O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


-rasm.  Innovatsion markazlar tarkibiy elementlari



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

 
3.3-rasm.
 Innovatsion markazlar tarkibiy elementlari 
Innovatsion markazlar tarkibida quyidagilar mavjud: 
-texnologik park (ilmiy, sanoat, texnologik, innovatsion, biznes-park va h.k.); 
-texnopolislar; 
-fan va texnologiya hududlari; 
46
Q1 2010 US results. Money Tree Report. 16 april 2010.
Innovаtsion 
mаrkаzlаr 
infrаtuzilmаsi


82 
-innovatsiya inkubatorlari. 
Texnopark markazlar majmuidan iborat bo‘lib, ularning har biri innovatsion 
xizmatlarning ixtisoslashtirilgan majmuini taqdim etadi.
Texnopolis-bu texnoparklar, inkubatorlar va shaharning hayot faoliyatini 
ta‘minlovchi turli-tuman tuzilmalar majmuidir. Fan va texnologiya hududi 
texnopolislar, texnoparklar, inkubatorlar hamda ilmiy va ishlab chiqarish 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan, tarmoqlangan infratuzilmani o‘z ichiga olishi 
mumkin.
 
3.4- rasm.
 Texnoparkning tuzilishi
47
 
 
Texnopolislar o‘zlari joylashgan hududlarning rivojlanishiga shakllantiruvchi 
ta‘sir ko‘rsatadi, innovatsion faollikni oshirishga, innovatsion infratuzilmani 
shakllantirishga, yangiliklarning tijoratlashuvini jadallashtirishga, sanoatning 
tarkibini qayta qurishga, yangi ish joylarini yaratilishiga, innovatsion faoliyat 
mexanizmlarini takomillashtirishga, sanoat rivojining yuqori fansig‘imliligini 
kuchaytirishga, 
iqtisodiyotning 
innovatsion 
qobiliyatini 
yuksaltirishga 
ko‘maklashadi. 
Texnopolislar o‘zlari joylashgan mintaqalarni rivojlanishiga shakllantiruvchi 
ta‘sir ko‘rsatadilar va quyidagilarga yordam beradilar: 
-innovatsion faollikni oshirish; 
-innovatsion infratuzilmani shakllantirish; 
-yangiliklarni tijoratlashuvini jadallashtirish; 
-sanoatni tarkibiy qayta qurish; 
47
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.
Tехnologik dirеktsiyasi 
ekspеrtlаr kеngаshi 
Kichik korхonаlаr 
Vеnchurli moliyalаshtirish 
firmаlаri 
Jаmoаviy foydаlаnish bo‘linmаlаri 
Konsаlting 
kompаniyalаri 
Tаdqiqot qilish 
lаborаtoriyalаri, tаjribаli 
ishlаb chiqаrishlаr 


83 
-yangi ish joylarini tashkil qilish; 
-innovatsion faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish, innovatsion sohani 
instututsiallashtirish (qandaydir yangi ijtimoiy institutlarni ta‘sis etish); 
-sanoatni rivojlanishining ko‘p ilm talab qilishini kuchaytirish; 
-iqtisodiyotning innovatsion qobiliyatini takomillashtirishga. 
Texnoparkka davlat va mahalliy xokimiyatlar tomonidan rahbarlik qilish 
uchta asosiy yo‘nalish: qonunchilik, moliyalashtirish va rivojlantirish dasturlari
to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hukumat kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvvatlashning yirik ko‘lamli 
dasturlarini ishlab chiqadi, yangi texnologiyalarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi, 
fan va sanoatni kooperatsiyalashishning yordam ko‘rsatadi. davlat moliyaviy va 
qonunchilik yordamidan tashqari mijoz firmalar, hamda ko‘p ilm iste‘mol 
qiladigan korxonalarga har xil kvotalar va subsidiyalarni taqdim etadi. Mahalliy 
hokimiyatlar innovatsion loyiha ustida ishlash va uning asosida kichik ko‘p ilm 
iste‘mol qiladigan firmalarni tashkil qilishga mutaxassislarni jalb qilishga 
ko‘maklashuvchi sharoitlarni taqdim etadilar. Texnopark ta‘sischilari va ular 
tomonidan yechiladigan masalalarning bazaviy chizmasi 3.5 - rasmda ko‘rsatilgan. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə