O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


-rasm.  Texnopark ta‟sischilari va ular tomonidan yechiladigan



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

 
3.5-rasm.
 Texnopark ta‟sischilari va ular tomonidan yechiladigan 
masalalarning bazaviy chizmasi
48
 
48
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.
Tехnopаrk: 
-
Bilimlаr, kаshfiyotlаrni tехnologiyalаrgа аylаntirish; 
-Tехnologiyalаrni tijorаt mаhsulotigа аylаntirish; 
-Tехnologiyalаrni 
IL sеktori orqаli sаnoаtgа 
topshirish; 
-Ko‘p ilm istе‘mol qiluvchi firmаlаrni shаkllаntirish; 
-tаdbirkorlаrni tаyyorlаsh. 
Mintаqа shаhаr, tumаn 
Boshqа tuzilmаlаr: 
(boshqаruvning 
mаrkаziy 
idorаlаri,jаmoа 
tаshkilotlаri vа 
h.k.) 
Moliya institutlаri 
Tаdbirkorlаr 
Sаnoаt 
Hokimiyatning 
mаhаlliy vа 
mintаqаviy 
idorаlаri 
Univеrsitеtlаr 
Ilmiy mаrkаzlаr 


84 
 
Inkubatorlarning ajralib turgan alomati va tashkiliy xususiyati shundan 
iboratki, ular aniq tovarni emas, mustaqil xo‘jalik subyektini ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadilar. 
Shunday 
qilib, 
yangi 
kichik 
innovatsion 
firmalar 
texnoparklarning ―mahsuloti‖ bo‘ladi. Inkubatorda har xil ishlab chiqarish 
birliklarini bo‘lishi firmalarga ularni ushlab turishga xarajatlarni ancha qisqartirish 
imkoniyatini beradi. Bu yerda, misol uchun, inshootning ijarasi, sekryetarlik, 
telefon, kompyuter xizmatlaridan birgalikda foydalanish uchun pastroq narx 
belgilangan. tadbirkor faoliyatining boshlang‘ich bosqichida inkubator menejerlari 
tomonidan boshqaruv sohasida yordam ko‘rsatiladi, u malakali yuristlar, hisobchi, 
marketologlar xizmatlari tarmog‘iga kira oladi. Inkubatorning, tijorat korxonasi 
sifatidagi daromadlari inshoot va idora uskunalarini ijaraga olish uchun olinadigan 
ijara haqi, turli tuman kasbiy xizmatlarni sotishdan daromadlardan vujudga keladi. 
Biznes parkda firmalarning kengroq turli tumanligi harakat qiladilar. 
Inkubatorda tashkil qilingan, unga tegishli bo‘lgan va texnologiyalarni topshirish 
va ilmiy-maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan mualliflik firmalari; 
inkubatordan chiqqan mustaqil firmalar; yirik korxonalarga tegishli bo‘lgan, 
parkka yirik sanoatning fan, kichik va o‘rta biznes sohasidan o‘tgan bozorning har 
xil talablarini hajmi va vaqti bo‘yicha qanoatlantiruvchi ilmiy tadqiqotlar 
natijalarini o‘zlashtiruvchi firmalar. Ushbu nuqtai nazardan uni tashqi muhitga 
moslashishi tizimning muhim xususiyatidir. Turli tuman talabni qanoatlantirish 
uchun korxona kichik seriyali va noyob mahsulotni ishlab chiqaradi, uning katta 
qismi buyurtmaga, shartnomaga mo‘ljallangan. Bu boshidan ishlab chiqaruvchi, 
yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi barqaror aloqalarning yuqori darajasini 
belgilab beradi. 
Ko‘pgina yapon firmalarining tashqi muhitga yuqori moslashuvchanligi 
sotishlar va marketingni tashkil qilish bilan ham izohlanadi, chunki buyurtamani 
shakllantirish, talab va sotish kanallarini shakllantirish odatda mahsulotni ishlab 
chiqish va ishlab chiqarish bosqichlaridan oldin keladilar. Firmalarni bozor 
talablariga 
yuqori 
moslashuvchanligida 
raqiblarni 
bozorga 
kirishlarini 


85 
chegaralovchi asosiy to‘siqlar tashkilotning raqobat afzalliklarini tashkil qilishga 
qobiliyati bo‘ladi, firmaning ilmiy-texnik tajribasi, texnologiyalarning darajasi va 
yangiligi, patentli monopoliya, tadqiqot bazasining mavjudligi, xodimlarning 
yuqori malakasi ular sifatida bo‘ladi. Firmaning taraqqiyo etishida boyliklar, ijodiy 
yondashish va kasbiy o‘sish va mehnat faoliyatining obro‘sini o‘sishi bilan birga 
bo‘luvchi innovatsion rivojlanish hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarishni 
innovatsion yo‘naltirilganligi boshqaruvning innovatsion xarakteri bilan yaqindan 
bog‘langan: ma‘muriy usullar sotsial-psixologiklar tomonidan siqib chiqariladi, 
xodimning mehnat unumdorligini oshishi esa uni boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishga daxldorligi va sifatan yangi mehnat undovchi sabablar bilan bog‘lanadi. 
Strategik markaz bilan yaqindan bog‘langan kichik bo‘linma xodimlari uchun 
o‘zini yangi-innovatsion faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida ko‘rsatib 
menejerning ishonchini oqlashga harakat qilish xosdir. Kichik bo‘linmalarda 
mehnatga undovchi sabablar sezilarli ravishda kuchaytiriladi, tashabbus 
rag‘batlantiriladi. Boshqaruvning innovatsion xarakteri yana shunda namoyon 
bo‘ladiki, kichik mustaqil innovatsion bo‘linmalar kundalik faoliyatda yirik 
byurokratik tashkilotlar uchun xos bo‘lgan, qarorlarni gorizontal va vertikal 
bo‘yicha muvofiqlashtirishning murakkab tadbirlari bilan bog‘langan emaslar. 
Zamonaviy 
yapon 
korporatsiyalarida 
yuqori 
menejer, 
innovatsion 
yondashishlar va boshqarish ratsionalligi tamoyillariga amal qilgan holda, qattiq 
yoppasiga nazorat qilishni qo‘llashga harakat qilmaydi. Aksina, egiluvchan 
sheriklik aloqalarni mo‘ljallash eng katta samara beradi.
Boshqarish ta‘sirining egiluvchan usullari boshqaruv vazifalarining 
ko‘pchiligi (rejalashtirish, undovchi sabablar, muvofiqlashtirish va nazorat) ga, 
hamda boshqaruv obyektiga. 
Innovatsion 
ishlab 
chiqarishning 
asosida 
texnologik 
tizimlarning 
egiluvchanligi, o‘zgaruvchanligi va moslashuvchanligi, uskunalarni qayta 
sozlanuvchanligi va ishlab chiqarish quvvatlarini qaytadan ixtisoslashtirilganligi 
yotadi. Texnologiyalarni egiluvchanligi va o‘zgaruvchanligi ishlab chiqarishni 
innovatsion jarayonning har xil bosqichlarida parallel ravishda faoliyat yuritish 


86 
asosida gorizontal bo‘yicha tashkil qilish bilan birlashadi. Masalan mashinasozlik 
va asbobsozlikdagi texnologik jarayonlarning ko‘pchiligi diskretli (uzilishli) 
xarakterga ega, bu nou-xauni bildiradi. Bu firmalar belgilangan shartlarda 
texnoparkning xizmatlari: axborot, kommunikatsiya, marketing, patentlitsenziyali, 
reklama nashriyot, lizing, vositachilik va boshqa xizmatlarini xarid qilishlari 
mumkin. Firmani parkda bo‘lishi muddati shartnomada kelishib olingan va 
loyihada istiqbolligi va uni iste‘molchilarga yetkazib berish imkoniyati bog‘liqdir. 
Parkning himoyasi ostida firmalar yangi texnologiyalar, tadbirkorlik usullarini faol 
o‘zlashtiradilar, marketing tuzilmalarida kasb egalaridan foydalanadilar va natijada 
o‘z mahsulotlarining yuqori raqobatbardoshligini ta‘minlaydilar. 
Texnologiyalardan tashqari G‘arbda texnologiyalarni kichik va o‘rta biznesga 
topshirish tizimi keng tarqalgan. Innovatsion markazlar, texnoparklar va 
texnopolislar misolida innovatsion infratuzilmaning ahamiyat ayniqsa sezilarlidir, 
u fanni bozor muhitiga kirishi, ilmiy-texnik sohada tadbirkorlikni rivojlanishi va 
yangiliklarning 
iqtisodiy 
samaradorligini 
oshishiga 
yordam 
beradi. 
Innovatsiyalarning tijorat muvaffaqiyatining ehtimoli maxsus institutlar, 
tashkilotlarni shakllanishi va yagona innovatsion sohada shakllangan innovatsion 
jarayonni ta‘minlash tizimlari tufayli keskin oshadi. 
Innovatsion sohada innovatsion infratuzilma markaziy rol o‘ynaydi, u 
innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun mablag‘larni samarali taqsimlash va 
xizmatlar ko‘rsatishga ko‘maklashuvchi sharoitlar yaratish uchun tashkiliy, 
moddiy, axborot, moliya va kredit bazasidan iborat bo‘ladi. 
Innovatsion infratuzilmaning holati milliy iqtisodiyotning iqtisodiy o‘sish 
modeli va texnologik rivojlanish darajasi bilan mahkam bog‘langan. 
Rivojlanganroq mamlakatlarga xos bo‘lgan iqtisodiy o‘sishning innovatsion 
modeli o‘sishning nobuyumli, innovatsion va axborot omillarining rolini oshishi
hamda ko‘p ilm iste‘mol qiladigan sohalarni juda tez rivojlanishi bilan ta‘riflanadi. 
Bunday mamlakatlarda innovatsion tuzilmani rivojlanishi konsalting, injiring, 
axborot va telekommunikatsion xizmatlarni tashkil qilinishiga asoslangan. 


87 
Innovatsion infratuzilmada ilmiy, davlat va ijtimoiy institutlaridan tashqari 
moliyaviy, investitsion resurslarni jamlanishi va innovatsion faoliyat xatarlarini 
diversifikatsiyalashga yordam beruvchi investitsion institutlar muhim rol o‘ynaydi. 
Bu yerda sug‘urta kompaniyalari, nodavlat nafaqa fondlari, investitsion banklar
investitsion va venchurli fondlar, moliyaviy va investitsion kompaniyalar eng 
muhim investitsion institutlar bo‘ladilar. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə