O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   235
marketing 57

Maqsadli marketing
— bozor segmentlarini chegaralash, chegaralangan 
segmentlardan bir yoki bir nechtasini tanlab olish va har bir tanlab 
olingan segment uchun alohida-alohida tovarlar marketingi kompleksini 
ishlab chiqish jarayoni.
12
Mahsulot nufuzi / mahsulot imiji 
(ingl. product image) — 
bozorda 
tovar yoki xizmat qanday qabul qilinishini aniqlovchi fikrlash jarayoni.
Mahsulot sotish direktori / marchandayzing direktori
(marchan-
dising direktor) — 
ishlab chiqaruvchi, chakana, ulgurji savdo, diler, 
distribyutor tomonidan mahsulot sotishga yo‘naltirilgan marketing 
faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan shaxs. 
Narx; baho 
(ingl. price) 
— tovar yoki xizmat qiymatining pulda 
ifodalanishi.
Narx siyosati 
— tashkilotlar tomonidan talab va taklif munosabat-
larining o‘zgarishiga tezlik bilan narx reaksiyasi amaliyotini qo‘llash. 
Netto-og‘irlik
— qadoqdangan mahsulotning qadoqbop material 
og‘irligi hisobga olinmagan og‘irligi; sof og‘irlik. antonimi: «brutto-
og‘irlik». 
Oligopsoniya
— xaridorlar yoki iste’molchilar kam miqdorda 
mavjud bo‘ladigan bozor yoki iqtisodiy holat.
Ommaviy bozor 
— ommaviy axborot vositalaridan foydalanish va 
ana shu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar o‘zini oqlashiga 
12
A. Mamanazarov, M. Mamanazarov Marketing terminlari izohli.-T.: Sharq, 2012-y. 


406 
imkon beruvchi yetarlicha katta va hatto ulkan tovarlar va xizmatlar 
bozori. 
Public relations 
— jamoatchilik, matbuot, saylab quyiladigan organlar 
va jamoatchilik tashkilotlari bilan aloqalar tizimi bo‘lib, reklamadan 
farqli ravishda asosan notijorat asosda yuritiladi. 
Pablisiti 
— tijorat asosidagi xayriya xabarlari, taqdimotlar yoki 
tovarlar, xizmatlar, firmalar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali 
beriladigan materiallar. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə