393
ahamiyatga egadir. Fanda u tadqiqotlar natijalarini umumlashtiradi va tartibga
soladi hamda ilmiy izlanuvchanlikning muhim vositasi hisoblanadi.
Tovarning iste‘mol qiymati
uning foydali imkoniyatini ifodalaydi.
Tovarning
foydaliligi deganda, uni nominal sharoitda iste‟mol qilishdan
olinadigan samara nazarda tutiladi. Tovarning iste‟mol qiymati uni iste‟mol
qilish paytida potentsial shakldan real shaklga aylanadi.
Tovarning nafliligi
ni moddiy-buyum jihatidan aniqlash va baholash bir
qator tabiiy
va texnik fanlar- fizika, kimyo, mikrobiologiya, turli xil ishlab
chiqarishlarning
texnologiyalari,
metrologiya
kabi
fanlarning
asosiy
tushunchalari yordamida amalga oshiriladi.
Tovarshunoslik
- "
tovar
" va "
shunos
" ("
o‗rganish
") ma‟nosini
ifodalaydigan so„zlardan tarkib topgan. Tovar deb,
sotish uchun ishlab
chiqarilgan mehnat mahsuliga aytiladi. Tovarlar qiymat va iste‟mol qiymatiga
ega bo„ladi. Tovarlarning qiymatini abstrakt mehnat bilan, iste‟mol qiymatini
esa konkret mehnat yordamida yaratadi.
Tovarlarning
iste‘mol qiymati
ni
tovarshunoslik fani o„rganadi.
Tovarshunoslik
fanining
predmeti
bo„lib turli maqsadlarda
foydalaniladigan tovarlarning iste‟mol qiymati hisoblanadi.
Tovarshunoslik-texnologik usul
bilan oziq-ovqat va qishloq xo„jalik
mahsulotlarining qayta ishlashga yoki uzoq saqlashga yaroqli yoki yaroqsizligi
aniqlanadi. Masalan, mevalar navlarining murabbolar tayyorlashga yaroqli yoki
yaroqsizligini bilish uchun avvalo ulardan
tajribaxonada kichik hajmda
namunalar tayyorlanadi va shu asosda ma‟lum bir ho„losaga kelinadi.
Tovuq tuxumi
yangiligi, ya‟ni tug„ilgan kunidan boshlab, saqlanish
sharoitida va muddatiga qarab to„rt turga bo„linadi. Parhez tuxumlari besh
kungacha qulay sharoitda saqlangan tuxumlardir.
Bu tuxumlar yuqori sifatli
bo„lib, toza, sarig„i sezilmaydigan va mustahkam joylashgan, pugasining
balandligi 4 mm dan oshmaydi.