O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

.
2015 yilning oxirida ―IKEA‖
 
korxonasidagi ishchilar soni - 155 000ta.2015 
yildagi daromad €31,9 mlrd.ni tashkil qildi. 
Savollarga javob bering: 
- ―IKEA‖ korxonasining jahon bozoridagi strategiyasi haqida so‘zlab bering? 
-Hozirgi kunda korxona qanday natijalarga erishdi? 
-Korxona bunday omadga erishishi nimaga bog‘liqdir?
41
41
http://www.ibscdc.org/ IBS Case Development Centre


64 
Glossariy 
Kommunikatsiya
– 
axborot almashuvi.
 
Kommunikatsiya tarmoqlari

 
suhbatlashuvchilar o‘rtasidagi aloqa 
o‘rnatish vositalari. 
Menejmentning funksiyalari -
innovatsiyalarni amalga oshirishda hal 
qilinadigan umumiy vazifalar tarkibi. 
Qaror – 
bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. 
Strategiya -- 
tashkilot tomonidan maqsadga yetish uchun uzun vaqtga 
tuzilgan reja. 


65 
3-BOB. INNOVATSION FAOLIYATNING TASHKILIY SHAKLLARI 
3.1.Yangi turdagi tashkilotlarda integratsiyalashish va har tomonlama 
rivojlanish jarayonlari.
3.2.Kompaniyaning har tomonlama rivojlanish strategiyasi.
3.3. Innovatsion faoliyatning yangi tashkiliy shakllari. 
3.4. Innovatsion markazlar. 
3.5. Yangi mahsulot ishlab chiqarishning yettita bosqichi 
3.1.Yangi turdagi tashkilotlarda integratsiyalashish va har tomonlama 
rivojlanish jarayonlari 
 
Yangi tipdagi tashkilotlarda integratsiyalashish va diversifikatsiyalashning 
o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi jarayonlaridan keng foydalanilmoqda. Vertikal 
integratsiyalashuv yoki oldingi bosqichlar bilan kombinatsiyalash yagona tashkilot 
doirasida hamda doimiy kontraktlar negizida tashkil etilishi mumkin. 
Intergatsiyalashuv kompaniyaning ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini 
faollashtirishga qaratilgan.
Aralash korporativ- bozorli asosda bir tomondan innovatsion sikldagi barcha 
bo‘g‘inlarning integratsiyalashuviga asoslangan, ikkinchi tomondan esa 
innovatsion biznesning alohida firma, korxona va boshqa tashkilotlar faoliyatining 
o‘zaro hamda bozor iqtisodiyotining institutlari bilan muvofiqlashuvi va birdamligi 
konsolidatsiyasining mexanizmlarini yaratishga asoslangan doimiy yoki vaqtincha 
tipdagi yangi tashkiliy tuzilmalar shakllanmoqda. 
Bunday 
firmalararo integratsiyalashuvning o‘ziga xosligi sheriklar 
faoliyatining tashqi muhitga maksimal darajada moslashuvi va zarur 
konsolidatsiyasi hamda vaziyatga mosligidadir. U iqtisodiy tashkilotning oraliq 
shakllari tipidagi tashkiliy tuzilmalarda o‘zining eng yuksak qiymatiga erishuvchi 
sinergetik samara bilan tavsiflanadi. Bunday tashkilotning bir qismi institutsional 
tarkibiy elementlarni o‘z ichiga oladi. O‘zaro integratsion-tarkibiy ta‘sirlashuvning 
eng ilg‘or shakllari moliyaviy-sanoat guruhlarida hamda yangi innovatsion 


66 
tadbirkorlik sohalarida vujudga keladi. Integratsion - tarkibiy konsolidatsiyalashuv 
mexanizmi venchurli tadbirkorlikda to‘laroq ro‘yobga chiqqan. 
Kelajakning innovatsion jarayoni uchun ko‘p sonli moliyaviy, bozorga 
tegishli, ilmiy va davlat institutlari bilan integratsiyalashgan venchur kapitalga 
tayanish xosdir. Innovatsion faoliyatning institutsional tuzilmalaridagi xatarli 
sarmoyalarni taqsimlanishi 3.1-rasmda keltirilgan. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə