O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/117
tarix21.06.2023
ölçüsü6,89 Mb.
#118366
növüУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117
Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

Ekonometrikaning maqsadi
- bu real iqtisodiy obyektlarni modellashtirish va 
miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ekonometrikaning vazifalari
(1.3-rasm):
 
1) Modelni spetsifikatsiya qilish - empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni 
tuzish. 
2) Modelni parametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini baholash. 
1.3-rasm. Ekonometrikaning vazifalari 
3
E. Malinvaud, 
Statistical Methods of Econometrics
Rand McNally, Chicago, 1966, p. 514. 
4
Adrian C. Darnell and J. Lynne Evans, 
The Limits of Econometrics, 
Edward Elgar Publishing, Hants, England, 1990, 
p. 54. 
5
T. Haavelmo, “The Probability Approach in Econometrics” Supplement to 
Econometrica, 
vol. 12, 1944, preface p.iii. 
Ekonometrikanining vazifalari
 
Modelni 
spetsifikatsiyalash
Modelni 
parametrlashtirish
Modelni 
verifikatsiyalash
Modelni
prognozlash 
Empirik tahlil 
uchun 
ekonometrik 
modellarni tuzish
Tuzilgan model 
parametrlarini 
baholash
Butun
model 
parametrlari 
sifatini tekshirish
Ekonometrik 
modellashtirish 
natijalari bo„yicha 
aniq iqtisodiy 
hodisalar uchun 
prognozlar tuzish va 
tavsiyalar ishlab 
chiqish


17 
3) Modelni verifikatsiya qilish - model parametrlari sifatini va butun 
modelning o„zini tekshirish. 
4) Model asosida prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish natijalari 
bo„yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va tavsiyalar ishlab chiqish. 
Ekonometrikaning metodologiyasi
1
.
Ekonometristlar iqtisodiy muammoni 
tahlil qilishda qanday yo„l tutadilar, ya‟ni ularning metodologiyasi nimalardan iborat? 
Ekonometrika metodologiyasi bo„yicha bir necha maktablar mavjud, lekin biz bu 
yerda hozirgacha iqtisodiyot va boshqa ijtimoiy fanlarningempirik tadqiqotlarida 
ustunlik qilib kelayotgan an‟anaviy yoki klassik metodologiyani keltirib o„tamiz
2

An‟anaviy ekonometrik metodologiyalar quyidagi yo„nalishlarda olib boriladi: 
1. Nazariya yoki gipotezaning qo„yilishi. 
2. Nazariyaning matematik modelini aniqlashtirish. 
3. Statistik yoki ekonometrik modelni aniqlashtirish. 
4. Ma‟lumotlarni to„plash. 
5. Ekonometrik model parametrlarini baholash. 
6. Gipotezalarni testdan o„tkazish. 
7. Prognozlash yoki oldindan aytib berish. 
8. Boshqarish maqsadlari uchun modeldan foydalanish. 
Yuqorida keltirilgan qadamlarni izohlash uchun Dj.M.Keynsning iste‟mol 
nazariyasini ko„rib chiqamiz. 
1. Nazariya yoki gipotezaning qo„yilishi. 
Keyns ta‟kidlaydiki "...fundamental psixologik qonun shundan iboratki, 
qoidaga ko„ra erkaklar (ayollar) o„zlarining o„rtacha daromadlari ortishi bilan 
daromadga nisbatan unchalik katta bo„lmagan darajada o„zlarining iste‟mollarini 
oshirishga harakat qiladilar"
1

1
Gujarati, Damodar N.Basic econometrics / Damodar N. Gujarati, Dawn C. Porter. 5th ed.New York, NY McGraw-
Hill/Irwin2009. р.2. 
2
Эконометрика методологияси билан батафсилроқ танишиш учун қуйидагича қаранг.David F. Hendry, 
Dynamic 
Econometrics, 
Oxford University Press, New York, 1995. See also Aris Spanos, 
op

cit

1
John Maynard Keynes, 
The General Theory of Employment, Interest and Money
Harcourt Brace Jovanovich, New 
York, 1936, p. 96. 


18 
Qisqacha aytganda, Keyns iste‟molga bo„lgan chekli moyillik (
MRS
) bu 
daromadning bir birlikka (1 dollarga) o„zgarishi bilan iste‟moldagi o„zgarishning 
tezligi bo„lib, noldan katta, ammo 1 dan kichik deb faraz qilgan. 
2. Iste‟molning matematik modelini spetsifikatsiya qilish. 
Keyns daromad va iste‟mol o„rtasida musbat o„zaro bog„liqlik mavjudligini 
aytgan bo„lsada, ular o„rtasida bog„liqlik qaysi shaklda ekanligini aniqlashtirmagan. 
Soddalik uchun, iqtisodchi-matematik Keynsning iste‟mol funksiyasini quyidagi 
ko„rinishda taklif qilishi mumkin: 
1
0
,
2
2
1
X
Y
(1.1) 
bu yerda 
Y
- iste‟mol uchun xarajatlar va 
X
- daromad, 
1
va 
2
lar modelning 
ma‟lum parametrlari va mos ravishda burchak koeffitsientlari hisoblanadi. 
2
burchak koeffitsienti iste‟molga bo„lgan chekli moyillikni o„lchaydi. (1.1) 
tenglama geometrik tarzda 1.4-rasmda keltirilgan.

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə