O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   235
marketing 57

Raqobat muhiti – 
mustaqil sotuvchilar o‘zining tovarini 
mustaqil xaridorlarga sotish uchun harakat qiladigan bozor. O‘ziga hos 


407 
xarakteristik xususiyatlari bilan farq qiluvchi yetakchi xarak-
teristikani yetakchi iste’molchilik darajasiga ega iste’molchilar bozorini 
qismlarga ajratish jarayoni. 
Reklama agenti 
(ingl. publicist) 
— reklama agentligini taqdim etuvchi, 
uning nomidan ishlarni yurituvchi hamda zarur kampaniya va kishilar 
bilan aloqalarni amalga oshiruvchi shaxs. 
Reklama agentligi 
(ingl. advertising agency) — 
o‘z mijozlari uchun 
reklama kampaniyalari tadqiqoti, rejalashtirish, tayyorlash va reklama 
materiallarini joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot. 
Reklama tadqiqotlari

(ingl. advertising research) 
quyidagilardan 
tarkib topgan, jumladan, reklama kampaniyasi o‘tkazishgacha bo‘lgan 
tadqiqotlar; konsepsiya ustida izlanishlar; reklama materialini 
testlashtirish; OAV sohasidagi tadqiqotlar; motivatsiya sohasidagi tad-
qiqotlar, motivatsiya tahlili; reklama kampaniyasi o‘tkazilgandan keyingi 
tadqiqotlar; reklama kampaniyasi samaralarini o‘rganish.
Remarketing 
(ingl. remarketing) — 
mahsulot haddan tashqari 
ko‘payishi oqibatida unga bo‘lgan talab pasaygan davrda qo‘llanadigan 
marketing turi. Remarketing faoliyatining asosiy vazifasi — bozorda 
talabni qondirishning yangi imkoniyatlarini izlab topishdan iborat, buning 
uchun tovarga bozor yangiliklarini singdirish, firma faoliyatini yangi 
bozor sharoitiga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va hokazolarni amalga 
oshirish talab qilinadi.
Savdo baryeri
— mamlakatlar o‘rtasida, odatda, tariflar, kvotalar 
yoki valuta nazorati ko‘rinishida amalga oshiriladigan tovarlar va 
xizmatlar erkin ayirboshlanishini sun’iy ravishda cheklash. 
Savdo belgisi
— yuridik yoki jismoniy shaxslarning mahsulotlari yoki 
xizmatlarini individuallashtirish (boshqalardan farqlash) uchun xizmat 
qiladigan alohida belgi, so‘z, ism, ibora, tasvir, raqamlar, harflar, tovush 
yoki aralash shaklda bo‘lishi mumkin. Intellektual mulkning bir turi. 
Savdo menejeri 
(ingl. sales manager) 
— mahsulot o‘tkazish va 
sotish bo‘limi va uning alohida tovar yoki guruhi bilan ish ko‘rishi uchun 
mas’ul bo‘lgan rahbar. Kompaniya direktoriga hisobot berish, savdo va 
marketing bo‘yicha direktorga hisobot berish, sotuvchilar to‘g‘risidagi 
yozma hisobotlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ko‘pincha savdo va 
rahbar personalini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tijorat 
direktori vakolatlari sirasiga kiradi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə