O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə94/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar
taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo 
bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning baholari oshib
boradi. Hatto ish bilan bandlik va YAIM ishlab chiqarish kamaygan yillari 
tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot
birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, 
xom ashyo va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham
oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining
buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab 
chiqarish omillari bahosining keskin ko’payishidan kelib chiqadi.
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki 
kutilmayotganiga ham bog’liq.
Inflyatsiyani iqtisodiy agentlar tomonidan tahlil qilish tamoyillariga qarab, 
kutilgan va kutimagan inflyatsiyaga ajratish mumkin.

Kutilayotgan inflyatsiya – bunda iqtisodiy agentlar inflyatsiya darajasini
yildan-yilga ma’lum darajada dinamik o’sishini oldindan biladilar.


Kutilmagan inflyatsiya – bunda narxlar kutilmaganda birdaniga yuqori
darajada o’sib boradi va bu holat iqtisodiy agentlar uchun kutilmagan xolat bo’ladi.


Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad oluvchi inflyatsiyaning u
olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi darajasini saqlab 
qolish chorasini ko’radi.

Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o’rtasida
kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyatsiya 
daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad
oluvchilar o’rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif 
inflyatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri
bilan qo’shilib ketadi.
Agarda taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarishni to’xtab qolishi va YAIMni
ortda qolishi bilan birga bo’ladigan bo’lsa bu holat stagflyatsiya deyiladi.



Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə