O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Muallif “Ekonometrika” tushunchasining mazmuni



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/117
tarix21.06.2023
ölçüsü6,89 Mb.
#118366
növüУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117
Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

Muallif
“Ekonometrika” tushunchasining mazmuni
R. Frish 
«...uchta tashkil etuvchi-statistika, iqtisodiy nazariya va matematika 
fanlarining birlashuvidir» 
Ts. Grilixes 
«...bizni o„rab turgan iqtisodiy dunyoni o„rganish uchun bir 
vaqtning o„zida bizning teleskopimiz hamda mikroskopimizdir» 
E. Malenvo 
«...bizning hayoliy iqtisodiy tasavvurlarimizni empirik mazmun 
bilan to„ldiradi» 
S. Fisher 
«...iqtisodiy o„zgaruvchilar o„rtasida o„zaro aloqalarni o„lchash 
uchun statistik usullarni ishlab chiqish va qo„llash bilan shug„ullanadi» 
S. Ayvazyan 
«...sifat jihatdan o„zaro bog„lanishlarga miqdoriy ifodani berishga 
imkon beruvchi usullar va modellar to„plamini birlashtiradi» 
1.2.-rasm.Ekonometrika tushunchasining mazmuni 
Garchi o„lchash ekonometrikaning muhim qismi bo„lsada, quyidagi sitatalardan 
ko„rish mumkinki, ekonometrikani qo„llash sohasi yanada kengroqdir: 
"Ekonometrika iqtisodiyotning roliga bo„lgan ma‟lum qarashlar natijasidir
bunda iqtisodiy ma‟lumotlarga matematik statistikani qo„llash orqali matematik 
iqtisodiyot bo„yicha tuzilgan modellar va olingan miqdoriy natijalarni empirik 
qo„llab-quvvatlash imkonini beradi"
1

"...ekonometrika mantiqiy mushohada qilishning mos keluvchi metodlari 
asosida kuzatuvlar va nazariyani parallel ishlab chiqishga asoslangan real iqtisodiy 
hodisalarni miqdoriy tahlilqiladi"
2

"...ekonometrika ijtimoiy fan sifatida aniqlanashi mumkin, unda iqtisodiy 
nazariyava matematikaning instrumentlari hamda statistik xulosalar iqtisodiy 
hodisalarni tahlil qilishda qo„llaniladi"
1

"...ekonometrika iqtisodiy qonunlarni empirik aniqlash bilan shug„ullanadi".
2
1
Gerhard Tintner. 
Methodology of Mathematical Economics and Econometrics, 
The University of Chicago Press
Chicago, 1968, p. 74. 
2
P.A. Samuelson, T.C. Koopmans, and J.R.N. Stone, “Report of the Evaluative Committee for 
Econometrica
”, 
Econometrica, 
vol. 22, no. 2, April 1954, pp. 141–146. 
1
Arthur S. Goldberger, 
Econometric Theory, 
John Wiley & Sons, New York, 1964, p. 1. 
2
H. Theil, 
Principles of Econometrics, 
John Wiley & Sons, New York, 1971, p. 1. 


16 
"Ekonometristning san‟ati bo„lib, u egalik qilgan ma‟lumotlar bo„yicha eng 
yaxshisini qabul qilishga imkon beruvchi, bir vaqtning o„zida etarlicha konkret va 
etarlicha haqqoniy hisoblangan farazlar to„plamini topishdan iborat"
3

"Ekonometristlar ...iqtisodiyotning yomon imidjini (miqdoriy yoki boshqa 
ko„rinishda)" yo„qotish harakatlariga ijobiy tomondan yordam beradi"
4

"Ekonometrik tadqiqotlar metodi mazmuni bo„yicha iqtisodiy nazariya va 
haqiqiy o„lchovlarni statistik xulosalar nazariyasi va metodikasidan foydalanib 
birlashtirishga yo„naltirilgan"
5

Ekonometrikani aniqlash bo„yicha yondashuvlar tahlili hamda ekonometrika 
fanining holati ayrim masalalarni echishga erishishda ushbu fanning maqsadini 
shakllantiradi. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə