzatli bo„lib, ulardan ba‟zilari hatto 
davolash uchun ham qo„llaniladi. Mamlakatimizda uzum vinolari juda ko„p 


395 
(700 ga yaqin nomda) ishlab chiqariladi. Vinolar tarkibida uglekisliy gazi 
bo„lmagan (yumshoq) va gazli vinolarga ajratiladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə