O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/117
tarix21.06.2023
ölçüsü6,89 Mb.
#118366
növüУчебное пособие
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

 
 
 


13 
1. EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI 
 
1.1. Ekonometrika asoslarifanining maqsadi va vazifalari. 
1.2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi. 
1.3. Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o„zgaruvchilar. 
1.4. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari. 
 
1.1. Ekonometrika asoslarifanining maqsadi va vazifalari 
Ekonometrikani o„rganish iqtisodiyotga oid har qanday fanning asosiy 
mohiyatini belgilaydi va u har bir iqtisodchining savodli bo„lishini ta‟minlaydi deyish 
mubolag„a bo„lmaydi. Buning sababi hozirgi kunda amaliy iqtisodiyotning ahamiyati 
uzluksiz ravishda ortib borishi hamda miqdoriy hisoblash va iqtisodiy nazariyalar va 
gipotezalarni baholash har qachongidan ham ko„proq zaruriyatga aylanib borishidadir. 
Nazariy iqtisodiyotga ko„ra ikki va undan ortiq o„zgaruvchi orasida bog„liqlik mavjud 
bo„lsa, amaliy iqtisodiyot kundalik hayotiy vaziyatlarda bu bog„liqlikning dalilini talab 
qiladi. Real ko„rsatgichlarni qo„llab, iqtisodiy bog„liqlikni hisoblash usullarini 
o„rgatuvchi fan ekonometrikadir
1

So„zma-so„z ekonometrika iqtisodiyotda o„lchashni anglatadi. 
Mohiyatiga ko„ra ekonometrika o„z ichiga iqtisodiy ma‟lumotlarni tahlil 
qilishda ishlatiladigan barcha statistik va matematik texnikalarni qamrab oladi. 
Iqtisodiy ma‟lumotlardan bu statistik va matematik vositalari yordamida 
foydalanishdan asosiy maqsad, muayyan iqtisodiy taklif va modellarni isbotlash yoki 
rad etishga harakat qilishdir. 
Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy matematika, iqtisodiy 
statistika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning o„zaro 
bog„liqligi va rivojlanishining natijasi sifatida ajralib chiqkan va shakllangan. 
1
Gujarati, Damodar N.Basic econometrics / Damodar N. Gujarati, Dawn C. Porter. 5th ed.New York, NY McGraw-
Hill/Irwin2009. р.1. 


14 
Ekonometrika asoslari fani o„zining predmeti, maqsadi va tadqiqot 
masalalarini shakllantiradi. Shu bilan birga ekonometrika asoslarining mazmuni, 
uning tarkibi va qo„llanilish sohasi yuqorida keltirilgan fanlar bilan doimo aloqada 
bo„ladi.
1
Ekonometrika asoslarining boshqa fanlar bilan o„zaro aloqasi quyidagilarda 
namoyon bo„ladi (1.1-rasm). 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə