O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Personalni boshqarish xizmati vazifa va funktsiyalari



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/302
tarix06.06.2022
ölçüsü3,6 Mb.
#88945
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   302
A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni (1)

 
3.3. Personalni boshqarish xizmati vazifa va funktsiyalari 
Personalni boshqarish muayyan, aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni 
ko’rish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon quyidagilarni ko’zda tutadi: 
— personal bilan ishlashning maqsadlari va asosiy yo’nalishlarini aniqlash; 
qo’yilgan maqsadga erishishning vosita, shakl va uslublarini aniqlash; 

qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil etish; 
— belgilangan tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazoratqilish; 
— personal bilan ishlashni muntazam takomillashtirib borish. Korxona ishlab 


53 
chiqarishining umumiy strategiyasi mavjud bo’lgan taqdirdagina personalni boshqarish 
funktsiyalariga aniqlik kiritish imkoni bo’ladi. 
Personalni 
boshqarish 
strategiyasi 
bilan 
tadbirkorlik 
strategiyasini 
muvofiqlashtirish boshqaruvning asosiy funktsiyalarini qamrab oladi va quyidagilardan iborat 
bo’ladi: 

ishlab chiqarish maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish uchun korxona personalini 
tanlash, yollash va shakllantirish; 

personalni baholash; 

tashkiliy tuzilmani rivojlantirish hamda korxonada har bir xodim ijodiy faolligini 
namoyon etishga yordam beradigan ma’naviy muhitni yaratish; 

xodimlar salohiyatidan imkon boricha yaxshi foydalanish, mazkur 
salohiyatni rag’batlantirish; 

korxonaning har bir xodim oldidagi ijtimoiy mas’uliyati kafolatini 
ta’minlash. 
Amaliy jihatdan personalni boshqarishning quyidagi asosiy funktsiyalarini 
ajratib ko’rsatish mumkin ( 3.8-rasm): 

o’z firmasi strategik va taktik maqsadlarini, bularni amalga oshirish 
yo’llarini aniqbilish; 
— 
—oldini olish choralarini ko’rish uchun mehnat bozori va o’z jamoasidagi 
ahvolni bashorat qilish; 
— mavjud kadrlar salohiyatini tahlil qilish va istiqbolni ko’zlagan holda bu 
salohiyatni rivojlantirishni rejalashtirish; 
— personalni qiziqtirish, kadrlarni baholash va o’qitish, joriy etilgan 
yangiliklarga xodimlar ko’nikishiga ko’maklashish, jamoada ijtimoiy qulay muhitni 
yaratish, xodimlarning psixologik jihatdan o’zaro bir-birlariga mos kelishlari 
masalalarini hal etish va boshqalardir. Bu o’rinda personal bilan ishlashda an’anaviy 
vazifalar ham saqlanib qolishini ta’kidlash lozim. 
Personalni boshqarish nazariyasida, odatda, sakkizta asosiy funktsiyani bajaradi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə