O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/117
tarix21.06.2023
ölçüsü6,89 Mb.
#118366
növüУчебное пособие
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta

 
 
 
4. JUFT KORRELYATSION-REGRESSION TAHLIL 
 
4.1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog„likliklar turlarini o„rganish. 
4.2. Korrelyatsiya koeffitsientining turlari va hisoblash usullari. 
4.3. Chiziqli va chiziqsiz regression bog„lanishlar. 
4.4.Korrelyatsion-regression tahlilda eng kichik kvadratlar usulining 
qo„llanilishi. 
 
Tayanch iboralar: bog„lanish, korrelyatsion bog„lanish, chiziqli, chiziqsiz 
bog„lanish, regressiya, eng kichik kvadratlar usuli. 
 
4.1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog„likliklar
turlarini o„rganish 


43 
 
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o„rtasidagi o„zaro bog„lanishlarni o„rganish 
ekonometrika fanining muhim vazifalaridan biridir.
Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko„rsatkichlar ishtirok etadi, biri bog„liq 
bo„lmagan o„zgaruvchilar, ikkinchisi bog„liq o„zgaruvchilar hisoblanadi.
Birinchi turdagi belgilar boshqalariga ta‟sir etadi, ularning o„zgarishiga 
sababchi bo„ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar 
esa natijaviy belgilar deyiladi. 
Masalan, iste‟molchining daromadi ortib borishi natijasida uning tovar va 
xizmatlarga bo„lgan talabi oshadi. Bu bog„lanishda talabning ortishi natijaviy belgi, 
unga ta‟sir etuvchi omil, ya‟ni daromad esa omil belgidir. 
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil 
qiymatlari mos keladigan bog„lanish korrelyatsion bog„lanish yoki munosabat 
deyiladi.
Korrelyatsion bog„lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda 
omillarning to„liq soni noma‟lumdir. Shuning uchun bunday bog„lanishlar to„liqsiz 
hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos. 
Korrelyatsiya so„zi lotincha 
correlation
so„zidan olingan bo„lib, o„zaro 
munosabat, muvofiqlik, bog„liqlik degan ma‟noga ega. 
Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bog„lanish 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə