O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   235
marketing 57

Sinxromarketing 
(ingl. synchromarketing) 
— bozorda tovarga bo‘lgan 
talabning kuchli o‘zgarishi (tovarning mavsumiy xarakterga egaligi) tu-
fayli konyunkturaning pasayishi oqibatida qo‘llanadigan marketing turi
bunday pallada sinxromarketing talab o‘zgarishini inobatga olgan holda 
sotuvning barqarorligini ta’minlaydi. 
Sif 
(ingl. cost, insuranse and fright) 
— (narx, sug‘urta va yetkazib 
berish) terminidan chiqarilgan abbreviatura. Eksport kontrakti doirasida 
tovar yetkazib berishning tovarning narxi xaridor uchun ana shu 
elementlarni ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatuvchi bir sharti. 
Sotish siyosati
— marketing faoliyati jarayonida firma siyosatini 
ishlab chiqish bosqichidayoq hal etiladigan muammolardan biri. Konkret 
muayyan bozorga nisbatan olganda sotishning eng samarali tizimi, 
yo‘llari va usullarini tanlash to‘g‘risida so‘z ketganda, bu mahsulotni 


409 
ishlab chiqarish avval boshdanoq sotishning muayyan usul va uslublarini, 
eng qulay sharoitlarni ko‘zda tutishni bildiradi.
Sotuvdan tushum
(ingl. sales revenie) — 
savdo faoliyatidan olingan 
kompaniya sof daromadi, ko‘pincha, tovar aylanmasi sinonimi sanaladi. 
Savdo portfeli 
(ingl. sales portfolio; sales presentation) — 
ikkinchi bir 
nomi — sotuvlar tashkilotchisi. Sotuvlar bo‘yicha yoki savdo agenti 
(gumashta) yordamchi yig‘ma jildi bo‘lib, unga mijoz bilan muzokaralar, 
sotiladigan tovarlar va xizmatlar texnik xarakteristikasi (tavsifnomasi) va 
layoqati haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi.
Strategik marketing 
- mustaqil sotuvchilar o‘zining tovarini 
mustaqil xaridorlarga sotish uchun harakat qiladigan bozor
yaratishning sistematik siyosatini o‘tkazish orqali o‘rta bozor 
ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga qaratilgan uzoq muddatli aktiv marketing 
jarayoni. 
Tovar belgisi 
(xizmat ko‘rsatish belgisi) — bir jismoniy va yuridik 
shaxslarning tovarlari va xizmatlarini boshqa jismoniy va yuridik 
shaxslar tovarlari va xizmatlaridan farqlashga xizmat qiladigan timsollar 
va ramzlar bo‘lib, ular qonunda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə