O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   235
marketing 57

Pablisiti vositalari 
(publicity tools) — 
kompaniya, g‘oyalar, tovar yoki 
xizmatlarni noshaxsiy tanishtirish va taqdim etishni ta’minlovchi 
vositalar. Masalan, press-relizlar, matbuot anjumanlari, maxsus reklama 
ana shular sirasiga kiradi. 
Partsell
— tovar partiyasi; yukning kichik partiyasi. 
Pozitsiyalash — 
xaridorlar ongida kompaniya imijini va tovar 
obrazini yaratish 
Promoushn 
(promotion) — 
talabni oshirish, mahsulot o‘tkazilishi 
va sotilishini ko‘paytirish, mahsulotni realizatsiya qilish uchun bozor 
makonini yanada kengaytirish maqsadlarida reklama, press-relizlar, 
shaxsan sotish, sotishni rag‘batlantirish va tovar yoki xizmatni ishlab 
chiqaruvchilar, sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan boshqa marketing 
kommunikatsiyalari vositasida amalga oshiriladigan turli marketing chora-
tadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisi. 
Promo-sayt 
(promo-site) 
— qandaydir reklama kampaniyasi uchun 
maxsus yaratilgan yoki ma’lum bir tovar yoxud kompaniyaga bag‘ishlan-
gan sayt. 
Psixografika
— psixologiya va demografik statistikani birlashtiruvchi 
termin. Keng jamoatchilik alohida namoyandalari va guruhlari turmush 
tarzi va xulq-atvorini tadqiq, tahlil qilish, baholash texnologiyalarini 
tariflash uchun foydalaniladi.
Qarama-qarshi savdo 
(ingl. reciprocal trade) 
— savdo operatsiyasi 
bo‘lib, uning shartlari sotuvchilarning xaridorlardan tovarlarni yetkazib 
berilayotgan tovarlar qiymatining bir qismi yoki to‘liq miqdorida sotib 
olishdek qarama-qarshi majburiyatlarini nazarda tutadi. 
Qarshi ta’sir qiluvchi marketing 
— irratsional (aql bovar qilmay-
digan talab: spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, dori-darmonlar va 
shu kabilarga) talab vujudga kelganda qo‘llanadigan marketing turi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə