O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Sut-qatiq mahsulotlari
deb sutni achitib hosil qilingan mahsulotlarga 
aytiladi. Unga smetana, tvorog va tvorog mahsulotlari, qatiq, atsidofilin, kefir 
va qimizlar kiradi. O„zining yoqimli ta‟mi va xushbo„yligi, shifobaxsh va 
parhezbop xususiyatlari, shuningdek, muhim oziqlik qimmati tufayli bu 


391 
mahsulotlarga aholining talabi juda kattadir.
Teflon.
Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga bardosh bera 
olganligi uchun organik platina deb ataladi. Uni tovarlarning ichini qoplashda 
ishlatishadi.
Tekshirishning fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari. 
Oziq-ovqat 
mahsulotlarining sifatini tekshirishning bu usullari mahsulotning solishtirma 
og„irligini, yopishqoqligini, erish, qotish va qaynash haroratini, optik 
xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning solishtirma og„irligi va 
zichligini areometr, piknometr va gidrostatik tarozilar yordamida ulchash 
mumkin. Ularning solishtirma og„irligi asosida ma‟lum darajada kimyoviy 
tarkibi va sifati haqida so„z yuritish mumkin.
Telpaklar - 
eng ko„p tarqalgan bosh kiyimlaridan bin. Ular gazlama, fetr, 
tabiiy va sun‟iy mo„yna hamda charmlar va boshqa materiallardan tikiladi. 
Tikilgan attorlik buyumlari
ga gul bosilgan va bosmali buyumlar
beldamcha buyumlari, elastik tasma va jiyaklardan tayyorlangan buyumlar 
kiradi. 
Tikilgan buyumlar assortimenti
doimo o„zgarib boradi. Yangi xom-
ashyolar ishlatilishi, yengil sanoat tarmoqlarida texnik yangiliklarning joriy 
etilishi, modaning o„zgarishi, aholi talabining o„sishi va boshqa sabablar 
natijasida yiliga 60%gacha kiyim modellari yangilanib turiladi. 
Tikuv mashinasi moyi.
Bu moy sanoat (industrial) moylaridan biri 
bo„lib, mazutni haydashda olinadigan boshlang„ich suyuq moydir. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə