O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   235
marketing 57

Savdo madaniyati
— tovar harakatining umumiy yagona silsilasida 
chakana savdo jarayonlarini birlashtiruvchi muhim bir halqa. Chakana 


408 
savdo texnologiyasi xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish korxona-
laridan iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va 
aholining ana shu tovarlarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish 
uchun eng zarur shart-sharoitlar kompleksi sifatida chakana savdo 
korxonalarining o‘zida yaratilishi lozim. 
Savdo markasi 
(ingl. trademark) — 
yuridik jihatdan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan so‘z yoki so‘zlar, nom, rasm, timsol yoki boshqa grafik 
tasvirdan iborat bo‘lgan obyekt.
Savdo tizimi
— xaridor va sotuvchi muloqoti rejimida savdo 
amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, mutaxassislarning 
maslahatlari, infratuzilmali xizmatlar va boshqa qo‘shimcha imkoniyat-
larni ta’minlaydi. 
Sanoat reklamasi
— aholi orasidagi iste’molchilar uchun emas, balki 
sanoatdan foydalanuvchilar va xaridorlar uchun mo‘ljallangan reklama 
bo‘lib, 
business to-business advertising
ya’ni mijoz kompaniyalar uchun 
reklama, deb ham ataladi. Ilgari savdo va texnika reklamasi, deb yuritilgan 
bu atama hozirgi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ishlatiladi.
Servis paneli 
(service panel) — 
xizmat ko‘rsatish va xizmatlar havola 
etiladigan turlri sohalarda xaridorlar ehtiyojlarining maxsus paneli. 
Segmentlashtirish 
(ingl. segmentation) 
— marketing rejalashtirishida 
bir-biriga bog‘lanib qolgan shaxslarni aniqlashtirib olish hamda bir-
biridan ajratishdir. 
Sinama marketing; test marketing 
— bitta yoki tanlab olingan bir 
necha mintaqada o‘z tovarlarini realizatsiya qilish. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə