O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə91/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Asosiy savollar 

1. Inflyatsiya tushunchasi va uning turlari 

2. Talab va taklif inflyatsiyasi. 

3. Inflyatsiya va ishsizlik: Fillips egri chizig’i 

4. Hukumatning inflyatsiyaga qarshi siyosati 

5. Inflyatsiyaning oqibatlari 

Pul chop etish soliqqa tortishning

bosh tortish eng qiyin bo’lgan va ayni paytda eng zaif,

qo’lidan boshqa hech narsa kelmaydigan hukumatning

ham qo’lidan keladigan shaklidir. 

Jon M. Keyns, angliyalik iqtisodchi
Inflyatsiya umumjahon miqyosidagi iqtisodiy muammo sifatida XX asrda
oltin standartidan voz kechilib, davlat xarajatlarini moliyalashtirishning inflyatsion
usuli keng tarqalgandan paytdan boshlab keskin namoyon bo’la boshladi.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda XX asr davomida narxlar oshib bordi.
Inflyatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarni egallab oldi, ularning ko’pchiligi 
giperinflyatsiya g’alayonlarini ham boshdan kechirdilar. Bir qator mamlakatlarning
XX asr oxirida bozor iqtisodiyotiga o’tishi bu mamlakatlarda ham kuchli 
inflyatsion tendensiyalarni vujudga keltirdi. Inflyatsiya muammosi Rossiya uchun
ham dolzarb muammo bo’lib qoldi. 
Bularning barchasi inflyatsion jarayonlarni, shuningdek, inflyatsiyaga qarshi
siyosatni amalga oshirishning mumkin bo’lgan variantlarini tahlil qilishni taqozo 
etmoqda.


1. Inflyatsiya tushunchasi va uning turlari 


Inflyatsiya - mamlakatda umumiy narxlar darajasining o’sishidir.
Bu ta’rifda “umumiy” degan so’zga e’tibor qaratish lozim. Shuni nazarda 
tutish kerakki, inflyatsiya haqida so’z yuritganimizda bizni qandaydir ayrim
bozorlardagi tovar yoki xizmatlarning narxi oshganligi emas, balki aynan narxlar 
darajasining umumiy o’sishi qiziqtiradi.





Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə