55
qilish ham hayotiy zaruratga aylanmoqda.
Personalni boshqarish xizmatlari jahondagi etakchi kompaniyalar va
firmalarda korxonaning asosiy bo’linmasi hisoblanadi. Amaliyotda ular zimmasiga
quyidagi vazifalar yuklatilgan:
—
kompaniya yoki firmani yuqori malakali va manfaatdor xodimlar bilan
ta’minlash;
—
personalni ishga qiziqtirish tizimlarini takomillashtirish;
—
personalning barcha toifalarini o’z mehnatidan qoniqish hosil qilish
darajasini oshirish;
—
personal malakasini oshirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va yuksak
darajada ushlab turish;
—
qulay ma’naviy muhitni saqlash;
—
xodimlar va rahbariyat uchun o’zaro foyda keltirishini ko’zlagan holda personalni
korxona ichida almashinuvlarini boshqarish;
—
martabani rejalashtirish;
—
personal ijodiy faolligini oshirish, kompaniya yoki firma innovatsiya rejalarini
amalga oshirishda ko’maklashish;
—
personal faoliyatini baholash va boshqaruv personalini attestatsiyadan o’tkazish
uslublarini takomillashtirish.
Bu tuzilmada
kadrlar bo’limi:
—
personalni yollash va tanlash, shu jumladan, ularni test sinovidan o’tkazish;
—
yangi xodimlarni xizmat vazifasiga joylashtirish;
—
xizmatni o’tash va xizmat vazifasida ko’tarilishini rejalash;
—
faoliyatni baxrlash;
—
kasbga yo’naltirish;
—
ishdan bo’shayotganlar bilan suhbat o’tkazish funktsiyalarini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: