O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Innovatsion faoliyatning yangi tashkiliy shakllari



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

3.3.Innovatsion faoliyatning yangi tashkiliy shakllari 
Yangi tashkiliy shakllarning o‘ziga xos xususiyatlari faol raqobatni sheriklik 
asosida va individual ijod qilish munosabatlari bilan uyg‘unlashtirish zarurati bilan 
belgilanadi. Bunday birgalikdagi o‘zaro harakatning yangi tashkiliy shakllariga 
qisqa muddatli vaqtinchalik shartnomalardan tortib yirik moliyaviy-sanoat 
guruhlarigacha bo‘lgan har xil turdagi tadbirkorlik assotsiatsiyalari va firmalararo 
alyanslar misol bo‘ladi. Bunday korxonalar orasida yuqori natijaga erishishda 
innovatsion g‘oya katta ahamiyatga ega. 
Innovatsion g‘oya
 
izlanishlar bosqichida dunyoga keladi, so‘ngra izlanish, 
amalga oshirish va ishlab chiqarish zanjirini bosib o‘tadi. 
Yangi mahsulotning innovatsion g‘oyasi
 
birinchi navbatda iste‘molchilar 
ehtiyojlarini qondirishi lozim. Iste‘molchilar tahlili yangi mahsulot unga qanchalik 
zarurligini aniqlashga, bu ehtiyoj yangi mahsulot ishlab chiqarilgan vaqtda 
qanchalik qondirilishini aniqlashga yordam beradi. Bunda vaqt, mahsulot soni, 
ist‘emolchilarning boshqa ehtiyojlari, servis xizmatlar inobatga olinishi lozim.
Shunday qilib innovatsion g‘oya deb yangi mahsulot, ishlab chiqarish yoki 
eski mahsulotni yangilash uchun berilayotgan imkoniyat deb tushunish mumkin. 
Har bir tadbirkor yangi mahsulot yaratishga yordam beruvchi ma‘lumotlar 


70 
manbasini ajratib olishni bilishi lozim. Bunday manbalar bozor va ehtiyojlar 
haqida, yangi texnologiyalar, mahsulotlar, ishlab chiqarish usullari haqida 
ma‘lumot beruvchi bilim bo‘lishi mumkin. 
O‘zlashtirish fazasi innovatsion g‘oyani sanoatda o‘zlashtirishni va bozorga 
yangi mahsulot olib chiqishni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ishlab chiqarish menedjmenti birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnik 
jihatdan tayyorlashga mo‘ljallangan: mahsulot ishlab chiqarish uchun hujjatlarni 
tayyorlash, texnologik tayyorgarchilik, yangi ishlab chiqarishni loyihalashtirish. 
Mahsulot siklining birinchi fazasi – mahsulot yaratish ya‘ni bu fazada 
innovatsion g‘oya imkoniyati va sotish masshtabi baholanadi. 
Bu boradagi boshqaruv yechimlar yangi mahsulot o‘z o‘rnini topish uchun 
bozorda marketing izlanishlar o‘tkazishga mo‘ljallangan. Marketing izlanishlar 
jarayonida talabga nisbatan ishlab chiqarish vaqti, mahsulot soni aniqlanadi. Agar 
g‘oya ijobiy baholansa kerakli izlanishlar va ilmiy ishlar olib borilishi yo‘lga 
qo‘yiladi.
Demak innovatsion faoliyatning asosiy subyektlarini yuridik shaxslar ya‘ni 
tijorat korxonalari tashkil qiladi, ular innovatsion g‘oyalari orqasidan daromad 
olishadi. 
Innovatsion g‘oya paydo bo‘lishi innovatsion loyihaning boshlang‘ich nuqtasi 
hisoblanadi. Innovatsion g‘oyalar paydo bo‘lganidan so‘ng tashkilot oldida eng 
daromadli g‘oyani tanlab olish vazifasi turadi. Innovatsion g‘oyani tanlayotganda 
tadbirkor har tomonlama bu g‘oyani amalga oshirishga mablag‘i, ishchilar 
imkoniyati, texnologiyasini kuchi yetishini o‘ylab ko‘rishi lozim. 
P.Druker innovatsion g‘oyaning yettita manbasini ajratadi: 
-
Tashkilot yoki sohadagi kutilmagan yangilik; 
-
Bizning tassavurimiz va real hayot o‘xshamasliga; 
-
Yangiliklar; 
-
Bozor va soha tarkibidagi kutilmagan o‘zgarishlar; 
-
Demografik o‘zgarishlar; 
-
Qabul qilish, avzodagi o‘zgarishlar; 


71 
-
Yangi bilimlar. 
P.Druker aytishicha innovatsion jarayon o‘zgarishlar izlanishidan va shu 
o‘zgarishlar ijtimoiy va iqtisodiy yangiliklar manbasi sifatida tahlil qilinadi. 
Innovatsion g‘oyaning birinchi 4 manbasini P.Druker ichki deb hisoblaydi, 
chunki bu manbalar tashkilot, soha, xizmat ko‘rsatish ichida bo‘ladi.
Keyingi uchtasi esa tashqi, chunki ular tashkilotdan va sohadan tashqarida 
paydo bo‘lishadi. Lekin bu manbalar orasida chegaralar yo‘q shuning uchun ham 
ular kesishishligi mumkin.
Innovatsion g‘oya tanlashda yoki innovatsiya kiritishda bazi bir narsalarga 
ahamiyat berish lozim: 
-Agar bu innovatsion mahsulot bo‘lsa - bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘la oladimi; 
-
Agar innovatsion loyiha bo‘lsa – real daromad olish va riskni baholash; 
-Shunday qilib tashkilot innovatsion faoliyatidan katta daromad olishni 
xohlasa belgilangan talablarga javob berishi lozim;
-
Yangilikga bozordagi talabni bilish lozim; 
-
Tashkilotda innovatsiyalar rivojlanishi uchun hodimlar ham belgilangan 
talablarga javob berishi lozim; 
-Moliyaviy resurslar chegaralanganda va bozordagi noaniqlik bo‘lganda 
tashkilotdagi boshqaruv salohiyati katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Yuqorida ta‘kidlangandan kelib chiqqan holda aytish mumkin kichik 
innovatsion tashkilotlar samaraliroq hisoblanadi, chunki ularda jiddiy nazorat 
o‘rnatilmagan va qaror qabul qilish tez va egiluvchan bo‘ladi.
44
Bozor iqtisodiyoti kuchli davlat ta‘siriga ega bo‘lgan mamlakatlarda 
assotsiatsiyalar uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini 
aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Bunday assotsiatsiyalar ko‘p hollarda kasaba 
uyushmalari va davlat bilan kelishgan holda faoliyat yuritishi tufayli katta 
muvaffaqiyatlarga erishadilar. Ilmiy-tadqiqot markazlari bunday assotsiatsiyalar 
doirasida yangi texnologik ukladlarni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan mutlaqo 
yangi innovatsion rivojlanish muammolarini hal qiladilar. 
44
F. Kottler «Marketing. Managemet», 816, 2010 –p. 325.


72 
Yangi tashkiliy shakllarni o‘ziga xosligi faol raqobatni sheriklik va shaxsiy 
ijodiyot bilan birlashtirish zarurligi bilan belgilanadi. Vaqtincha qisqa muddatli 
bitimlardan tortib yirik moliya – sanoat guruhlarigacha bo‘lgan tadbirkorlik 
assotsiatsiyalari va firmalararo alyanslar (birlashmalar) bunday o‘zaro 
hamkorlikning yangi tashkiliy shakllari bo‘lganlar. 
Kuchli davlat ta‘siriga ega bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda assotsiyatsiyalar 
uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilashda muhim 
rol o‘ynaydilar. Bunday assotsiyatsiyalar ko‘pincha kasaba uyushmalari va davlat 
bilan kelishuvlarga egalar, bu ularning muvaffaqiyatini belgilab beradi. 
Bunday assotsiatsiyalarning ilmiy – texnik markazlari yangi texnologik 
tartibni shakllantirish bilan bog‘liq asosan yangi innovatsion rivojlanishning 
muammolarini hal qiladilar. 
Sanoat innovatsiyalarini tatbiq etish, o‘zlashtirish va tarqatilishi jarayonlarida 
sohaviy assotsiatsiyalar alohida rol o‘ynaydilar, ular Yaponiyada tashqi savdo va 
sanoat vazirligi homiyligi ostida ko‘proq tarqalganlar. Rossiyaning sohaviy 
assotsiatsiyalari ham ko‘p ilm talab qiluvchi ishlab chiqarishlar, asbobsozlik, 
mashinasozlik va h.k. rivojlanishida katta rol o‘ynaganlar. 
Agar sanoat kompaniyalarining milliy assotsiatsiyalari deb ataluvchilar 
(masalan, AQShda) mamlakatning ilmiy – texnik rivojlanishining milliy 
ko‘rinishini belgilab bersalar, ko‘pgina mintaqalarda sanoat firmalari sohaviy 
assotsiatsiyalarining asosiy vazifasi ilmiy – texnik va texnologik yangiliklarni 
tatbiq etish asosida korxona xo‘jalik faoliyatini samaradorligini oshirishga 
ko‘maklashishdir. 
Assotsiatsiyalarning 
bir 
qismi 
standartlashtirish 
va 
sertifikatlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etadilar, xodimlarni ilmiy texnik 
rivojlanishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish va qayta tayyorlash bilan 
shug‘ullanadilar. Firmalar tadbirkorlik assotsiatsiyalari faoliyatining muhim 
maqsadlaridan biri ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda yordam ko‘rsatishdan 
iboratdir. Ishlab chiqarishni g‘oyatda jamlanishi va ―tarkibiy yaxshi bo‘lmagan‖ 
sohalarni modernizatsiyalashga yo‘l qo‘ymaslik Yaponiyadagi bir qator 
assotsiatsiyalarning xizmatidir. 


73 
O‘zining tarkibida muammoli - izlanish xarakteriga ega fundamental 
tadqiqotlar bo‘yicha bo‘linmalar, hamda tatbiq etish, tahliliy, iqtisodiy guruhlarga 
ega tadqiqot assotsiatsiyalari innovatsion davrning boshlang‘ich bosqichini 
faollashtirishda muhim rol o‘ynaydilar. Tadqiqot assotsiatsiyalari akademik 
OO‘Yu sektori va sanoat ishlab chiqarishi o‘rtasidagi yaqindan o‘zaro hamkorlikni 
o‘rnatish uchun mo‘ljallanganlar. 
Tadqiqot assotsiatsiyalar yapon tajribasining tahlili innovatsiyalarni taqdim 
etish mexanizmidagi muhim xususiyat: kooperatsiya tamoyillarini birlashtirish, 
ilmiy tadqiqotlarni rejali tashkil qilish, yangi mahsulotni bozorga tatbiq etish 
bosqichida ishtirokchilar o‘rtasidagi keskin raqobatga ega. bir markazdan 
innovatsiyalarni tatbiq etish va o‘zlashtirishning murakkab ko‘p bosqichli 
jarayonini muvofiqlashtirishni ajratadi. 
Tadqiqot assotsiatsiyalarini kattaroq innovatsion va ijodiy salohiyatga ega 
firmalar va mustaqil bo‘linmalar orasida tanlov bo‘yicha shakllantirish maqsadga 
muvofiqdir. Tadqiqot assotsiatsiyalarini takshil qilishning xuddi shunday shaklida 
raqobat va kooperatsiyalashishning birlashishiga asoslangan va 90 yillarning 
o‘rtalarida rivojlanish olgan ―manfaatdor guruhlar konsepsiyasi‖ning birinchi 
nihollari o‘sib chiqa boshlaganlar. 
Assotsiatsiyalar iqtisodiyotdagi ziddiyatli boshlanishlarni chatishib ketishlar 
va o‘zaro kirib borishlar uslublaridan foydalanishda katta tajriba to‘plaganlar. 
Texnik takomillashish va texnologik yangilanishning uzoq muddatli maqsadlarini 
amalga oshirishda ular ko‘pgina ishtirokchilarning birlashgan harakatlaridan 
foydalanish, 
ko‘pgina 
ishtirokchilarning 
hamkorlikdagi 
harkatlarining 
muvofiqlashuvini amalga oshirish, bunda kattaroq daromad olish maqsadida 
firmaning bozordagi xulqi raqobatli undovchi sabablarini yo‘qotmaslikni 
uddasidan chiqqanlar. 
Assotsiatsiyani rejali iqtisodiyot va bozor raqobat birligi g‘alabasining yaqqol 
misoli ko‘rinishida tasavvur qilish kerak emas. Bunday tashkilotlarning yuqori 
moslashuvchan va janjalsiz xarakteriga qaramasdan tovar ishlab chiqaruvchilarni 
yangiliklarni tatbiq etishga va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga 


74 
undovchi usullar va sabablarning qat‘iy iyerarxiyasi ko‘zga tashlanadi. Masalan, 
assotsiatsiyaning markazida, qoidagi ko‘ra, yetkazib beruvchilar, subyetkazib 
beruvchilar, pudratchilar va subpudratchilar shoxlanib ketgan tizimiga ega, 
ko‘proq darajada bitta buyurtmachiga ishlovchi yirik firma turadi. Radikal 
yangiliklarni ―syuzeren‖ (hokim) firmadagi ishlab chiqarishga faol tatbiq etishning 
boshqa u bilan bog‘liq subpudratchiga to‘ldiruvchi, birga bo‘luvchi, qo‘llab – 
quvvatlovchi yangiliklarni tatbiq etishdan boshqa chora qolmaydi. Ularsiz u 
nafaqat ushbu assotsiatsiya ichidagi sheriklik munosabatlardan darhol ―tushib 
qoladi‖, balki bozorda raqobat mag‘lubiyatga uchraydi. 
Kooperatsiya va raqobatni bunday chatishib ketishi keyingi o‘n yilliklarda 
strategik alyanslar va koalitsiyalar doirasidagi firmalararo hamkorlikni tashkil 
qilishda paydo bo‘lgan. 
Tadbirkorlik 
assotsiatsiyalari, 
strategik 
alyanslar 
va 
koalitsiyalar 
iqtisodiyotidagi o‘ziga ko‘proq jalb qiluvchi ―yumshoq‖ assotsiatsiyalanuvchi 
(birlashuvchi) ―metatuzilma‖dan iborat. Ular nafaqat hamkorlikdagi harakatlarni 
birlashtirishning eng arzon va samarali usuli sifatida ko‘rib chiqiladi. ―Yumshoq 
metatuzilmalar‖ni tashkil qilishda ularni ishlab chiqarishdagi bazisli tamoyillar va 
fundamental g‘oyalarni takomilashtirish va rivojlantirishga qaratish muhimdir. 
―Yumshoq guruhlar‖ning raqobatlashuvi ishtirokchilari yangiliklarni har tomondan 
sinovdan o‘tkazganday bo‘ladilar, sheriklik harakatlari esa resurslarni muhim 
yo‘nalishda jamlashga yordam beradilar. 
―Yumshoq metatuzilmalar‖ innovatsion jarayonni davrda amalga oshirilishi 
tufayli, innovatsion o‘zgarishlarning samaradorligini ko‘p marta oshiradilar. 
Bunday tuzilmalarda: 
-yangilikni ishlab chiqarish bosqichidagi innovatsion xatar ko‘p marta 
kamayadi; 
-tor ixtisoslashishning samarasidan to‘liqroq foydalaniladi; 
-har bir firma o‘z omilkorligi sohasini mustahkamlaydi va rivojlantiradi; 
-ishtirokchilar uchun xususiy maqsadlarga erishishning haqiqiy imkoniyatlari 
yaratiladi; 


75 
-innovatsion davrning barcha bosqichlaridan xarajatlarni kamaytirishning 
haqiqiy imkoniyati amalga oshiriladi;yangiliklarni diffuziya va tarqatilishi jarayoni 
ancha jadallashadi; 
-yangilikni bozorga muqobil chiqishi xatari pasayadi; 
-innovatsion davrning yakuniy bosqichidagi faol raqobat innovatsion 
samaradorligini oshiradi va yangilanish strategiyasini faollashtiradi. 
―Yumshoq shakllar‖ni o‘ziga jalb qilishligi nafaqat ichki shartnoma 
munosabatlarining samaradorligi bilan, balki turdosh mahsulotni ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan birlashish va bozorni rag‘batlantirishga motivatsiyalar 
(undovchi sabablari) bilan bog‘liqdir. Metatuzilmalar asosidagi innovatsion 
jarayonning samarasi ham innovatsion jarayonning ―maydoni‖, innovatsiyalar 
bozorlarini kengayishi va ham mehnatni taqsimlanishining samaradorligini o‘sishi 
va ilmiy – texnik va innovatsion salohiyatlarni oshishidan iboratdir. 
Metatuzilmalarni har tomonlama kattaroq rivojlanishi qo‘shma innovatsion 
jarayonning orbitasiga nafaqat juda yirik firmalarni, balki har xil ko‘lamdagi 
innovatsion biznes, kredit – moliya tashkilotlari va moliya institutlarini jalb qiladi. 
Strategik alyanslar ―yumshoq tuzilmalar‖ning eng muhim shakllaridan biri 
bo‘ladilar. Ularning maqsadi yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va uzatishni 
takomillashtirish kanallarini faollashtirish, hamda ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va 
ularning natijalarini tatbiq etishda o‘zaro bir-birlarini to‘ldiruvchi vazifalarni 
amalga oshirishdir. 
Ko‘p ilm talab qiladigan sohalar (robotlar, avtomatlashtirilgan oqimli 
liniyalarni ishlab chiqarish, mikroelektronika)dagi startegik alyanslar ITTKI takror 
ishlab chiqarish davrsining bir necha yoki barcha bosqichlarini qamrab oladilar. Bu 
alohida yashash davri doirasidagi qo‘shma ilmiy faoliyat haqidagi kooperatsion 
bilimlar turlarining keng turli tumanligiga xalaqit bermaydi. Strategik 
alyanslarning yana bir xususiyati yangiliklarni ishlab chiqarish va o‘zlashtirishni 
texnologik tayyorlashgan qaratilayotgan alohida e‘tibordan iboratdir. Gap 
shundaki, yirik kompaniyalar ko‘pincha mavjud ishlab chiqarish apparatining 
yangiliklarini qabul qilishga kamroq uquvga egaligiga duch keladilar. Bu yerda 


76 
tatbiq etish va birinchi sanoat namunasini ishlab chiqarish bosqichi eng tor joy 
bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra yirik kompaniyalar kichik 
ixtisoslashgan tatbiq etuvchi biznes bilan alyans shaklidan bajonidil 
foydalanadilar. 
Strategik alyanslar oldida ilmiy tadqiqotlar majmuasini o‘tkazish, tegishli 
mutaxassislarni qidirib topish va tayyorlash, moliyaviy resurslarni izlab topish, 
laboratoriyalar, tatbiq etish markazlari, mahsulotni sinovlardan o‘tkazish va sifatini 
nazorat qilish bo‘linmalarni tashkil qilish vazifalari turibdi. Bozor talablarini 
qat‘iylashgani va talabni turli tumanlashgani sari alyans faoliyatining maydoni 
qo‘shni va turdosh ishlab chiqarishlarga ham tarqaladi. Har tomonlama rivojlangan 
alyanslar boshqa moliya – sanoat guruhlari oldida katta afzallikka egalar, bir 
tomondan bozordagi raqobat afzalligini tanlab olgan holda ushlab qolish 
imkoniyati, boshqa tomondan sarmoyalar kiritishlarning istiqbolli sohalarini 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga asoslanganlar. 
Konsorsiumlar firmalararo integratsiyalashishning istiqbolli turi bo‘ladi. 
Innovatsion davrning barcha bosqichlarini integratsiyalash uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, ular, qoidaga ko‘ra, faol ilmiy-tadqiqot, sanoat va tashqi iqtisodiy faoliyatni 
olib borish uchun tashkil qilinganlar. Rossiya aviatsiya konsorsiumi misol bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin. 
Jahon bozoridagi innovatsion sohada ikki turdagi konsorsiumlar keng 
tarqalganlar. Birinchi turdagi konsorsiumlar fundamental va amaliy haraktyerdagi 
shaxsiy uzoq muddatli ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga mo‘ljallanganlar. Ular 
bashoratlanadigan uzoq muddatli muvaffaqiyatga yuqori texnologik sohalarda 
ko‘rinishdagi ustuvor ilmiy tadqiqotlarga qaratilgan. Bu yerda bo‘lg‘usi bozor 
muvaffaqiyati hali ko‘zga tashlanmaydi, ammo ilmiy-tadqiqotlar korporatsiyalar 
va davlatlarning asosiy ilmiy-texnik siyosatiga kiradilar. 
Masalan, AQSh da bundan konsorsiumlar qattiq jism fizikasi, juda yuqori 
o‘tkazuvchanlik hodisasi, sun‘iy aqlning tadqiqotini o‘rganish uchun tashkil 
qilinadilar. Ular ―tashqarida‖gi, universitetlar va ilmiy markazlarning yirikroq 
laboratoriyalari bazasidagi ITTKIni rag‘batlantirish uchun tashkil qilinganlar. 


77 
AQSh va Yaponiyada o‘nlab yirik korporatsiyalar bundan konsorsiumlar 
natijalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlari va nazorat qilishni amalga oshiradilar. 
Innovatsion faoliyatni kuchaytirish uchun firmalararo kooperatsiyaning 
boshqa turlari, har xil ilmiy-sanoat majmualari, hamda moliya-sanoat 
guruhlarining ko‘pgina turlaridan ham foydalaniladi. Bu tuzilmalarning eng 
muhim vazifalari xo‘jalik aloqalarini barqarorlashtirish va ichki raqobat muhitini 
shakllantirish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solinishi, ishlab 
chiqarishni 
pasayishiga 
qarshilik 
qilishlarini 
kuchaytirishdan 
iboratdir. 
Iqtisodiyotni rivojlanishida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning miqdoriy va sifatiy 
tarkibi, ularning integratsiyalangan sarmoyalari tizimi elementlari bilan 
munosabatdoshligi birinchi o‘ringa chiqaruvchi guruhlar eng katta ahamiyatga 
egalar.Ko‘p ilm talab qiladigan sohalarda faoliyat yurituvchi moliya-sanoat 
guruhida aqliy bo‘g‘in yYetakchi rol o‘ynaydi. 
Ma‘lumki, Rossiyada sanoat korxonalari bazasida vujudga kelgan moliya-
sanoat guruhlari katta ahamiyatga ega, ular uchun texnologik alomat va ishlab 
chiqarish aloqalarining xarakteri birlashishlarning o‘ziga xosroq turi bo‘lib xizmat 
qiladi. Moliya-bank tuzilmalarining sarmoyalarni ko‘paytirilishi va tez 
qaytarilishiga qaratilgan qisqa muddatlari banklarga yuqori texnologik va ko‘p ilm 
talab qiladigan sohalarda metatuzilmalarni shakllantirishda faol ishtirok etishga 
imkon bermaydi. Bank biznesining o‘ziga xosligi ayniqsa qattiq metatuzilmalar 
deb ataluvchilarda yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Ular texnologik zanjircha bo‘yicha birlashgan, har xil sohalarga tegishli 
bo‘lgan har xil bozorlarga xizmat ko‘rsatuvchi firmalarni birlashtiradilar deb 
hisoblash qabul qilingan. Bu yerda innovatsion davr g‘oyatda qiyinlashtirilgan, 
asosiy harakatlarni korxonaning texnologik darajasini oshirish va to‘ldiruvchi, bir 
birlarini o‘rnini bosuvchi, imitatsion (taqlid qiluvchi) yangiliklarni tatbiq etishga 
qaratish kerak. Rossiya tuzilmasidagi eng keng tarqalgan vertikal turdagi 
xoldinglar amalda innovatsion faoliyatda ishtirok etmaganlar. 
Ma‘lumki, ishlab chiqarish va sotish faoliyatini yangilash va har tomonlama 
rivojlantirishning harakat qilishlarida ko‘mir, gaz, neft, metallurgiya, avtomobil va 


78 
boshqalar kabi ko‘p sarmoya talab qiladigan sohalar kompaniyalari katta 
qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. To‘qimachilik va sellyuloza-qog‘oz 
sanoatining eng yirik firmalari ko‘pincha innovatsion turdagi qarorlarni qabul 
qilishga moyilliklarini yo‘qligini namoyon qilganlar. Rossiya iqtisodiyotida bir 
qator subyektiv va obyektiv sabablar oqibatida amalga raqobat kuchlari ta‘siridan 
to‘liq himoyalangan konglomerat (iqtisodiyotning har xil sohalariga tegishli 
bo‘lgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish kooperatsiyasi bilan bog‘lanmagan 
korxonalar birlashmasi) turidagi makrotuzilmalar eng yuqori rivojlanishga 
erishganlar. Sarmoyalarning yopiq bozori va tartiblarning ishlab chiqarish 
tizimlarining majmuasidan iborat bo‘lgan holda, konglomerat radikal texnologik 
rivojlanish uchun deyarli imkoniyat qoldirmaydi. Rossiyada talabni toraytiruvchi 
va 
yashab 
qolish 
murakkabliklarining 
o‘tish iqtisodiyoti sharoitlarida 
konglomeratli tuzilmalarni vujudga kelishi zaruriyat bo‘lgan. Shunga qaramasdan 
sarmoyalarni birlashtirishning konglomeratli turi jamlashning jadallashtirilgan 
jarayoniga ega sohalar (neft-gaz sanoati, metallurgiya)dagi to‘ldiruvchi 
integratsiyalashish hisobiga ziyon kelturvchi ishlab chiqarishlarni qutqaruvchisi 
bo‘ladi. 
Vujudga kelayotgan moliya-sanoat guruhlari firmalararo kooperatsiyasining 
gorizontal tamoyili kichik yoki o‘rta innovatsion davr va tez yangilanadigan 
mahsulotlarga ega korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ayniqsa samaralidir. Bu 
tuzilmalar sohaviy ishlab chiqarish birlashmalari bazasida vujudga kelishlari 
mumkin. Bunday birlashmalar sotish bozori uchun raqobatlashish, ishlab 
chiqarishni har tomonlama rivojlantirish, ilmiy-texnik axborotlarni e‘tibor bilan 
jamlash va yangiliklarni tatbiq etishni jadallashtirishga ko‘maklashishga moyillar. 
Integratsiyalashishning gorizontal turi yana murakkab innovatsion davrga ega bir 
turdagi korxonlarga (masalan, aviatsiya sanoatidagi) ham tarqaladilar. Bu yerda 
innovatsion davr markaziy o‘rinni egallaydi, unda murakkab ko‘p ilm talab 
qiladigan buyumlarning yuqori sifatli parametrlari va mamlakat va jahon 
bozorlaridagi raqobatli o‘rinlari ayniqsa muhimdir. 


79 
Xo‘jalik faoliyatini har tomonlama rivojlantirish tashkil qilishning qat‘iy 
iyerarxik shallari salbiy tendensiyalarini betakrorlashtirish va innovatsion faollikni 
asta sekin o‘sishining muhim vositalaridan biri bo‘ladi. Amalda vertikal 
integratsiyalashgan kompaniyalar har tomonlama rivojlanishning har xil usullariga 
murojaat qiladilar. Ammo hatto qayta ishlovchi sohalarda ham innovatsion 
jarayonlar ishlab chiqarishni modernitsaziyalash va navlarni yangilashdan iborat 
bo‘ladilar. Vertikal intergatsiyalashgan firmalarni har tomonlama rivojlantirishga 
harakat qilishda vujudga keladigan murakkab muammolar nafaqat Rossiya 
iqtisodiyoti uchun xosdir. Vertikal integratsiyalashgan korxonalarni ustuvorlik 
qilishi jahon iqtisodiyotida murakkab innovatsion jarayonlar va yuqori texnologik 
mahsulotni tatbiq etish uchun to‘siqlarni yaratadi. Ammo vertikal 
integratsiyalashish imitatsion yangiliklar bilan bog‘liq kompaniyalarning 
samaradorligini oshirish va egiluvchanligini kuchaytirishga to‘siq bo‘la olmaydi. 
Yirik amerikalik olim M. Porterning fikriga ko‘ra, konglomerat turidagi har 
tomonlama rivojlanish ko‘pgina amerika sohalarining raqobatbardoshligiga zarar 
yetkazadi. Innovatsion faoliyatni rivojlanishi va bozor rag‘batlarini kuchayishida 
tor ixtisoslashish asosidagi har tomonlama rivojlanish alohida rol o‘ynaydi. Bu 
firma ichidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarning rolini kuchayishi va 
operatsiyalarning butun majmusini amalga oshirilishi bilan yaqindan bog‘liqdir. 
Innovatsion faoliyatni iqtisodiyotni rivojlanishining muhim tendensiyasi 
sifatida ko‘rib chiqishda innovatsion jarayonlarning yangi tashkiliy shakllarini 
ularni davlat, ilmiy, bozor va ijtimoiy institutlar tizimiga kiritilishi asosida 
integratsiyalash muammosi birinchi o‘ringa chiqadi. Innovatsion biznesni 
institutsional tuzilmalarga kiritilishi darajasini oshishi nafaqat innovatsion faollikni 
pasaytiradi, balki, aksincha, innovatsion jarayonlarning o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi 
tuzilmalarni takomillashtirish va vujudga keltirish qobiliyatini oshiradi. 
AQShda paydo bo‘lgan innovatsion jarayonning institutsional tuzilmalari bu 
ikki tendensiyalarni birlashishiga yaqqol misol bo‘lsa oladi. Innovatsion 
jarayonning ham yirik sanoat kompaniyalari doirasida va ham ilmiy-texnik va 
innovatsion loyihalar asosida amalga oshirilayotgan an‘anaviy tashkiliy modellari 


80 
―bo‘linma-inkubatorlar‖ning yopiq ilmiy texnik muhitga ularni kichik aptreprener 
(ega, ijrachi) guruhlar bilan tijoratlashtirish bosqichiga ―yetkazish‖ bilan suyanadi. 
Yuqori kasbiy innovatsion bo‘linmalarning ixchamligi va tor ixtisoslashishiga 
qaramasdan innovatsion loyiha moliyaviy muvaffaqiyat va foydani tez olish bilan 
qat‘iy bog‘langan. Bunda ishga doir davr 5 yildan oshmasligi kerak. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə