O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

Dekompozitsiya 
— murakkab masalalarni bo’laklarga bo’lib, soddalashtirgan 
holda taxdil etish uslubidir. 
Bosqichma-bosqich 
tahlil usulida personalni boshqarish tizimiga eng sezilarli 
ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rganiladi. 
Taqqoslash 
— mavjud bo’lgan tizimlarni solishtirish orqali eng maqbul usul 
tanlanadi. 
Dinamik 
— usul barqaror miqdor ko’rsatkichlarini taxdil etishga asoslangan. 
Maqsadni tizimlashda 
personalni boshqarish tizimining korxona (tashkilot) 
maqsadlarga muvofiqligining miqdor va sifat ko’rsatkichlari taxdil qilinadi. 
Ekspert-tahliliy 
usulda personalni boshqarishga yuqori malakali ekspertlarni 
jalb etish ko’zda tutiladi. 
Me’yor 
usuli personalni boshqarish funktsiyalari tarkibi va mazmunini 
belgilaydigan me’yorlardan qo’llanishga asoslangan. 
Parametrli 
usul vazifasi ishlab chiqarish tizimi va personalni boshqarish tizimi 
o’rtasidagi funktsiyali bog’liklikni aniqlashdir. 
Funktsiyaviy-qiymat 
tahlili, pirovard natija nuqtai nazaridan, eng kam xarajat 
talab qilinadigan, eng samarali usulni aniqlashni ko’zda tutadi. 
Bosh tarkib 
usuli bitta ko’rsatkich (tarkib)da o’nlab ko’rsatkichlar xususiyatlarini 
aks ettiradi. 
Balans 
usuli balansli taqqoslash imkonini beradi. 
Tajriba 
usuli o’xshash tizimdagi tajribadan foydalanishni ko’zlaydi. 
O’xshashlik 
usuli iqtisodiy-tashkiliy ko’rsatkichlari o’xshash bo’lgan tizim 
bilan solishtirishga asoslangan. 
Ijodiy kengashlar 
usuli personalni boshqarishni rivojlantirish yo’nalishlarini 
jamoa holda muhokama etishga qaratilgan. 
Jamoa yon daftari 
(g’oyalar banki) usuli har bir ekspert tomonidan 
bildirilgan fikrni jamoa muhokamasiga qo’yishni anglatadi. 
Nazorat savollari 
usulida avvaldan tayyorlab qo’yilgan savollar orqali oldinda 
turgan vazifalarni ijodiy hal etishni faollashtirishga qaratilgan. 


52 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə