O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


Xom mato- to„qilishdan so„ng ishlov berilgan tayyor gazlamalardir.  Xromotografiya usuli



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Xom mato-
to„qilishdan so„ng ishlov berilgan tayyor gazlamalardir. 
Xromotografiya usuli
murakkab birikmalar tarkibidagi moddalarni bir-
biridan ajratish va uni aniqlashning eng qulay usullaridan biridir. Bu usul 
yordamida esa oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, ularni saqlaganda 
bo„ladigan- o„zgarishlar, hid beruvchi va rang beruvchi moddalarning miqdori, 
oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini o„rganish mumkin.
Xususiyat-
bu mahsulotning uni yaratish, foydalanish va iste‟mol qilish 
vaqtida, tashish, saqlash va ta‟mirlash vaqtida namoyon bo„ladigan o„ziga 
xosligidir. Har bir tovar bir qator xususiyatlarga ega, ammo uning sifat 
tarkibiga faqat foydalanish chog„ida namoyon bo„ladigan xususiyatlargina 
kiritiladi. Bu xususiyatlar ichida tovarni iste‟mol qilish chog„ida namoyon 
bo„ladigan xususiyatlari eng ahamiyatlidir va ular 
iste‘mol xususiyatlari
deb 
ataladi. 
Yelim
buyum qismlarini bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi. Uning 
adgezion (lot. 
Yopishqoqlik) 
xususiyati 0,5 nm (nanometr) oraliqda joylashgan 
molekulalarning dispersion, induksion va elektrostatik kuchlar tufayli o„zaro 
tortish kuchlariga asoslangan. 
Yo‗l anjomlari
ga chamadonlar, g„ilof yoki jildlar, bagaj qayishlari va 
mayda buyumlar to„plami kiradi. 
Yoritish elektr asboblari. 
Uning asosiy qismi yoritish manbaidir. Ish 
tarziga qarab cho„g„lanuvchi va lyuminessent lampalar turlariga bo„linadi. 
Yoritish 
kerosini.
Molekulasi 
o„rta 
uzunlikda 
bo„lgan 
uglevodorodlardan tashkil topgan yoritish suyuqligidir. 
Yorma
bug„doy, tariq, arpa, qora bug„doy, sholi, suli, makkajo„xori va 
ayrim dukkakli o„simliklar donidan tayyorlanadi. Boshoqli o„simliklar 
(dukkakli o„simliklar bundan mustasno) donining tuzilishi taxminan bir xil 
bo„lib, qobiqlar (mevali va urug„li), aleyron qatlam, unli yadro (endosperma) 


396 
va murtak (zarodish) dan iborat. Suli, arpa, qora bug„doy, tariq va sholi 
donining sirti, mevali va urug„lik qobig„idan tashqari, po„st (rangli - gul qobiq) 
bilan qoplangan.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə