O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

 
To‘g‘ri qilingan biznes – tahlil tahlilchilar ishi uchun vaqt va mablag‘ talab 
qiladi, tahlilchilar moliyaviy, marketing, muhandislik, strategic rejalashtirish 
sohalarida tajriba va bilimga ega bo‘lishi lozim. 
Biznes – tahlilning asosiy maqsadi – yangi mahsulotdan keladigan daromadni 
baholashdan iboratdir. 
Bunday tahlil bozor tahlilini, bozor potensialini baholash, mahsulotga 
ishlatiladigan 
harajatlarni 
hisoblash, 
ishlab 
chiqarishga 
ishlatiladigan 
investitsiyalarni hisoblash, mahsulot marketingiga ishlatiladigan harajatlarni 
baholash, mahsulot narxini aniqlashni o‘z ichiga qamrab oladi. 
5. Mahsulotni ishlab chiqarish 
Mahsulotni ishlab chiqarish
 
bu olimlar, muhandislar tomonidan yangi 
mahsulot ishlab shiqarish jarayoni. Ba‘zi tashkilotlarda ilmiy ishlar olib boruvchi 


91 
bo‘limlarda yangi mahsulot g‘oyalari paydo bo‘ladi. Bu esa tashkilotdagi g‘oyalar 
eskirishiga olib keladi. 
Shuning uchun ham texnologiyalarni yaxshilashga harakat qilgan tashkilot 
yangi mahsulotlarni boshqarish uchun strategiyalarga ega bo‘lishi lozim. 
Bu vaziyatda ilmiy – izlanishlar bo‘limi tashkilotning kuchli yoki kuchsiz 
tomoniga aylanadi, chunki ularning omadli bo‘lishi kerakli vaqtda yangi 
texnologiyalar ishlab chiqarishiga bog‘liqdir.
Texnologiyalarni yaxshilash niyatida bo‘lgan tashkilotlarda marketing bo‘limi 
asosiy vazifani bajaradi, chunki u ilmiy – izlanish bo‘limining ishlari ehtiyojlarni 
qondiryaptimi shuni aniqlashi lozim. Agarda ilmiy - izlanish bo‘limiga bozor 
ehtiyojlari haqida ma‘lumotlar kelmasa, yangi mahsulot mijozlarga yoqmasligi 
riski kattadir.
Mahsulot portfelining tez-tez tekshirib turilishi ishlab chiqarilayotgan 
loyihalarni tahlil qilishni va mahsulotga talabni o‘rganib chiqishni o‘z ichiga oladi. 
Ijobiy natija loyiha maksimal tezlikda oldinga bormoqdaligini ko‘rsatadi. Shu bilan 
birga mijozlar ehtiyojlari haqidagi bozordan kelayotgan ma‘lumotlar, yangi 
mahsulot ishlab chiqarishda va uni targ‘ib etishda katta ahamiyatga egadir.
6. Yangi mahsulotni bozorda tahlil qilish yoki test o‘tkazish 
Test o‘tkazish – yangi mahsulot ishlab chiqarish jarayonidan biridir. U yangi 
mahsulot g‘oyalarni test qilishdan boshlanadi, so‘ngra laboratoriya natijalari tahlil 
qilinadi. Mahsulot sotuvga tayyor bo‘lganidan so‘ng birinchi qism ishlab 
chiqariladi. 
Bu tajribaning javoblarini mahsulotni narxini, sifatini bilish uchun yaxshilab 
o‘rganib chiqish lozim,. So‘ngra mahsulot bozorda testan o‘tadi.
Yangi mahsulot ishlab chiqarish foydasini aniqlashda yettita marketing 
usullari qo‘llanadi: 
1.Ikkinchi marotaba tadqiqot o‘tkazish (Desk Research) – buning uchun 
tayyor ma‘lumotlardan foydalaniladi, ya‘ni internet manbalaridan, statistika 
ma‘lumotlardan. 


92 
2.Focus - guruhlar – bu o‘xshash jihatlarga ega bo‘lgan aholining turli xil 
qatlamlari orasida o‘tkaziladigan guruh intervyusi. 
3.Pochta orqali so‘roqlar – har bir mijozga to‘ldirish uchun savollar anketasi 
yu
bo
riladi. 
4.Telefon orqali so‘roqlar – tez ma‘lumot yeg‘ishning yo‘li. Oldindan tanlab 
olingan raqamlarga hodimlar qo‘ng‘iroq qilishadi va anketa bo‘yicha savol – javob 
o‘tkazishadi. 
5.Intervyu (Face – to - face) – respondent bilan shaxsiy intervyu.
6.Product Placement – yashirin reklama, ya‘ni kinolarda, kliplarda, kompyuter 
o‘yinlarida bu mahsulot bilan foydalanishadi; 
7.Sinov marketingi – 100 – 400 gacha guruh tomonidan yangi mahsulot 
sinovdan o‘tadi, keyin qatnashchilarning fikrlari o‘rganib chiqiladi. 
Mahsulotni bozorda o‘tkazilgan test natijalarida quyidagilarni bilib olsa 
bo‘ladi: 
-
Mijozlarning yangi mahsulotga ta‘siri haqidagi ma‘lumot 
-
Mahsulot ishlatiladigan sohalar aniqlanadi 
-
Asosiy bozorlar aniqlanadi 
-
Sotib olish uchun qanday omillar ta‘sir etishini aniqlash 
-
Mahsulotga talab pasayish sabablarini aniqlash 
-
Sotishni alternativ usullarini testdan o‘tkazish. 
7. Tijorat
Tijorat bosqichida tashkilot o‘z kuchini yangi mahsulot marketingiga 
yo‘naltiradi. Yangilik tashkilotning boshqa mahsulotlari orasida o‘z o‘rnini topadi.
Yangi mahsulotning marketing programmasi uzoq va qisqa muddatga 
strategik rejalarni tuzishni o‘z ichiga oladi. Asosiy e‘tiborni reklama, kattaloglarga 
ajratish lozim.
Yangi mahsulot haridorlarga taqdim qilinadi. Bu taqdimotda yangi 
mahsulotning boshqalarga nisbatan afzalliklari namoon qiladi. Agarda mahsulot 
haridorlar tomonidan maqullansa uni bozorga olib chiqish ishlari boshlanadi. 


93 
Yangi mahsulot yaratish tashkilot tomonidan tinimsiz izlanishlarni talab 
qiladi. Lekin mijozlarga kerakli bo‘lgan mahsulot taqdim qilinsa tashkilot uchun 
katta daramodga aylanishi mumkin.
49

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə