O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

3.4.Innovatsion markazlar 
Ilmiy g‘oyani ishlab chiqish va keyinchalik uni ro‘yobga chiqarishda yangi 
tashkiliy tuzilmalar - innovatsion markazlar eng katta rol o‘ynaydi. Bular 
yangiliklarni joriy qilishning integratsiyalashgan tuzilmasiga ega bo‘lgan, 
universitetlar va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarini o‘z ichiga oladigan, 
texnologik jihatdan faol majmualardir. Ushbu modeldagi innovatsion biznes keng 
innovatsion infratuzilma ichidagi barqaror o‘zaro aloqalarni saqlab turadi, 
norasmiy axborot almashinuvi va yangiliklarni sotish kanallarini shakllantirish 
bo‘yicha rivojlangan tarmoqlarga ega. Bundan alyansning eng mashhur varianti 
Silikonli vodiy hisoblanadi. 
Birinchi innovatsion markazlar AQSHda 1960 yilda paydo bo‘lgan. Bu 
markazlar ikkita vazifani bajarish uchun barpo qilingan: 
-
Birinchidan – kichik biznesni rivojlatirish uchun; 
-
Ikkinchidan – bor texnologiyalar yordamida xalqni ehtiyojlarini qondirish. 
Yevropada innovatsion markazlar 1980 yilda paydo bo‘lgan. Innovatsion 
siyosatni rivojlantiruvchi deb innovatsion markazlar hisoblanadi. Har bir davlatda 
innovatsion markazlarni joriy qilishda o‘ziga hoslik bor. Lekin hamma innovatsion 
markazlarning asosiy vazifasi – bu texnologiyalar transferi.
45
Silikon Vodiysi (Silicon Valley) – yangi texnologiyalar (High Technology) 
hududi. Bu alyansning paydo bo‘lishi kichik hadudta universitetlar, tashkilotlar
yangiliklar moliyaviy manbalari jamlangani natijasidir. AQSHda va boshqa 
davlatlarda shunga o‘xshash alyanslar tuzilganiga qaramay, Silikon Vodiysi 
investitsiyalar soni bo‘yicha birinchi pog‘anani egallab kelmoqda. 
45
Paul Trott,«Innovation Management and New Product Development», 2011,-p..223.


81 
Silikon Vodiysi nomi diodlar, mikrosxemalar ishlab chiqarishda silicon – 
ya‘ni kremniy bilan foydalanishga bog‘liqdir. Birinchi bo‘lib bu nom 11 yanvar 
1971 yida Don Xefler tomonidan qo‘llanilgan. U o‘zining ―Silicon Valley USA‖ 
nomli maqolalarini chop etgan. Silikon Vodiyda ko‘pgina texnologik tashkilotlar 
joylashgan: Adobe, Apple, Cisco, eBay, Facebook, Google, Intel, Oracle, Xerox.
Bundan tashqari bu yerda ta‘niqli universitetlar joylashgan: 
-
San – Xose Universiteti 
-
Santra – Klara Universiteti 
-
Stenford Universiteti 
Hozirda Silikon vodiysi texnologik markazlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinni 
egallab kelmoqda (Nyu -York va Vashingtondan keyin). Bu yerda har 1000 
ishchiga 286 ta IT – sohasidagi ishchilar to‘g‘ri keladi. Daromad ham AQSHdagi 
o‘rnatilgan ―o‘rtacha daromaddan‖ yuqori, ya‘ni bitta oilaga yiliga $76 500.
46

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə